Hujayra ustki yuzasining maxsus tuzilmalari. Ko`pgina hujayralarning ustki yuzasida - apikal plazmatik membrananing mayda o`simtalari bo`lgan mikrovorsinkalar ko`rinadi. Ko`pincha mikrovorsinkalar betartib joylashadi. Ingichka ichak jiyakli hujayrasining apikal qismidagi mikrovorsinkalar tartibli joylashgan.
Oddiy mikroskopda mikrovorsinkalar jiyaklar holida ko`rinadi, har bir hujayrada mikrovorsinkalar taxminan 3000 ta bo`lib, hujayraning apikal qismi maydonini o`ta kattalashtiradi.
Mikrovorsinkalar murakkab tuzilma hisoblanib, unda yuqorida aytib o`tilgan uch zonani (glikokaliks, plazmatik membrana va ichki zonani) farq qilish mumkin (7-rasm).
Mikrovorsinkaning glikokaliks zonasi nozik ipsimon va donador elementlardan tashkil topgan bo`lib, u glikoproteid va glikolipidlardan iborat. Glikokaliks enterotsit mahsuloti bo`lib, u sitoplazma qobig`ining tarkibiy qismidir. Plazmatik membrana tarkibida juda ko`p gidrolitik va transport ferment sistemalar joylashgan. Bu fermentlar glikokaliks fermentlari bilan bir qatorda moddalarning hujayra ichiga o`tishida katta rol o`ynaydi.
Ichki zona (matriks yoki membrana osti qavati) donachalar, markazda joylashgan 20-40 parellel mikrofibrillalardan va amorf qismdan tashkil topgan. Mikrofibrillalarning bir uchi mikrovorsinkalar uchidagi zich donachada tugab, ikkinchi uchi terminal to`rni hosil qiladi. Tadqiqotchilar fikricha, matriks va mikrofibrillalar ba’zi bir moddalarning so`rilishida muhim o`rin tutadi.
Nafas olish (burun bo`shlig`i, traxeya, bronx) va boshqa ba’zi bir a’zolar hujayralarining apikal qismida kiprikchalar joylashgan bo`lib, ular harakat qilish qobiliyatiga ega
4. Ҳужайраларнинг ўзаро бирикиши турлари. Десмосома
. Epiteliy hujayralarida desmosomalar orqali birlashish ham farqlanadi. Elektron mikroskopda ko`rilganda desmosoma sohasida qo`shni hujayralar sitoplazmalarining bir-biriga tomon yo`nalgan bo`rtmalari ko`zga tashlanadi. Bu bo`rtmalar plazmolemma bilan qoplangan bo`lib, elektron zich hujayralararo joylashgan sementlovchi modda yordamida o`zaro birlashadi. Plazmolemmaning ichki tarafida elektron zich disk shaklidagi tuzilmalar joylashib, ularni birlashtiruvchi plastinka deyiladi. Sitoplazma ichidagi tonofibrillalar shu plastinkaga yopishadi.
5. Ҳужайра физиологияси. Хужайранинг ўсиши, хаёт цикли ва ўлими.
Hujayra - ko`p hujayrali organizmning elementar qismidir. U biologik sistema bo`lib, tashqi muhit bilan uning o`rtasida doimo modda va energiya almashinib turadi. Ko`p hujayrali organizmda hujayra uchun tashqi muhit bo`lib hujayra tashqarisidagi suyuqlik hisoblanadi.
Ko`p hujayrali organizmda har bir hujayra o`zining modda almashinuvi darajasi bilan farqlanib turadi. Tashqi muhitdan hujayraga hujayra ichki tuzilmalarini hosil qilishda ishtirok etadigan hamda hujayrada parchalanib energiya beruvchi moddalar va kislorod kiradi. Yuqorida aytilgan moddalar hamda suv, ionlar, vitaminlar, gormonlar (hujayra funktsiyasini boshqarib turuvchi) hujayrani tashqi muhitdan ajratib turuvchi plazmatik membrana orqali aktiv va passiv transport yo`li bilan hujayraga kiradi. Xuddi shu yo`l bilan hujayra metabolizmi mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqariladi. Moddalarning hujayra ichiga aktiv kirishi (moddalarning yig`ilishi) va tashqariga chiqarilishi (sekretsiya va ekskretsiya) energiya sarf bo`lishi bilan kechadi. Ko`pgina hujayra membranalarida shu protsessni ta’minlovchi ATF-aza sistemasi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Moddalarning hujayra ichiga kirishida hujayra organellalari, xu-susan, endoplazmatik to`r va Golji kompleksi xam ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |