«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshkent-2021 kirish


Bino va inshootlarni loyihalash texnologiyasi



Download 6,33 Mb.
bet25/38
Sana13.06.2022
Hajmi6,33 Mb.
#660532
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshken (1)

2.Bino va inshootlarni loyihalash texnologiyasi

Bino va inshootlarni loyihalash ular quriladigan hududga bevosita bog‘liq, shuning uchun o‘sha hudud bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ilmiy asoslangan holda tahlil qilib chiqilishi zarur. Quriladigan bino yoki inshootlarda yashash, mehnat qilish, o‘qish va h.k. lar uchun eng qulay muhit yaratilishi lozim. Buning uchun atrof-muhit holati quyidagi asosiy omillar bo‘yicha baholanadi:


• hududning iqlimi va mikroiqlimini baholash;
• havoning ifloslanganlik darajasini baholash;
• suv havzalarining sanitar-gigiyenik holatini baholash;
• hududning relyefi va geologik muhitining buzilganlik darajasini baholash;
• yerning ustki unumdor qatlami (tuproq)ning sanitar-gigiyenik holatini baholash;
• atrof-muhitga fizik omillarning ta’siri darajasini baholash;
• ko‘kalamzorlashtirilgan hududlami baholash. Ko‘rinib turibdiki, atrof-muhit holatini baholashga yondoshish, masalaga kompleks yondashishni talab qiladi. Turar-joylarni loyihalashda quyosh nurining qulay tushishi (insolatsiya), shamolning yo‘nalishi, har xil shovqinlardan himoyalash, chang- to‘zonlardan himoyalash kabi omillarni maqbul hal qilish masalalari birinchi o‘rinda turadi
Loyiha - bino, inshoot yoki ular majmuasini qurishda bajariladigan barcha ishlarni o‘zida jamlagan texnik hujjatlar majmuasi. Bino va inshootlar namunaviy (tipovoy), xususiy va eksperimental loyihalar asosida qurilishi mumkin. Namunaviy loyiha - ko‘p marta qayta foydalanish uchun mo‘ljallanadi. Uni ishlab chiqishda iqtisodiy va ekspluatatsion talablar, qurilish rayonining tabiiy-iqlim sharoitlari, shu bilan birga yuksak darajadagi hajmiy-rejaviy va konstruktiv talablar to‘liq inobatga olingan bo‘lishi lozim. Namunaviy loyihalar asosida ommaviy qurilishlar quriladi (turar-joylar, maktablar, bolalar bog‘chasi, kasalxonalar va h.k.). Namunaviy loyihalarni qo‘llash jarayonida qurilish joyi uchun bog‘lovchi (ya’ni, namunaviy loyihaning aniq joyi uchun relyef, gruntlarni shaharsozlik vaziyatidan kelib chiqqan holda) loyiha ishlab chiqiladi. Bunday bog‘lovchi ishchi loyiha tarkibiga poydevor, yerto‘la, sokol qismi qayta aniqlangan loyihalar, bino muhandislik tarmoqlarining tashqi tarmoqqa ulanish chizmalari kiradi.
Xususiy loyiha - nodir va murakkab bo‘lgan, muhim shaharsozlik ahamiyatiga ega binolar va ularning majmuasini loyihalashtirishda ishlab chiqiladi. Eksperimental loyihalar keyinchalik ommaviylashtirish maqsadida yangi turdagi binolami loyihalash va turli sharoitlarga tekshirish maqsadida joriy etiladi. Loyihalar loyihalash tashkilotlarida, loyihalash institutlarida ishlab chiqiladi. Loyihalashtirishni boshlash uchun dastlabki hujjat - loyiha uchun topshiriq hisoblanadi. Uni buyurtmachi loyihalash tashkiloti bilan birgalikda tuzadi. Loyihalash uchun topshiriq loyihalanayotgan bino vazifasi, quvvati (kattaligi) haqidagi hamda qurilish rayonining tafsilotlari, maydonning geodezik loyihasi, obyekt qurilishining boshlanishi va tugallanish muddati, ishlatiladigan qurilish konstruksiyalari va materiallari haqida zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Topshiriq va qurilish me’yorlari va qoidalari asosida xonalar tarkibi, ularning maydoni va ularga hamda butunlay binoga hajmiy-rejaviy, konstruktiv va me’moriy-badiiy yechimlar nuqtayi nazaridan qo‘yiladigan asosiy talablami o‘zida mujassamlashtirgan loyihalash dasturi ishlab chiqiladi. Fuqaro va sanoat binolarini loyihalash ikki va bir bosqichli bo‘lishi mumkin. Ikki bosqichli loyihalash namunaviy loyihalami, murakkab bolgan individual bino va inshootlarni loyihalashda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda binoning loyihasi tugallangan smeta hujjati bilan birgalikda ishlab chiqiladi. U binoning me’moriy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini, binoning smeta qiymatini, asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘zdan kechirish va baho berish uchun xizmat qiladi. Bino loyihasi tarkibiga quyidagilar kiradi: izohnoma, loyihalashtirilayotgan va mavjud binolar aks ettirilgan bosh reja sxemasi, holat (situatsion) reja, binoning asosiy chizmalari – yerto‘la, tipik va takrorlanmaydigan qavatlar rejalari, fasad, xarakterli qirqimlar, qurilishni tashkil etish va texnologiyasi bo‘yicha zarur materiallar. Ikkinchi bosqichda tasdiqlangan loyiha asosida butun qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun asos bo‘ladigan ishchi hujjatlar smetasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Ishchi hujjatlar tarkibiga binoning kompleks ishchi chizmalari batafsil yoritilgan smeta hisob-kitoblari bilan konstruksiya va elementlarning montaj sxemalari, tugun va detallarning, sanitar-texnik qurilmalarning, obodonlashtirish va hududni muhandislik tayyorlash bo‘yicha chizmalar kiradi. Bir bosqichli loyihalashdan texnik yechimlari murakkab bo‘lmagan binolarni loyihalashda va tipik loyihalami qurilish maydoni sharoitiga bog‘lash ishlarida qo‘llaniladi. Bunda loyiha uchun topshiriq asosida ishchi loyiha smeta bilan birgalikda tuziladi. Ikki bosqichli loyihalash jarayonidan farqli o‘laroq, ishchi loyiha tasdiqlash uchun mo‘ljallanib, uning asosida barcha qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
Qurilishda lоyihalashni standartlashtirish. Bunday standartlashtirish lоyihalash va qurilish ishlarini оlib bоrish nоrma, talab va usullarini bir хillikka kеltirishni bеlgilaydi. Buning bilan qurilish sifati оrtib, tur, marka, tipaviy o‘lcham kabilarning оrtiqcha turli-tumanligiga chеk qo‘yiladi. Standartlar amal qilish dоirasi va tasdiqlanish darajasiga ko‘ra katеgоriya va turlarga bo‘linadi.

Standartlar katеgоriyalari:
1.Davlat standartlari (DST) - хalq хo‘jaligining rеspublika va mahalliy qaramоg‘idagi barcha kоrхоna, tashkilоt va idоra turlari faоliyatida majburiy qo‘llaniladi.
2.Tarmоq standartlari (TST) - birоr ma’lum sоhadagi kоrхоna va tashkilоtlar, shuningdеk, ushbu sоha mahsulоtlaridan fоydalanadigan yoki istе’mоl qiladigan bоshqa sоha (buyurtmachi)ning kоrхоna va tashkilоtlari uchun majburiydir.
3.Kоrхоna, birlashma standartlari (KST) - faqatgina ushbu standartni tasdiqlagan kоrхоna va birlashmalar uchun majburiy hisоblanadi.

Bino qurilishi juda katta hajmdagi ishni o‘z ichiga oladi. Bu ishlar asosiy qurilish va ixtisoslashgan ishlariga bo‘linadi. Asosiy qurilish ishlari binoni qurish va bezash ishlarini, ixtisoslashgan ishlar ta’mirlash va bino atrofini obodonlashtirish ishlarini o‘z ichiga oladi. GOST 21. 101-79 ga ko‘ra har bir ish chizmasi to‘plamiga alohida nom berilgan bo‘lib, ular belgilarning negizini va asosiy to‘plam markalarini ko‘rsatadi.


1. Bosh plan, transport inshoot-BP


2. Bosh plan - BP
3. Inshoot transporti - TR
4.Ishlab chiqarish texnologiyasi - TX
5. Kommunikatsiya texnologiyasi - TK
6. Havo qurulmalari - VS
7. Elektr ta’minoti - ES
8. Elektr yoritish - EO
9. Quvvatli elektr qurilma - ES
10. Gaz ta’minoti - GS
11. Gaz ta’minotining tashqi tarmog‘i va inshootlari - NG
12. Isitish tarmog‘i - TS
13. Aloqa va signal berish - SS
14. Arxitektura yechimlari - AR
15. Interer - A
16. Temir-beton konstruksiyalar - KJ
17. Metall konstruksiyalar - KM
18. Detallarga bo‘lingan metall konstuksiyalar - KMD
19. Yog‘och konstruksiyalar – KD
20. Arxitektura-qurilish yechimlari – AS
21 Korroziyaga qarshi konstruksiyalar – AZ
22. Isitish, ventilyatsiya va havoni tozalash - OV
23.Ichki vodoprovod va kanalizatsiya - VK
25. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiyaning tashqi tarmog‘i – NV

Chizmalarga qo‘yilgan markalarga qarab, loyihaning qaysi ish chizmasiga tegishli ekanligi aniqlanadi.


Loyihalash jarayonida noto‘g‘ri loyiha yechimi loyihachining xatosi, tashqi yuklar, qurilish konstruksiyalarining holati va ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiya sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning yetarli emasligi, tabiiy yemirilish va ayrim qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalari hamda ularning real yemirilishi jadalligi haqidagi eksperimental maiumotlaming yetishmasligi (yoki umuman bo‘lmasligi), bino funksiyasini noto‘g‘ri modellashtirish va boshqa turli salbiy omillarni hisobga olinmasligi loyihalash jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar hisoblanadi.



Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish