Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari



Download 128 Kb.
bet5/11
Sana09.03.2022
Hajmi128 Kb.
#487163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GINEKOLOGIK BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI

Bachadonga zond solish. Buning uchun bachadonning vaziyatini aniqlab, bo'yni va devorlarida o'smalari yoki shikastlangan joylari bor yo'qligini bilish uchun sm larga bo'lingan maxsus metall zond - bachadon zondi ishlatiladi.
Meditsina hamshirasi qoshiqsimon ko'zgular, tugmachali qisqichlar (pulevoy qisqich), korntsang va bachadon zondi, qin va bachadon bo'yni shilliq pardasini tozalash uchun paxta sharchalar bilan dezinfektsiyalovchi eritmalarni tayyorlab qo'yish kerak.
Qin orqa gumbazi orqali qorin bo'shlig'ini punktsiya qilish. Qorin bo'shlig'idagi suyuqlik tabiatini (unda ekssudat, qon, yiring bor yo'qligini) bilish maqsadida, bachadondan tashqari homiladorlik deb gumon qilganida bajariladi. Buning uchun hamshira qoshiqsimon ko'zgu, kornsang, tugmachali qisqich, teshigi keng o'tkir uzun igna (Bir ignasi) va shu ignaga mo'ljallangan shpris, dezinfektsiyalovchi eritmalar, paxta sharchalar tayyorlashi kerak.
Biopsiya qilish - kesib olingan to'qimani gistologik tekshirishdan o'tkazish uchun foydalaniladi. Xavfli o'sma deb gumon qilinganda, bachadon bo'yni, qin hamda tashqi jinsiy a'zolar sohasidagi patologik o'zgargan joydan biopsiya olib ko'riladi. Kesib olingan to'qima bo'lagi 10 % formalin yoki spirtli bankaga solinadi, gistologik tekshirish uchun laboratoriyaga yuboriladi. Hamshira quyidagi steril asboblarni tayyorlashi kerak: qoshiqsimon ko'zgu, tugmachali qisqich (Myuzo qisqichi), kornsang, xirurgik uzun pinset, skalpel yoki konxotom, igna, igna tutgich, qaychilar, tikuv materiallari tamponada qilish uchun 8-10 sin steril bint, konxotom ishlatilsa elektrokoagulyasiya qilinadi.
Rentgenologi ktekshirish-usullarida ginekologiyada gisterosalpingo-grafiya - ya'ni kontrast modda yuborgandan keyin bachadon, bachadon naylari rentgen suratini olish ko'p qo'llaniladi. Kontrast moddalar (kardiotrast, diodtrast, diofen, verografin) suvda tayyorlanadi. Yodolipol - yog'da tayyorlanadi. Shprisga ulangan maxsus nakonechnik orqali bachadon bo'shlig'iga yuboriladi. Gisterosalpingografiyada bachadon bo'shlig'i katta kichikligi va shaklini, bachadon naylari o'tkazuvchanligini o'zgartira oladigan patologik jarayonlarni (submukoz mioma, poliplar rivojlanish nuqsonlarini) aniqlanadi. Hamshira bemorga tozalovchi huqna qo'yadi, tekshirish oldidan siydik pufagini bo'shatishiga ko'z-quloq bo'Iib turadi. Kerakli asboblami tayyorlaydi. Ko'zgularni ushlab turadi. Asboblarni yig'ishtirib, yuvib oladi.
Ultratovush yordamida tekshirish - zichligi har xil bo'lgan to'qimalarning ultratovush energiyasini har xil darajada yutish xossasiga asoslangan. Aks etgan impulslar elektron nur trubkasining ekranida exogrammalar ko'rinishida qayd qilib boriladi.
Bakterioskopik tekshirishda qin, bachadon bo'yni kanali va uretradan chiqadigan ajralmalar tekshiriladi. Bemor surtmalar olinishiga 2 scat qoiganida siymasligi kerak. Hamshira 2 ta buyum oynachasini tayyorlab qo'yishi shart. Har bir oyna maxsus qalam bilan 3 qismga bo'linadi. Biriga U, (bu urethra degan ma'noni bildiradi), ikkinchisi C harfi (cervix - bachadon bo'yni), uchinchisi V harfi (vagina - qin) yozib qo'yiladi. Ayol ginekologik kresloga yotqizilib, avval uretradan surtma olinadi, buning uchun qinga kiritilgan barmoq bilan uretra ohista massaj qilinadi. Uretradan material salgina qirish yo'li bilan olinadi, U belgisi qo'yilgan buyum oynasiga doiracha ko'rishida tushiriladi. Bachadon bo'yni kanalidan, so'ngra qin orqa gumbazidan pinset yoki kornsang bilan olinadi (shtrix belgilab qo'yiladi). Surtmalar quritilib, keyin tegishli yozuv bilan laboratoriyaga yuboriladi.
So'zak kasalligi gumon qilingan bemorlarda provokatsiya o'tkaziladi. Provakasiya - organizmga maxsus ta'sir ko'rsatib, yallag'lanish jarayonini qo'zg'ashiga qaratilgan chora-tadbirlardir. Fiziologik, biologik, termik, ximik, mexanik va alimentar provakasiyalar tafovut qilinadi. Endoskopik tekshirish usullari bemor jinsiy a'zolarini maxsus optik asbobyordamida ko'zdankechiribchiqish. Kolposkopiya, gisteroskopiya, laporoskopiya va kuldoskopiya, sistoskopiya, rektoromanoskopiya qo'llaniladi. Laparoskopiyada anesteziya ostida oldingi qorin devoridan teshik ochilib, asbobni shu teshik orqali qorin bo'shlig'iga kiritib ko'riladi. Kuldoskopiyada asbob qin orqa gumbazi orqali kiritiladi. Bunda kichik chanoq a'zolari ko'zdan kechiriladi. Sistoskopiyada - qovuq ichkiyuzasi ko'zdan kechiriladi. Rektoro-manoskopiyada-to'g'ri va sigmasimon ichaklar ichki yuzasi ko'zdan kechiriladi.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish