Gippokrat va qadimgi zamon vrachlari oziqaviy allergiyani idiosinkraziya (shiralaming o‘z-o‘zidan yoki mustaqil aralashishi) deb ataganlar



Download 46,21 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi46,21 Kb.
#800710
  • Allergiya (yunoncha allos — boshqa, o'zgacha, boshqacha, ergon — ta'sir) deb, organizmning allergenlarga yoki gapten labiatli moddalami takroriy tushishiga yuqori, ko'pincha, sifat o'zgarishlari bilan kechadigan reaksiyasiga aytiladi. Bugungi kunda chorvachilikda 5% allergik kasalliklar yuqumli patologik xarakterda va 95% yuqumsiz tabiatdagi kasalliklarga xosdir. Yuqumsiz tabiatli kasalliklar ichida immunopatologiya — allergik reaksiyalar asosiy o'rin egallaydi. Shunga bog'liq ravishda bu patologiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish dolzarbdir.
  • Gippokrat va qadimgi zamon vrachlari oziqaviy allergiyani idiosinkraziya (shiralaming o‘z-o‘zidan yoki mustaqil aralashishi) deb ataganlar. II asrda Klavdiy Galen ham idiosinkraziya namoyon bo'lishini ayrim jihatlarini yozib qoldirgan. Birinchi bo'lib, 1819-yili J. Vostok allergik kasalliklardan pichan isitmasining klinik jihatlarini yozgan. 1902-yili Parijda Sh. Rishye anafilaksiya fenomeni haqida yozadi. G .P Saxarov 1905-yilda anafilaksiya hosil bo'ltshini dengiz cho'chqalarida tajribalarda tasdiqladi. Avstriya pediatr vrachi K. Pirke (Pirquet) bir xil belgilar bilan kechuvchi barcha reaksiyalami «allergiya» atamasi bilan nomlashni taklif qildi. U allergiyani organizmning spetsifik o'zgargan sezuvchanlik holati sifatida ta'riflab, unga giper- va giporeaktivliklar kiradi. Shu davrdan beri «allergiya» tushunchasi o'zgarib, organizmning giperreaktivligi saqlanib qolgan.
  • 1.1. Mechnikov va AQSHdan Sivallar ilon chaqishidan L. Paster usulini qo'llab kam miqdorda ilon zahrini yuborib parrandalarni allergiyadan saqlab qolish usulini topdi. Fransuz vrachi Jilet 1909-yili difteriya anatoksinini yuborganda tez va to'satdan o'lim hosil bo'lganini (anafilaksiyani eslatuvchi holatni) kuzatgan. Shular asosida u yoki 425 www.ziyouz.com kutubxonasi bu moddalarning takroriy yuborilishiga organizmda yuqori sezuvchanlik paydo bo'ladi. Shunday qilib allergiya antigen ta'sirida organizm reaktivligining sifat o'zgarishi bo'lib, sezuvchanlikni u yoki bu moddaga nisbatan kuchaytirib, hujayra, to'qima va organ tuzilishi va funksiyasining shikastlanishi bilan xarakterlanadi degan xulosaga kelgan. Allergiyani immunitetning o'zgargan bir patologik shakli sifatida qaraladi. Chunki allergiya va immunitet bir xil apparat — limfoid sistema tomonidan ta'minlanadi. Bunday reaksiya turli mexanizmlar orqali chaqirilib, allergik reaksiya patogenetik mexanizmini ikki guruhga boMganlar: haqiqiy—spetsifik va soxta—nospetsifik.
  • biologik xususiyatlari hamma vaqt ham ta'sirotlarga immunitet — yuqtirmaslik hosil qilib javob bermasdan, balki, aksincha, turlituman antigenlarga organizm sezuvchanligining kuchaygan yoki aynigan holati sifatida ham namoyon bo'ladi. Immunologik va allergik reaksiyalar antigenga qarshi gomeostazni o'zgartirmay, begona oqsillarning chiqarilishiga qaratilgan. Shuning bilan bir qatorda, allergenning takroriy ta'siriga immun javobga nisbatan farq qiluvchi reaksiyani ham ro'yobga chiqaradi. Allergiya sovuq, ultrabinafsha nuri, ionlashtiruvchi radiatsiya ta'sirida ham chaqirilib, ular ta'sirida organizmda immun reaksiya hosil bo'lmaydi. Allergiya immunologik reaksiyadan farq qilib, allergen ta'sirida qon, qon tomirlari devori va to'qima elementlarining parchalanishi yuzaga keladi. Allergiya kamdan kam immunitet shakllanish mexanizmida ishtirok etuvchi E sinf immunoglobulini ishtirokida ro'yobga chiqadi.
  • Anafilaktik shok, yallig'lanish, shish va boshqalarda allergik reaksiyalar yordamida organizm antigen (allergen)dan immunitetdagiga qaraganda tezroq xalos bo'ladi. Hayvnn organizmida allergik reaksiya, asosan, unga turli xil antigen yoki gapten moddalar takror tushishi natijasida ro‘y beradi. Organizmning turli-tuman antigen va noantigen ta'sirotchilarga bunday yuqori darajadagi sezuvchanligiga allergiya (yoki allergik reaktivlik) deyiladi. Allergiya chaqiruvchi ta'sirotchilarga esa alletgenlardeyiladi. Allergenlar kelib chiqishiga qarab turli tabiatda bo‘lib, ularga hayvon va o'simliklarning oqsillari (qon zardobi, teri qipig‘i yoki hayvon juni, changlar va b.), murakkab uglevodlar, iipoid moddalar va hatto bir qancha anorganik birikmalar kiradi. 426 www.ziyouz.com kutubxonasi Allergenlar organizm ichki muhitiga tushib o'zlarining ta'sirni oMkazadi. Barcha allergenlar tabiatiga qarab bir necha xi) bo'lib, A.D. Ado ularni ekzogen (organizmga tashqi muhitdan tushadigan) va endogen yoki auto (organizmning o‘zida, ichki muhitida hosil bo'ladigan) guruhlarga bo'lgan. Ekzoallergenlar kelib chiqishiga qarab, infeksion va noinfeksion turlarga bo'linadi. Infektogen allergenlarga infeksion va parazitar kasalliklarning qo'zg'atuvchilari va ular hayot faoliyati mahsulotlari kiradi.
  • Keyingi yillarda shartli patogen mikrofloraning allergik xarakterdagi reaksiyalarning kelib chiqishidagi o‘rni aniqlanmoqda: — yuqumli (bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar); — parazitlar (sodda hayvonlar, yetilgan va lichinkali shakldagi gelmintlar va hasharot zaharlari). Noinfeksion allergenlarga: — dorivor moddalar (zardob, vaksina, antibiotik, ba'zi bir kimyoviy preparatlar); — oziq-ovqat mahsulotlari (turli tabiatli bo'lib, ular ta'siri organizmning indvidual sezuvchanligiga asoslangan); — nafasga olinuvchi (o‘simlik, ko‘cha, uy, ombor changlari, ko‘pchilik mikroskopik tuzilishga ega bolgan kanalar, epidermis, jun (zarrachasi)tolasi, parrandalaming pati); — ba'zi bir fizik va kimyoviy vositalar (sintetik yuvuvchi moddalar, pestitsidlar, gerbitsidlar va b.) kiradi.
  • Endogen (auto) allergenlarning tabiiy orttirilgan turlari farq qilinadi. Tabiiy allergenlarga izolatsiya qilingan fiziologik organlar — ko‘z gavhari, qalqonsimon bez, tuxumdon, nerv to'qimasi, buyrak to‘qimasi patologiyalarida fiziologik baryerlar buziladi, antigenlar ajraladi va ular autoallergik kasalliklarga sabab bo'ladi. Autoaileigenlar boshqa to'qima va organlarga shikastlovchi omil ta'sirida (viruslar, mikroorganizmlar, toksiniar), ionlashtiruvchi nurlanishlar ta'sirida ham hosil bo'ladi. Organizmning shikastlangan xususiy hujayra va to‘qima(ari ham autoallergenlarga kiradi. Ular tashqi muhitning turli omillari ta'siri (mikroorganizmlar, kimyoviy birikmalar, fizik ta'sirotchilar)da allergenlik xususiyatiga ega boladi. Allergenlar organizmga enteral, parenteral, nafas yo'Ilari orqali, teri va shilliq pardalarga surkalganda, transplatsentar, fizik omillaming mahalliy va umumiy ta'siri natijasida kiradi. 427 www.ziyouz.com kutubxonasi A.D. Adoning ta'kidlashicha, viruslarning hujayralarga ta'siridan ham allergenlar hosil bo'lib, ular oraliq endoallergenlar deb nomlanib, to'qima substansiyasi va yuqumli omildan ham farq qiladi. Allergenlaming molekular og'irligi juda katta bo'ladi. Organizmga allergenlar nafas yo'llari, hazm qilish sistemasi va teri hamda uning jarohatlangan qismlari orqali kirib, epiteliy oqsillari bilan birikishini G. Aleksandr kuzatgan. Lekin allergenlarning organizmdagi holati yaxshi o'rganilmagan bo'lib, ularning ko'p qismi antitelo hosil bo'lishida qatnashmasdan, antitelo hosil bo'lishi bilan ular organizmdan yo'qoladi.
  • Allergik reaktivlik tushunchasi organizmning umumiy holalini helgilovchi ko'rsatkich sifatida veterinariya amaliyotiga keng kirib borgan. Qadimgi zamon kuzatuvchilari (vrachlari) ham o'zlarining kuzatishlarida hayvonlarning bir xil kasalliklarda organizmlarning individual xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha kasallanishini, ya'ni kasallik chaqiruvchi sabablarga nisbatan bir xil javob ishlab chiqarmasligini aniqlaganlar. Reaktivlik quyidagi shakllarda namoyon bo'lishi mumkin: sog'lom organizm reaktivligiga—normergiya, yuqori darajadagi sezuvchanlikning namoyon bo'lishiga—giperergiya, past darajadagi reaktivlikka—gipoergiya yoki gipergiya, javob reaksiyasi bermasligi—anergiya, aynigan javob reaksiyasini hosil qilishi — dizergiya deyiladi
  • Allergen organizmga tushib, reaktivlikning kuchaygan ko'rinishida—giperergiya (yunoncha hyper — kuchli, yuqori, ergon — ta'sir)da, ko'pincha, qo‘zg‘aluvchanlik jarayoni ustunlik qiladi. Tez, to'satdan hosil boiadigan allergiyada antigen qondagi immuntanachalar hilan uchrashib, kapillar endoteliylarini jarohatlab, silliq muskul tolalarining qisqarishini, ya’ni allergik reaksiyalarni hosil qiladi (32-rasm). Shuning uchun yallig'lanish belgilari kuchli namoyon bo'ladi. Organ va sistemalar kasalliklarining alomatlari o'zgargan holda namoyon boladi. Masalan, pnevmoniya, tuberkuloz va boshqalar juda aniq namoyon bo‘lgan belgilar: yuqori harorat, ECHTning kuchayishi, leykositozning kuchli namoyon bo'lishi bilan kechadi. Bunda antigen ta'siridan 24 soat o'tganidan so‘ng, vena qon tomirlari atrofiga limfotsit va gistiotsitlar chiqadi yoki reaktivlikning zaiflashgan ko'rinishida kechadi. Bu vaqtda kasallik helgilarsiz kechadi.

Download 46,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish