Gistologiya javoblari


Silliq mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi



Download 154,37 Kb.
bet46/58
Sana01.02.2022
Hajmi154,37 Kb.
#422017
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Silliq mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak to`qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo`layotgan mushak hujayralari dastlab o`simtalarga ega bo`lib, uning yordamida o`zaro bog`lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo`lishi differensiallanish boshlanganligining belgisi bo`lib xizmat qiladi. Keyinchalik silliq mushak hujayralari o`simtalarini yo`qotib, duksimon shaklni oladi va bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibrillalarning soni ortib, hujayraning uzun yo`nalishi bo`y-lab tartibli ravishda joylasha boradi.
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak hujairalarining mitoz yo`li bilan bo`linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumotlar bor.
Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko`payishini qon tomirlarning o`sishi va tiklanishi jarayonlarida ko`rish mumkin. Tajribada yirik arteriya bog`lab qo`yilgan hollarda qon aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning devorida yangidan hosil bo`lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo`ladi. Silliq mushak hujayra-larining gipertrofiyasi va giperplaziyasi bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.
91. Юрак мушак ҳужайралари тузилишининг хусусиятлари. Оралиқ дисклар тузилиши ва аҳамияти.
Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi yurak miokard qavatida joylashadi. Bu mushak to`qima skelet ko`ndalang-targ`il mushakdan farqli ravishda ko`ndalang-targ`il mushak tolalaridan emas, balki yurak mushak hujayralaridan - miotsitlardan tashkil topgan. Bu hujayralar faqat yurakda uchragani uchun kardiomiotsitlar deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda 3 xil kardiomiotsitlarni farq qilish mumkin. Qisqaruvchi-tipik, impuls o`tkazuvchi atipik va sekretor. Qisqaruvchi kardiomiotsitlar uzunligi 50-120 mkm, kengligi 15-20 mkm, silindr shaklidagi hujayralardir. Ular oraliq plastinkalar orqali o`zaro birlashib zanjirsimon (tizmasimon) tuzilmalar hosil qiladi (95-rasm a). Kardiomiotsit markazida bir yoki ikki oval yoki cho`zinchoq shakldagi yadro joy-lashadi. Miofibrillalar yadro atrofida joylashib, ular orasida mitoxondriyalar ko`p. Silliq endoplazmatik to`r va T-sistema yaxshi rivojlangai. Donador endoplazmatik to`r kuchsiz rivoj-langan.
Kardiomiotsitlar sarkolemma bilan qoplangan bo`lib, sarkolemma o`z navbatida plazmatik membrana va bazal membrana bilan o`ralgan. Bazal membrana oraliq plastinkalar sohasida bo`lmay, kardiomiotsitlarni faqat yon tarafdan o`rab turadi. Oraliq plastinkalar ikki hujayraning plazmatik membranalari orasida joylashib, elektron mikroskop ostida zinapoyasimon joylashganini ko`ramiz. Oraliq plastinkalar sohasida kardiomiotsitlar desmosomalar, tirqishli birikish (neksus), interdigitatsiyalar orqali birlashgan (95-rasm, b). Oraliq plastinkalarga miofibrillalarning aktin protofibrillalari kelib tugaydi. Miofibrillalar tuzilishi xuddi skelet ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasini eslatadi.
Yurakdagi qo`zg`alishni o`tkazuvchi mushak to`qimasi (Purkinye tolalari yoki atipik kardiomiotsitlar) ham mushak hujayralari - kardiomiotsitlardan tuzilgan bo`lib, ular qisqaruvchi kardiomiotsitlardan yirikroq (uzunligi 100 mkm, kengligi 50 mkm), qo`zg`alishni peysmeker hujayralaridan qisqaruvchi mushak tolalariga o`tkazadi.
Peysmeker (ritm boshqaruvchi) hujayralar atipik mushakning alohida turi bo`lib, u vegetativ nerv sistemasining tolalari bilan innervatsiya qilingan. Gistologik preparatlarda atipik hujayralar kuchsiz bo`yaladi. Chunki bu hujayralarda mioglobin va miofibrillalar kamroq, sarkoplazma esa ko`proqdir. Miofibrillalar doimo bir-biriga parallel yotmaydi, natijada bu hujayralarda ko`ndalang-targ`illik kuchsizroq rivojlangan. Kardiomiotsitlarda mitoxondriyalar (sarkosomalar), ribosomalar ancha kam, T- sistema esa juda kuchsiz rivojlangan. Sarkosoma-larning kam bo`lishi moddalarni aerob parchalanishi sust ketishini ko`rsatuvchi dalilidir.
So`nggi vaqtlarda yurakning bo`lmacha kardiomiotsitlarida maxsus glikoproteid tutuvchi sekretor granulalar borligi aniqlandi. Shu bilan birga bu hujayralar qon bosimi va ionlar muno-sabatini boshqaruvchi natriy uretik faktor sekretsiya qilishi, bu hujayralar ma’lum endokrin funksiyaga ega ekanligini ko`rsatadi.
92. Миоэпителий хужайраларининг келиб чиқиш манбаи, тузилиши ва вазифаси.
Mioepitelial hujayralar og’iz bo’shlig’i epiteliy hujayra-larining hosilasi bo’lsa-da, bajaradigan faoliyati - qisqarish funktciyasi mushak elementlarini eslatadi. Bu hujayralar atci-nus epiteliy hujayralarini har tomondan o’rab turganligidan ular «savatsimon hujayralar» deb ham ataladi. Mioepitelial hujayralar tcitoplazmasida joylashgan maxsus qisqaruvchn fib-
rillalar bu hujayraning atcinus epiteliysini siqib, hujayra sekretini atcinus bo’shlig’iga chiqarib berishni ta’min etadi.
Bezning chiqaruv naylari bo’lakchalar ichki (ductus intralo-bilaris), bo’lakchalararo (ductus interlobularis) naylardan va bez-ning u m u m i y nayidan (ductus excretorior seu glandulae) iborat. Bo’lakchalar ichki nayi o’z navbatida kiritma qismdan (dustus intercalatus) va so’lak naylaridan tashkil topgan.
CHiqaruv naylari kiritma qismdan boshlanadi. Kiritma nay past kubsimon epiteliydan tuzilgan bo’lib, ularning bazal mem-branasida mioepitelial hujayralar joylashadi. Bu kiritma naylar so’lak nayiga o’tadi. So’lak nayi bir qavatli oksifil tcitoplazmali tcilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Bu hu-jayralarning bazal qismida plazmatik membrananing burma-lari orasida ko’plab tayoqchasimon mitoxondriyalar joylashib bazal chiziqlar hosil qiladi va shuning uchun ham bu tuzilma chiziqli nay (dustus stratus) ham deb ataladi. Mazkur hujay-ralar tcitoplazmasida joylashgan donalar va pufakchalar so’lak nayining sekretor faoliyatidan, so’lak hosil bo’lishida ishtiro-ki borligidan darak beradi. So’lak nayi bo’lakchalararo nayga o’tadi. Bu nay ikki qavat tcilindrsimon epiteliy bilan qopla-nib, nay yiriklashgai sari uning epiteliysi ko’p qavatli bo’lib boradi. Bo’lakchalararo naylar umumiy nayga qo’shiladi. Bu nay-lar ko’p qavatli kubsimon va nayning og’izga ochilish joyida ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, yuqorigi katta Jag’ tishi sohasida lunjning shilliq qavatiga ochiladi.
93. Саркомер : тузилиши, мушак толасининг қисқариш механизми
Har ikki Z chiziqchasi orasida yotgan miofibrilla bo`lakchasiga sarkomer yoki inokoma deyiladi. Sarkomer tarkibiga A disk va A diskning har ikkala tomonidagi I disklarning Z chiziqqacha bo`lgan qismi (har bir I diskning yarmi) kiradi (93- rasm, a, b). Elektron mikroskop miofibrillalar yanada ingichkaroq ipchalar - miofilamentlardan (protofibrillalardan) tuzilganligini ko`rsatadi. Ikki xil protofibrillalar (miozin va aktin) farq qilinadi. Yo`g`on (miozin) protofibrillalar A diskda, in-gichka (aktin) protofibrillalar esa I diskda va qisman (H zona chegarasiga qadar) A diskda joylashadi. Shunday qilib, I diskda faqat ingichka protofibrillalar, A diskda esa H zona chegarasiga qadar ingichka va yo`g`on protofibrillalar joylashadi. Ingichka protofibrillalarning bir uchi Z -chiziqqa yopishadi. Ikkinchi uchi protofibrillalarning orasida erkin holda tugaydi.
Shunday qilib, mushak tolasining struktura birligi sarkomer bo`lib Z chizig`i esa tayanch tuzilma vazifasini o`taydi. Mushak tolasining ko`ndalang kesimida ingichka va yo`g`on protofibrillalarning geksogonal sistema shaklida o`zaro tartibli joylashuvini kuzatish mumkin. Chunonchi, tutashish zonasida ingichka va yo`g`on ipchalar shunday joylashadiki, har bir yo`g`on protofibrilla. atrofida 6 ta ingichka protofibrilla va har bir ingichka protofibrilla atrofida 3 ta yo`g`on protofibrilla yotadi. (94-rasm). Elektron mikroskopda juda kattalashtirib ko`rilganda tutashish zonasida ingichka va yo`g`on protofibrillalar ingichka ko`ndalang ko`prikchalar - o`simtalar yordamida o`zaro bog`langanligi ko`rinadi.
Miofibrillalarning ultrastrukturasiga asoslanib, mushak qisqarish mexanizmi haqida turli nazariyalar ishlab chiqilgan. Xaksli taklif etgan ikki xil protofibrillalarning sirpanish: nazariyasi eng keng tarqalgan. Bu nazariyaning asosiy qoidalaridan biri qisqarish jarayonida protofibrillalarning uzunligi o`zgarmaydi, deb hisoblanadi. Yo`g`on protofibrillalar miozin oqsilidan iborat. Ingichka protofibrillalar esa aktindan tuzilgan. Tutash zonasida yo`g`on protofibrillalardan chiqqan mayda o`simtalar ingichka protofibrillalarga yopishadi. Bu o`simta-lar ingichka protofibrillalarga mustahkam bog`lanmay, har bir qisqarishda yopishish o`rnini ko`p marta o`zgartiradi va shu bilan protofibrillalarni tortadi. Natijada ingichka protofibrilla-lar yo`g`on protofibrillalar bo`ylab sirpanib, sarkomerning qisqarishiga olib keladi. Bunda miofibrillalarning ko`ndalang-targ`il manzarasi biroz o`zgaradi: A diskning uzunligi o`zgar-maydi, I disk esa qisqaradi va kuchli qisqarish holatlarida butunlay yo`qoladi. (93-rasm, a, b ga q.). Ingichka protofibrillalar yo`g`on protofibrillalar bo`ylab sirpanib M chiziqqa yaqinlashadi va hatto M chiziqdan o`tib, bir-birining ustiga chiqishi mumkin, yo`g`on protofibrillalar esa Z chiziqqacha tarqaladi.
Qisqarish davrida aktin va miozin qo`shilib aktomiozin sistemasini hosil qiladi, mushak yozilganda esa qaytadan aktin va miozinga bo`linadi. Mushak tolasi qisqarishida sarkoplazmatik retikulum, T kanalchalar va mitoxondriyalarning roli kattadir. Qisqarish uchun shart bo`lgan Ca++ sarkoplazmatik retikulumda saqlanadi. Mitoxondriyalar esa qisqarish jarayonida sarf bo`ladigan ATF ni ishlab chiqaradi. Mualliflarning fikricha, T sistema orqali nerv impulsi keladi. Bu sistema mushak tola ustiga ochilgani uchun kerakli moddalar (oziq moddalar) ham shu kanalchalar orqali sarkoplazmaga yetib kelsa kerak. Mushak tolalari qisqarganda tana qismlari harakatlanadi. Mushak tolalari qisqarish kuchining uzatilishi mushak to`qimasining tayanch strukturalari tomonidan amalga oshiriladi. Sarkolemma shunday strukturalar jumlasidan bo`lib, unga paylarning kollagen tolalari yopishadi.
94. Кўндаланг-тарғил мушак тўқимасининг тузилиши

Download 154,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish