G‘isht-tosh konstruksiyalari. Tabiiy arralanadigan tosh (tuf, pemza, ohak- tosh) qazib olinadigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. G‘isht- tosh konstruksiyalari uchun tabiiy ashyolar — g‘isht, keramik bloklardan keng qo‘llaniladi. G‘isht-tosh konstruksiyalar, asosan, devorbop ixotalar, tirgak devorlar, ustunlar tarzida ishlatiladi. Yuqoridagi turli ashyolardan qilingan konstruksiyalar bilan bir qatorda respublikamizda boshqa xil ashyolar (xom va pishiq g‘isht, paxsa va guvala, yog‘ochdan turli to‘ldirgichli sinch, blok va kompozitsion materiallar) ham qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |