Bitumlarni modifikatsiyalash. Bitum asosidagi kompozitsion qurilish materiallarining xossalarini yaxshilash uchun ular polimerlar bilan modifikatsiyalanadi. Bunda biium matritsa. polimer esa dispers faza vazifasini o'taydi. Polimer bitum tarkibiga oz miqdorda (2 -4 %. hajm bo'yicha) kiritilsa. dispers mustahkamlangan kompozitsiya, ko'p miqdorda qo'shilsa. kompozitsiyaning tolali va smolasimon lizimi hosil bo'Iadi. Modifikatsiyalangan bitum kompozitsiyalari yuqori mustahkamlik, elastiklik, yoriqlar hosil bo'lishiga bardoshlilik, kimyoviy muhitlarga chidam lilik xossalariga ega bo'Iadi. Bitum lar butilkauchiik, polietilen, pohpropilen, lermoreaktrv polimer va sh.k. lar bilan modifikatsiyalanadi. Ular mastikalar. germetiklar, tombop va gidroizolatsiya asosli va asossiz o'rama materiallari, asfaltpolimcrli betonlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |