9.4. Ehtiyottash, yordam berish va o‘z-o‘zini ehtiyotlash shikastlanishlaming oldini olish choralari sifatida
Gimnastika mashqlari uzluksiz murakkablashib borgani sababli gimnastikachilarni barcha bosqichlarda ehtiyotlash va yordam berishga o‘rgatish mashg'ulot o‘tkazish uslubiyatinin^
ajralmas qisrni va jarohatlar oldini olishning samarali yo‘liga aylanmoqda.
Ehtiyotlash deganda mashq bajarilayotgan vaqtda gimnasti-kachilar xavfsizligini ta’minlashga yo'naltirilgan tadbirlar majmuasi tushuniladi. U dastlab qo‘l yoki tananing boshqa qismlarini ushlab olmasdan amalga oshiriladi. Murakkab mashq bajarilayotganda shug'ullanuvchi uning amalga oshirilishini osonlashtirmaslik uchun oldinroq ushlab olishi maqsadga muvofiq.
Individual va guruhli ehtiyotlash farqlanadi. Ehtiyotlashning har ikkala shakli eng murakkab va xavffi element hamda birik-malarni o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida qoMlanadi. Individual qo‘llash o‘qituvchi yoki shug‘ullanuvchilardan biri tomonidan amalga oshiriladi. Guruhli ehtiyotlashda muayyan joyda turib, zarur haraktalar amalga oshiradi. Guruhli ehtiyotlashda ikki yoki undan ortiq kishi ehtiyotlaslini bajaradi. Bunda har bir ehtiyot-lovchi muayyan joyda turib, zarur harakatlami amalga oshiradi. Guruhli ehtiyotlashning alohida sharti har bir ehtiyotlovchining aniq harakatlanishidir. Ehtiyotlashni ta’minlaydigan sherikka isho-nib qolish qat’iyan man qilinadi.
Xilma-xil ehtiyotlovchi vositalaming mavjudligi, ko'pincha, individual ehtiyotlashni qo‘llashga imkon beradi. Guruhli ehtiyotlash kamroq qocllaniladi.
Ehtiyotlash ta’milanishi uchun maxsus va texnik vositalardan foydalaniladi.
Maxsus vositalar: kaft nakladkalari — barmoqlarga kiyilib, kamar bilan bilakda mahkamlanadigan, tabiiy teridan tilcilgan tasmalar; arqonli sirtmoqlar va qo‘lqoplar — katta amplitudada siltanish va katta aylanishlarga o‘rgatish uchun kerak; yakkacho‘p va poyalarga urilib ketishdan, shuningdek, xodadan sakrab tush-ganda zarbidan saqlaydigan porolon yostiqlar, prokladka, to‘shama hamda qoplamlar qo‘l uchun va osma belboglar; ehtiyotlash quiay va ishonchli bo‘lishi uchun har xil balandliklar paralonli chuqur yoki «trampolin — porolonli chuqur batut» tizimi tayanchsiz bosqichida murakkab aylanishlar bilan bajariladigan mashqlami o‘zlashtirishga yordam beradi, qo‘rquv hissini, jarohat olish xavfini kamaytiradi. Xavfsizlik maqsadida batut pol sathida o‘rnatiiadi.
Uni met all remeni va amortizatoriariga tutamalar bilan shoxlanadi. Yakkacho‘p harnda halqadagi, otdagi aylanma harakatlarni o‘rganish uchun sim o‘tkazilgan belbog‘li har xil trenajorlar ham texnik vositalar sirasiga kiradi, akrobatik mashqlami o‘zlashtirish paytida ehtiyotlash uchun amortizatsiyalash uchun belbog‘ va boshqalar texnik vositalardir.
Ehtiyotlash va yordam berish o‘zaro chambarchas bogliq bo‘lib, yangi mashqni o‘rganishning ikkinchisini to‘ldiradi.
Yordam berish snaryaddan tushib ketish, yo‘qolish, irnko-niyatini yo‘q qilib, o‘rgatishning usuliy priyomlaridan biri hisob-lanadi. U o‘rganilayotgan mashq to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishiga, uni bajarish texnikasini tez egallashga yordam beradi va shug‘ullanuvchilarda mushak kuchi, harakatlar koordinatsiya-sini, tezkorlik va boshqa qobiliyatlar yetarli rivojlanmaganida qo‘llaniladi. Yordamning quyidagi turlari farqlanadi:
kazatuv —butun mashq yoki uning ayrim qismi, bosqichi davomida gimnastikani kuzatib boruvchi murabbiyning hara-katlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |