Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari



Download 128 Kb.
bet10/11
Sana09.03.2022
Hajmi128 Kb.
#487163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GINEKOLOGIK BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI

Profilaktikasi. Hayz funksiyasi buzilishi hollarining profilaktikasi ona qornida ayol jinsidagi homila rivojlanayotgan davrda, jinsiy sistema vujudga kelib, tabaqalanishga kirishadigan mahalda boshlanadi.
Antenatal, homila muhofazasiga doir chora-tadbirlarni ko'rish kerak. Homilador ayolni noqulay tashqi muhit omillaridan (ximiyaviy moddalar, nur energiyasi, dori-darmonlarning salbiy ta'siridan) infeksion, virusli kasalliklardan saqlash kerak.
Sog'lom turmush tarzi, to'g'ri ovqatlanish, ekstragenital, ginekologik kasalliklarni vaqtida davo qilish - hayz funksiyasining buzilishini oldini olishga imkon beradi.
Predmenustral sindrom, klimakterik sindrom, postkastrasion sindromlar- asosiy neyro endokrin sindromlar hisoblanadi.
Predmenustral sindrom - hayz siklining ikkinchi yarimida hayz boshlanishiga bir necha kun qolganda bosh og'rishi, ko'ngil aynishi, et uvishishi, uyqusizlik, tajanglik, yig'loqilik, taxikardiya va boshqa patologik simptomlar kuzatilishi mumkin. Sunday o'zgarishlar siklik tarzda paydo bo'lib turishi, hayzdan keyin yo'qolishi mumkin.
Davosi: Psixoterapiya, umumiy tetiklantiruvchi chora-tadbirlar, tinchlantiradigan, siydik haydaydigan dori vositalari va jinsiy gormonlar buyuriladi.
Klimakterik sindrom - his tuyg'ulari ko'p tug'yonga keladigan, shuningdek 46-50 yoshga kelib, organizmi qayta tuzilayotganda, ichki a'zolarning xronik kasalliklari bilan og'rib yurgan ayollarda avj oladi.
Klinikasi. Birdan qizib ketgandek seziladi, terlash, yurak o'ynashi, bosh og'rishi, et uvishishi, bo'g'ilish, ko'ngilni vahima bosish, yurak sohasida og'riq, qo'l oyoqlar uvishib turishi kabi klinik manzara ko'zga tashlanadi.
Postkastratsion sindrom - tuxumdonlar olib tashlangandan keyin kasallik boshlanadi. Klinikasi klimakterik sindromday.
Postkastratsion sindrom uchun asteniya (asteniyada odam o'zini bequvvat, charchoq sezishi, xotira pasayishi bilan ifodalaydi) avj olib borishi, shuningdek odamning semirib, ateroskleroz paydo bo'lishi xarakterlidir. Davosi. Klimakterik va postkastrasion sindromgaqilinadigan davo umuman tetiklantiradigan chora-tadbirlar (suv muolajalari, davo gimnastikasi. massaj). Parhez tutish, tinchlantiruvchi dori-darmonlar (seduksen, frenolon, tazepam valeriana preparatlari), vitaminlar, jinsiy gormonlar beriladi.


ALGODISMENOREYA
Hayz ko'rish kunlari qattiq betob bo'lib, tibbiy yordam olish uchun murojaat qiladigan qizlar uchrab turadi. Qorinning pastki qismi, bel, dumg'aza sohasida lo'qillab, g'ijimlab, sanchib turadigan og'riq, yoki dapqir-dapqir tutib turadigan og'riq sezilishi mumkin.
Algodismenoreyada og'riq turli vaqtda, hayz ko'rishga bir necha kun qolganda, hayz ko'rish vaqtida, hayz ko'rish oxirida, hayz ko'rish davomida kuzatilishi mumkin. Sabablari. Bachadonning noto'g'ri joylashadi, yallig'lanish kassalliklari, infantilizm, nevrasteniya, isteriyada, o'smalarda, og'riqli hayz kuzatilishi mumkin.
Davosi: Asosiy kasallikning davo chorasini ko'rish. Simptomatik davo. Og'riq refleksini keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish. Dismenoreya bo'lgan ayollarning nerv psixik holatini davolash. Nerv kasalligi sababli kelib chiqqan bo'lsa bemorni vrach nevropatologga yuborish. Gimnastika, sport bilan shug'ullanish, fizioterapiya, gormonoterapiya. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish.



Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish