Gimnastika mashqlarini o‘rgatishda harakatning ketma-ketligi va ta’rifi. Gimnastika mashqini o‘rgatish jarayoni o‘qituvchi bilan o£quvchining izchil faoliyatidan iborat bo£lib, bu faoliyat o£rga-tishning har bir bosqichidagi vazifalar ta’rifi va o‘rganisb sharoiti bilan belgilanadi.
0 ‘rgatishning boshida o‘qituvchining yangi mashqni o‘zlash-tirishga qanchalik tayyor ekanini aniqlab olishi kerak. Buning
uchun o£qituvchi: /
—mashqlami o‘rganish jarayonida o‘quvchida bo‘lgan barcha harakat tajribasini va individual xususiyatlarini hisobga oladi;
— o£quvchining xatti-harakatlarini kuzatib, u biian suhbat-lashib, uning ayni vaqtdagi holati va kayfiyatini baholab boradi;
— o£quvchi funksional tizimlarining imkoniyati to‘g£risida tasawur olish uchun tibbiy kuzatishlar ma’lumotlarini o£rganadi; —o'quvchining tayyorligini ko‘rsatadigan jihatlardan (harakat-chanlik, jismoniy yoki boshqa jihatlardan) birini baholash uchun nazorat topshiriqlarini tanlaydi yoki yangi mashqlarga o£xshash
oldingi tanish mashqlami takrorlash uchun topshiriq beradi.
2. 0 £qituvchi o£quvchi haqidagi ma’lumotlar va yangi mashq texnikasiga oid bilimlarga asoslanib reja tuzadi, o‘rgatish uslubi va usullarini tanlaydi.
3. 0 ‘qituvchi o'quvchini yangi harakat bilan tanishtiradi. O'qituvchi bilan o£quvchining harakat ko'nikmasini shakllantirish maqsadidagi bevosita aJoqasi ana shundan boshlanadi. Buning uchun o'qituvchi:
— kelgusida o'rgatiladigan mashqlaming umumiy vazifasini ifodalaydi;
—o£quvchiga qo'yiladigan talablarini aniqlaydi;
—o£quvchi biladigan harakatlar ichidan yangi harakatga o£xshashlarini belgilab chiqadi;
—o£quvchining zaif va kuchli tomonlarini ko£rsatib beradi; —mashqni o£zlashtirish rejasini belgilaydi.
4. O'qituvchi bilan o'quvchining bundan keyingi ishlari o‘i-ga-nilayotgan mashq texnikasi asoslari haqida o£rgatishning: ko£rsatib berish, tushuntirish, modellarda harakat konstruksiyasini ko£rsa-tish va boshqa shu kabi tegishli usullar yordamida tasawur hosil qilishga qaratilgan bo‘ladi. O'qituvchi bilan o£quvchining shu tariqa tayyorgarlik ko‘rishi harakat topshiriqlarining bundan keyin amalda bajarilishi uchun zamin hozirlaydi.
5. Shundan keyin o‘qituvchi o‘quvchiga mashqni, jumladan, quyidagicha bajarishni taklif qiladi:
—harakatni yoki alohida holatni taqlid qilib ko£rsatish;
— mashqni harakatning ayrim fazalarini ajratib ko£rsatisli uchun ko‘maklashib turib past sur’at bilan bajarish;
— harakatni maksimal oson sharoitda, masalan, trenajorda takrorlash. Bunday faoliyat ayrim muskul sezgilar bilan (harakat axboroti yordamida) mashq qilish texnikasi haqidagi ma’iumotlami to‘ldirishga yordam beradi.
0 ‘quvchining mashq bajarishi jarayonida o‘qituvchi: Harakatlar bajarilishini kuzatib turishi, turli uslub va usullardan
foydalanib, yordamlashib turishi, topshiriqning bajarilishi natija-larini tahlil qilib borishi va zarurat bo‘lganda o‘quvchi harakat-larini ijro etish davomida tuzata borishi yoki keyingi topshiriqqa oid yo‘l-yo‘riqlar berib borishi kerak.
Bu davrdagi asosiy vazifa harakat ijro etilayotganda yuz beradigan xatolarni vaqtida tuzatishdan iborat.
Xatolarning yuz berishiga quyidagilar sabab bolishi mumkin: harakat texnikasi haqida tasawurning aniq emasligi; o'quv-chilaming harakat sezgilari bilan o‘z harakatlariga bergan subyektiv baholarining mos kelmasligi; harakat topshirig‘ining murakkabligi bilan o‘quvchi imkoniyatining mos kelmasligi; o'zlashtirib bo‘lingan mashqlarning yangi mashqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi; harakat faoliyati paytida yetarlicha dadillik va qat’iylik ko‘rsat-maslik va hokazolar. Asosiy xatolarni, keyin esa ikkinchi da raja-lilarini ham to‘xtatish uchun aniq vaziyatga qarab o‘rgatishdagi xilma-xil usullaming hammasidan foydalaniladi.
Mashqni chuqur o‘rganishga qaratilgan faoliyat asosiy texnik harakatlarni avtomatlashtirilgan darajaga yetkazish imkonini bera-diki, bu hoi mashqni mustaqil ravishda va texnik jihatdan to£g‘ri bajarishda namoyon bo‘ladi.
Mashq texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish uchun o‘quvchi o‘qituvchi rahbarligida harakatni mustaqil baja-rishni davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |