Gimnastika (yun. gymnastike mashq qilaman) — jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy
tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va
salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam
beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi
turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika b-n birga),
gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport
gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.
Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada
oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan Yevropa
mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa
musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi
(1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning
jahon birinchiligi oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T.
Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh.
Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda
muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston
gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada
chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki).
Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida
sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen
olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni
unvoni (1974) bilann taqdirlandi. Oʻzbekiston terma
jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina, R. Galiyeva katta
shuhrat qozondil
ar
Badiiy gimnastika – sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilann va usiz turli nafis gimnastika va
raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boʻyicha ayollar musobaqalari.
Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida koʻp kurash (bitta majburiy va buyumlar bilann uchta
erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh boʻlib erkin mashqlari mavjud. Gʻoliblar koʻp kurashda, alohida va
guruh boʻlib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boʻyicha baholanadi.
40-yillardan badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika
federatsiyasi (FIJ) badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari
oʻtkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda.
1984-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda oʻtgan ittifoq chempionatida 1-oʻrinni
oldi. 1996-yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma
jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L.
Meshcheryakova).
Akrobatika (yun. akrobotes —oyoq uchila yuraman,
yuqoriga chiqaman)— 1) gimnastika shaklidagi
jismoniy mashqlar turi. 2) sakrash, sport uskunalariga
tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan,
kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa
maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport
Akrobatikasi 20-asrning 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu
sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi:
aylanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni
bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng
sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur.
'Sport gimnastikasi' - sportning asosiy turlaridan biri. Ayollar va
erkaklarning maxsus gimnastika anjomlari (snaryadlari)da va e in mashklar
boʻyicha oʻtkaziluvchi musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Katta jismoniy kuch,
chaqqonlik, qoʻrqmaslik, harakatlarni muvofiqlashtirishda aniqlikni talab
etadi. Zamonaviy S.g .ga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn)
asos solgan. 1973 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasdiqlagan zamonaviy S.g
. dasturiga erkaklar oʻrtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda
bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qoʻshpoyada va
yakkachoʻpda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar oʻrtasida (tayanib
sakrash, xodada, har xil balandliqsagi qoʻshpoyada bajariladigan va erkin
mashklar) oʻtkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi. Har bir
mashqda majburiy (Xalqaro S.g . federatsiyasi tomonidan belgilanadigan)
va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning oʻzlari tuzadigan)
kompozitsiya boʻladi. Mashklarning bajarilishi 10 balli tizim asosida
baholanadi. Xalqaro S.g . federatsiyasi FIJ (1881 y. tuzilgan)ga 100 dan ortiq
mamlakat aʼzo. 1896 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903
yildan jagʻon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekistonda S.g . keng
rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta
bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mavjud boʻlib, ularda 70 nafardan
ziyod murabbiy 1000 dan ortiq oʻgʻilqizga ustozlik qiladi. Xalqaro toifadagi
sport ustalari O. Chusovshpina, A. Gordeyeva 2004 y. Afinada boʻlib
oʻtadigan 28yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani
qoʻlga kiritdilar. Xalqaro toifadagi sport ustalari A. Fokin, A. Markelov,
Oʻzbekiston sport ustalari F. Xoʻjayev, A. Ninkova, B. Gayfulina, N. Jalilova,
S. Akopyans, K. Hasanov, I. Rahmatov, R. Osimov, I. Ponamarev va boshqa
mamlakatimiz hamda xorijda oʻtkazilayotgan yirik musobaqalarda
muvaffaqiyatli qatnashib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |