Siydik va uning xususiyatlari - Siydikning umumiy miqdori. Bir sutkada odam 1,5-2 l siydik ajratishi mumkin. Atrof-muxitning yuqori xaroratida ko’p ter ajralganda ter bilan suv chiqib ketishi oqibatida siydikning miqdori kamayadi. Uyqu vaqtida, ayniqsa odam chuqur uxlayotgan vaqtlarda, siydik hosil bo’lishi keskin kamayadi. Kechqurungi siydik kunduzgidan ko’ra to’qroq va suyuqroq bo’ladi. Ovqatdan so’ng suv va ovqat tuzlari ichakda surilishi oqibatida siydik hosil qilinishi oshadi va odatda ko’p miqdorda suyuk bo’lmagan siydik ajralib chiqadi. Siydik miqdori ko’p suyukdik ichganda ko’payadi va kuyuk ovqatlanishda Xamda ich ketganda kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |