Shartli korrekt masala tushunchasi
Yuqoridagi o`xshash turg`un bo`lmagan masalalarni yechish zaruriyati masala yechimini yanada aniqroq aniqlashni talab etiladi.
Shartli korrekt masalalar, ya`ni A.N.Tixonov bo`yicha korrekt masalalarda oddiy yechish haqida emas, balki qandaydir sinfga tegishli yechim haqida beradi.
Masala A.N.Tixonov bo`yicha korrekt qo`yilgan hisoblanadi, agarda:
Ba`zi bir sinflarda masala yechimi mavjudligi aprior ma`lum
Bu sinfda yechim yagona
Masala yechish kirish ma`lumotlariga uzluksiz bog`liq
Yechimdagi aprior cheklanishlar turlicha bo`lishi mumkin. Masalaning qo`yilishining o`zi nokorrekt masalalarni qarashda keskin o`zgaradi, ya`ni masalaning qo`yilishiga yechimning qandaydir to`plamga tegishlilik sharti biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |