Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Gimnastika mashqining texnikasi —



Download 9,51 Mb.
bet210/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Gimnastika mashqining texnikasi — harakatlar tuzilishining mazmun va shakl jihatidan obyektiv modeli (namunasi, andazasi). U harakatlar tuzilishini, uning morfologik, biokimyoviy, fiziologik va psixologik ta’minotini miqdor va sifat nuqtayi nazaridan tahlil qilish asosida ishlab chi qil adi. Bu - juda murakkab dinamik funksional tizim. Unda gimnastikachi shaxsining barcha kichik tuzilmalariga taalluqli bo‘lgan individual xossalar (qobiliyatlar) funksional o‘zaro ta’siiga kiritiladi.
Gimnastika mashqini bajarish texnikasi harakatlami boshqa-rishning mashqni samarali bajarish yoki konkret qo‘yilgan

harakatga oid vazifani yechishni ta’minlovchi maqsadga muvofiq usuli yoki usullari yig‘indisidir.

Mashqni bajarish texnikasining quyidagi turlari farqlanadi:


  • namunaviy —sport kurashi sharoitida mashqlami kamchilik-siz, texnikaga yaqin bajarishni ta’minlaydi;




  • oqilona yoki individual —gimnastikachining konstitutsional, harakatlanish, funksional, psixologik xususiyatlarini va uning tajribasini aks ettiradi (hisobga oladi).

Gimnastikada mashqlami bajarish unga xos bo‘lgan uslub talablariga javob berishi lozim. U obyektiv va subyektiv xususiyat kasb etadi. Mashqni bajarishning obyektiv xususiyati mashq texnikasi tuzilishining modeli, namunasi, andazasiga, subyektiv xususiyati esa —mashqni bajarishning individual usuliga, gimnas­ tikachi mashq texnikasini qay darajada aniq bajarishi va harakat-larda o‘z mahoratini namoyish etishiga bogiiq. Gimnastikachi-laming texnik mahorati mashqni bajarish sifati va uning barqarorligi bilan tavsiflanadi.


Gimnastika mashqlari texnikasining zamirida mexanika qonun-lari, gimnastikachi shaxsining anatomo-fiziologik va psixologik xossalari yotadi. Mexanika qonunlari gimnastikachi harakatlarida tana va uning ayrim bo4g‘inlari tashqi va ichki kuchlar ta’sirida qay tarzda bir joydan boshqa joyga ko‘chishini tushuntiradi. Ana-tomo-fiziologik va psixologik xossalar mashq texnikasi gimnasti­ kachining harakatlarida qay tarzda gavdalantirilishini tushuntiradi .
Mashqlami bajarishda tashqi kuchlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: gimnastikachi tanasi yoki uning ayrim bo‘g‘inlari og‘irligi; gimnastikachi snaryad (tayanch) bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda vujudga keladigan ishqalanish kuchi; havo qarshiligi. Bu kuchlar mashqlami bajarishni og‘irlashtirishi ham, yen-giHashtirishi ham mumkin. Masalan, gimnastikachi tanasi yoki uning ayrim bo‘g‘inlari tayanchga nisbatan balandroq holatdan pastroq holatga harakatlanganda yerning tortish kuchi ta’siri ko‘pgina mashqlami bajarishni yengillashtiradi, pastroq holatdan balandroq holatga harakatlanishni esa og‘irlashtiradi. Ishqalanish kuchi harakatni bajarishni oglrlashtirishi mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda, u mashqni samarali bajarish uchun sharoit yaratadi.

Ichki kuchlar gimnastikachining ishlovchi muskullar tortilishiga erishish, paylar, bo‘g‘imlar, qovurg‘alararo kemirchaklarning bukiluvchanlik xossalaridan foydalanish qobiliyati tufayli vujudga keladi. Bu kuchlardan oqilona foydalanish mashqlami bajarishni yengillashtiradi. Asosiy rolni mushaklar tortilishi o‘ynaydi.


Gimnastika mashqlari texnikasini o‘rganishda mexanika (dina-mika)ning asosiy qonunlarini bilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi, shu sababli ulami eslatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘!adi deb o'ylaymiz.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish