Gipermatn deganda tarmoq tashkil etuvchi hamda o‘zaro bir-biriga yo‘naltirilgan bog‘lanishlarni birlashtiruvchi axborot ob’ektlarining (bo‘limlarining) tizimini tushunadilar. Har bir ob’ekt ekranning axborot paneli bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bog‘lanishlardan birini foydalanuvchi panelidan assotsiatv ravishda tanlashi mumkin. Ob’ektlar albatta matnlardan iborat bo‘lishi shart emas, ular grafik, musiqa, multiplikatsiya, audeo va videotexnika vositalarini ishlatgan bo‘lishi mumkin. Gipermatnlarga ishlov berish, odatdagidan sifati bilan farq qiluvchi, axborotni o‘zlashtirishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Gipermatn texnologiyasi qidiruv kalitining mosligi bo‘yicha axborotni qidirish o‘rniga bir axborot ob’ektidan boshqasiga o‘tish ular ma’nosining, semantikasining bog‘liqligini hisobga olish bilan bajarilishini nazarda tutadi. Gipermatn texnologiyasida formal xulosalar qoidasi bo‘yicha axborotlarga ishlov berish gipermatn bo‘yicha yurish yo‘lini yodda saqlashga mos keladi. Gipermatn texnologiyasi odam o‘rniga axborotlarga ishlov berishga emas, odam bilan birga ishlov berishga qaratilgan. Undan foydalanishning qulayligi shundan iboratki, foydalanuvchining o‘zi materialni o‘rganishga yoki yaratishga bo‘lgan yondoshuvni o‘zining individual qobiliyatini bilimini, kvalifikatsiya va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan xolda aniqlaydi. Gipermatn faqat axborotni emas, balki uni samarali qidiruv vositalarini ham o‘z ichiga oladi.
Gipermatnli xujjatlarning asosiy ajralib turadigan qismi, bu xujjatlarga qo‘yiladigan giperizohlardir. Giperizohlar “jonli” ravishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni oddiy matnlarga qo‘yilgan, masalan, qo‘yidagicha izoh ”g‘o‘shimcha ma’lumotni ikkinchi varaqdan olasiz” kabi izohda, siz uni ikkinchi varaqqa o‘tsangiz olasiz. Gipermatnlarda esa o‘sha izohlarning o‘zi ham harakatlanadi. HTML tili buyruqlarni buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Boshqa xujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi va olib boruvchi giperizohlar ham gipermatnli aloqalarning asosiy qismi hisoblanadi. Gmperaloqalar faqat kalitli so‘zlar orqaligina bo‘lmay, balki turli ob’ektlar, hatto rasmlarning bo‘laklari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. HTML da boshqa xujjatlarga murojaatlar yo tegi yordamida, yo navigatsiya kartalari orqali yaratiladi. tegi qo‘llanganda murojaat uchun matn bo‘lagi yoki butun tasvirdan, navigatsiya kartalari esa tasvir bo‘lagidan foydalanganda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |