Tashqi (shoxli) qavat hujayralarning ikki: yaltiroq yoki tiniq qavat va haqiqiy shoxli (shoxlangan hujayralarning tashqi qavati) qavatdan tashkil topgan. Asosiy qavatdan hujayralarning yo‘qolib borishi sayin, hujayralar orasidagi chegarani farqlash qiyinlashadi, donchalar o‘zgarib, suyuqlikka aylanadi va yaltiroq yoki tiniq deb yuritiladigan qavatni hosil qiladi. Epidermisning bakuvvatliroq qavati - haqiqiy shoxli qavat – bo‘sh, shoxlangan qobiqchalardan tashkil topgan tangachalar shaklidagi shoxlangan hujayralardan iborat. Bu bo‘shliqlar havo yoki teri yog‘i deb yuritiladigan modda bilan to‘ldirilgan. Shoxli qavatning yuqori qismida shoxlangan hujayralar orasidagi bog‘ uzilib, ular epidermisdan osongina ajraladi. Shuning uchun shoxlangan hujayralarning ushbu yuqori qavati kepaklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |