10-AMALIY
Urug’don va urug’ hujayralarining tuzilishi va biologik xususiyatlari. Spеrmatogеnеz bosqichlari sxеmasi va mеxanizmi.
Darsning maqsadi: Talabalarga urug‘don va urug‘ hujayralarining tuzilishidagi biologik xususiyatlari. Dastlabki jinsiy hujayralarning vujudga kelishi bilan tanishish ilmiy va materialistik tushuncha berish.
Kerakli materiallar. Erkak jinsiy bezlar. Urug‘donlar. Urug‘don ortig‘i. Urug‘ yо‘li. Ularning morfologik tuzilishi, rivojlanish jarayoni tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. Urug'don yoki moyak ovalsimon tanachadan iborat bo'lib, ikkita xususiy parda bilan qoplangan: 1. Seroz parda mezotehy hujayralaridan tuzilgan bo'lib, urug'donning asosiy qismini qoplab turadi. 2. Zich biriktrruvchi to'qimadan iborat bo'lgan oqsil pardada qon tomirlar ko'p bo'lib, u tomirli parda ham deb ataladi. Oqsil parda urug'donning bir tomonida qalinlashadi va urug'don oralig'i deb nomlanadi. Uning ichida kapillyar qon tomirlar va urug'don to'ri joylashgan. Shu oraliqdan tomirU pardaga qarab biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lgan radial to'siqlar tarqaladi. Bu to'siqlar urug'donni bo'laklarga ajratadi. Bo'laklar soni odamda 100-250 tagacha bo'ladi. To'siqlar clastik tolalardan iborat bo'hb, ulardan urug'donni oziqlantiruvchi yirik qon tomirlar o'tadi.
Har bir bo'lakda 1-2 tadan egri-bugri urug' kanalchalari joylashgan.
1-rasm. Urug'don, urug'don ortig'i va urug' yo'llarining tuzilishi. A-ko'payish va o'sishning boshlanish davrida spermatositii epiteliy hujayralari; B-spermatositlar o'sishining oxiri va yetilish davrlarida; V-shakUanish davri; G-moyakning urug' olib ketuvchi kanallarining tuzilishi; D-urug'don ortig'i kanaiining tuzilishi; ye-urug' olib ketuvchi kanalning tuzilishi; I-moyak qobig'i; II-moyaklarni bo'laklarga bo'luvchi to'siqlar; III-moyak ichidagi kanal; IV-urug' kanali; V-bezli interstisial to'qima; Vl-to'g'ri urug' kanali; Vll-urug'don to'ri; VIII-moyakning urug' chiqaruvchi kanali; IX-urug'don ortig'i kanali; urug' oiib ketuvchi kanal. 1-mezoteliy; 2-qon tomiri; 3-biriktiruvchi to'qima hujayrasi; 4-Sertoli hujayralar; 5-spermatogoniy; 5-spermatositlar; 7-spermatidalar; 8-urug' kanalidagi spermatozoidlar; 9-urug' olib ketuvchi kanalning tolali muskul qobig'i; 10-kiprikIi hujayralar; 11-kubsimon hujayralar; 12-moyakning urug' kanalidagi spermatozoidlar; 13-urug'don ortig'i kanaiining tolali muskul qobig'i; 14-urug' kanaiining ikki qavatli kiprikli epiteliy hujayralari; 15-ikki qavatli kiprikli epitehy; 16-shilliq qobiqning plastinkasi; 17-ichki qavatning muskulli qobig'i; 18-o'rta qavat hujayralari; 19-tashqi qavatning muskulli qobig'i; 20-adventisial qobiq.
Bu kanalchalarning har birining uzunligi 70-80 sm gacha yetadi. Har bir urug'donda 300-450 tagacha egri-bugri kanalchalar bor. Cho'chqalarda bu kanalchalarning umumiy uzunligi 3200 m ga yetadi. Urag'donning har bir bo'lagining uchki qismida egri-bugri kanalchalar to'g'ri kanalga birlashib, urug'don to'rini hosil qiladi va urug' olib ketuvchi naylarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |