gigienik yo`nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi);
atletik yo`nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarni qo`llanish yo`li bilan odamning harakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb hisoblanardi);
amaliy yunalish (gimnastika urushda uchraydigan turli tusiqlardan oshib o`tishni soldatlarga o`rgatish vositasi hisoblanardi).
nemis gimnastika tizimi. napoleon qushinlari prussiyani egallab turgan davrda tarkib topa boshladi. bu sistemaning asoschisi f. yan (1778-1852 yillar) edi. f. yan gimnastikadan mamlakatni bosqinchilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga harbiy tayyorgarlik berish uchun foydalanishga intildi. gimnastika snaryadlaridagi mashqlar va harbiy o`yinlar bu tizimining asosini tashkil qilar, chunki ular, yanning fikricha, odamning jismoniy kuchini rivojlantirar va irodasini mustahkamlar edi. u o`zining gimnastikasini «turnkunst» (epchillik san`ati), shogirdlarini esa «turnerlar» deb atadi. keyinchalik nemis gimnastikasi «turnen» degan nom oldi.
shved gimnastika tizimi. nemis gimnastikasi bilan ketma-ket paydo bo`lgan. unda gigiena yo`nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. p. ling (1776-1839 yillar) gimnastikani xix asrning birinchi yarmida daniyada o`rgana boshladi. usha vaqtlarda gimnastika yoyilganligi jihatidan daniya g`arbiy evropadagi ilg`or mamlakatlardan biri edi. 1913 yilda p. lingning tashabbusi bilan stokgolmda maxsus institut ochildi. p. ling u erda o`zining jismoniy tarbiya uslub va vositalarini qo`lladi. u kishi badanini mustahkamlaydigan va kamol toptiradigan mashqlardan foydalanish kerak, deb hisoblardi. ammo u gimnastikaning pedagogik ahamiyatini hisobga olmagan edi.
frantsuz gimnastika tizimi asosan harbiy-amaliy yo`nalishda bo`lib, shved tizimi bilan deyarlik bir vaqtda shakllandi. frantsiyada gimnastika tizimisini yaratgan kishi amoros (1170-1848 yillar) bo`ldi. u a.v. suvorovning harbiy-jismoniy tayyorlov, tizimisi bilan tanish bo`lib, bundan o`z tizimisini yaratishda foydalandi. hayotda va harbiy sharoitda zarur bo`lgan ko`nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar-to`siqlar qo`yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, aslaha-anjomlar bilan turli holatlarda sakrash, yukni yoki «yaradorni» joydan-joyga ko`tarib o`tish, suzish va shung`ish, kurash tushish, uloqtirish, o`q otish, qilichbozlik va chavandozlik mashqlarini u eng yaxshi mashqlar deb hisoblar edi. juda katta tezlik bilan va kuchni ko`proq tejab o`tilishi lozim bo`lgan gimnastika snaryadlari (narvonlar, arqonlar, langarlar, devorlar) qo`llanilar edi.
soqol (lochinlar) gimnastika tizimi. mazkur tizim avstriya-vengriya sostavida bo`lgan slavyan halqlarining milliy ozodlik kurashiga aloqador tarzda xix asr o`rtalarida yuzaga keldi. chexiyada «lochinlar xarakati» paydo bo`lib, lochinlar gimnastika sistemasi tuzila boshlandi. o`z vatanini avstriya zulmidan ozod qilishga intilgan, vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal` burjuaziya vakili, praga universitetining estetika va san`at tarixi professori m. tirsh (1832-1884 yillar) bu sistemaning asoschisi bo`ldi. tirsh xix asr birinchi yarmidagi gimnastika sistemalarining hammasi bilan tanish edi, lekin chexiyada mamlakat xalqini milliy-ozodlik kurashiga tayyorlash maqsadida ommaviy gimnastika harakatini tashkil etish uchun ulardan birontasini ham yaroqli deb hisoblamadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |