Arkasimon peremichka va gumbazlar –o‘ziga tushgan yukni devorga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan. Ularni terishda ponasimon va oddiy g‘isht ishlatilishi mumkin. Arkasimon peremichkalarni terish tegishli shakldagi qolip orqali amalga oshiriladi. Radial choklarning yo‘nalishi va har bir qatorning to‘g‘ri terilganligi arka markaziga mahkamlangan ip yordamida tekshiriladi. Shnur va andazalarning burchaklisidan foydalanib arkaga egri chiziq chiziladi. Andaza burchaklikning bir tomoni arka egri chiziqga mos qiyofada bo‘ladi Qolipni yechish osonlashishi maqsadida qolip ostiga pona qo‘yiladi. Qolip yoz oylarida 5 - 20 kunda yechib olinadi (11-rasm ).