Plazmatik hujayralar yoki plazmotsitlar
Plazmotsitlar sut emizuvchilarda va xususan, odamda ko’p uchrovchi hujayra turidir. U
murtaklarda, taloq, limfa tuguni, jigar, ichakning shilliq qavatida va boshqa a’zolarida uchraydi.
Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega bo’lib, yadrosi ekssentrik joylashadi.
Hujayra sitoplazmasi to’q bazofil bo’yaladi.
Elektron mikroskopda plazmotsit sitoplazmasida juda yaxshi rivojlangan donador
endoplazmatik to’r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko’rish mumkin. Golji kompleksi
atrofida lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy vazifasi immu-noglobulinlar yoki
antitelolar ishlab chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |