Gimnastika taraqqiyotining tarixiy tavsifi



Download 18.81 Kb.
Sana29.01.2017
Hajmi18.81 Kb.

Aim.uz

Gimnastika taraqqiyotining tarixiy tavsifi
Reja : 1. Gimnastikaning vujudga kelishi.

2. Yangi davr gimnastikasi.

3. Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi. :

a) Nemis gimnastika tizimi ;

b) Shved gimnastika tizimi ;

v) Fransuz gimnastika tizimi ;

g) Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi ;

4. Gimnastikaning taraqqiyoti.



Gimnastikaning vujudga kelishi.
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mabonida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tizim o'zgarishi bilan odam xaqidagi fanning rivojlanishi bilan.

Shuningdek urish qilish usullarining o'zgarishi bilan bog'lik bo'lgan.

Bular gimnastikaning mazmunan o'zgarishga uning o'qitish metodikasi xatto mashqlarni bajarish texnikasining o'zgarishiga xam muxim ta'sir ko'rsatdi.XVIII-XIX asrlardan gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda xamda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi o'rta asrlar davridayoq xarbiy-ijtimliy tayyorgarlik ko'rishda qo'llanilgan edi. Yog'och "ot" ( kon) da parvonda xiylariga xujum qilishni o'rgatishda qo'llaniladigan boshqa inshotlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoish qilardilar. O'rgatish davrdagi gumanistlar

yoshlarni xar yoqlama tarbiyalashga katta axamiyat bera boshladilar. Gimnastika mashg'ulotlarini ular insonning sog'lig'ini mustaxkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar.


Yangi davr gimnastikasi
Ya.A.Kamenskiyning asarlari va uning didaktik prinsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan-Jak Russo (1712-1778) va ayniqsa Pestalossi ( 1746-1827) dunyokarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya soxasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasining mustaxkamlaydi va tapoaydi, kuch va xarakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy komol topishga xamda salomatligini mustaxkamlashga yordam beradi deb xisoblagan Russo, Pestalossi va boshqa o'ta zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g'oyalari

G'arbiy Yevropa mamlakatlarining burjua ziyolilari tomonidan qo'lab-kuvvatlar edi. XVIII asrning 70 yillarida ayrim shaxarlarda yangi tipdagi maktablar - filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.

Fit ( 1763-1836) va Guts-Mutslar ( 1759-1839 yillar) filantropinlardagi gimnastikaning eng mashxur raxbarlari edilar. Fit "uch tomlik asarida gimnastika xaqidagi" nazariy va amaliy ma'lumotlarni bayon qilib bergan. U mashg'ulotlardan maqsad salomatlikni mustaxkamlash kuch va xarakat tezligini rivojlantirish, komatining chiroyli bo'lishiga erishish, aqliy rivojlanish va psixik faoliyatiga ko'mak berishdir deb xisoblar edi. Fit o'z asarida bir qancha qimmatli metodik ko'rsatmalar berdiki, ular xanuzchaga axamiyatini yo'qotmagan. XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining nazariy asoslari ko'zga tashlana boshladi.
Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi
Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi XIX asr boshlariga to'g'ri keladi bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda xarakat qilishni buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va xaqozolarni talab qilar edi. Usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to'g'ri metodi bo'lib ko'rinlar

edi.


XIX asrlarning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo'nalish ko'zga tashlana boshladi :

- gigienik yo'nalish ( gimnastika odamning salomatligini mustaxkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirish vositasi xisoblanadi) ;

- atletik yo'nalish ( gimnastika murakkab mashqlari shu jumladan gimnastika inshootlarida bajariladigan mashqlarni qo'lanish yo'li bilan odamning xarakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb xisoblanardi);

- amaliy yo'nalish ( gimnastika urushda uchraydigan turli to'siqlardan oshib o'tishni soldatlarga o'rgatish vositasi deb xisoblanardi ).


Nemis gimnastikka tizimi Napoleon ko'shinlar Prussiyani egallab turgan davrda tarkib topa boshladi.

Fit Yan ( 1778-1852) gimnastikadan mamlakatni yuosqinchilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga xarbiy tayyorgarlik berish uchun foydalanishiga intildi. Gimnastika inshoatidagi mashqlar va xarbiy o'yinlar bu tizimning asosini tashkil qilar edi.

A.Shpiss ( 1810-1858) nemislar turnirini maktabda o'qitishga moslashtirdi va dars sxemasini tuzib chiqdi.Birok bu bolalar tashabbusini bug'ib qo'yar, ularning individual qobiliyatlarining o'sishiga xalaqit berar, eng muximi, o'sha vaqtdagi tibbiy va pedagogik fanlardagi ko'pgina fikirlarga to'g'ri kelmas

edi. Ana shu kamchiliklar juda ko'p e'tirozlarga sabab bo'ldi. Bular orasida eng asosli e'tirozlardan biri P.F. Lesgaftning e'tirozlari edi.



Shved gimnastika tizimi
Shved gimnastika tizimi nemis gimnastikasi bilan ketma-ket paydo bo'lgan. Unda gigiena yo'nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. P.Ling ( 1776-1839) gimnastikani XIX asrning birinchi yarmida Daniyada o'rgana boshladi. Usha vaqtlarda gimnastika yoyilganligi jixatidan Daniya G'arbiy Yevropadagi ilg'or mamlakatlardan biri edi. 1813 yilda P. Lingning tashabbusi bilan Stokgolmda maxsus institut ochildi. P.Ling u yerda o'zining jismoniy tarbiya metod va vositalarini qo'lladi. U kishi badaniy mustaxkamlaydigan va komol toptiradigan mashqlardan foydalanish kerak deb xisoblanardi. Ammo u gimnastikani pedagogik axamiyatini xisobga olmagan edi. Uning o'g'li Ya.Ling ( 1800-1886 yillar) otasi boshlagan ishni davom etirib dars sxemasini ishlab chiqdi.

Shved gimnastika darsi ka'tiy tartibda biri-ketin keladigan 16-qismdan iborat sxemaga binoan tuzilgan edi.

Fransuz gimnastika tizimi asosan xarbiy amaliy yo'nalishida bo'lib shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakillandi. Fransiyada gimnastika tizimini yaratgan kishi Amoros ( 1770-1848 yillar) bo'ldi. U A.V Suvorovning xarbiy jismoniy tayyorlov tizimi bilan tanish bo'lib bundan o'z tizimini yaratishda foydalandi. Xayotda va xarbiy jarayonida zarur bo'lgan ko'nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar to'siqlar qo'yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, asloxa-anjomlar bilan turli xolatlarda sakrash, yukni yoki "yaradorni" joydan-joyga ko'tarib o'tish suzish va shung'ish, kurash tutish uloqtirish , o'q otish, kilichbozlik va govozdonlik mashqlarini u eng yaxshi mashqlar deb xisoblar edi.

Dars vaqtida Amoros muayan sxemaga rioya kilmagan. U ko'yidagi umumiy prinsiplarni belgilab olgan edi xolos : mashqlar shug'ullanuvchilarga tushunarli va mumkin qadar sodda bo'lishi kerak bo'lgan.

Ularni birin-ketin yengildan qiyincha, soddadan murakkabga o'ta borib bajarish kerak bo'lgan.

Mashg'ulotlarda o'quvuchilarning individual xususiyatlari xisobga olinishi kerak bo'lgan Fransuz gimnastikasi mashqlari rus armiyasida qo'llanilar edi.


Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi
Mazkur tizim Avstriya, Vengriya sostavida bo'lgan slavyan xalqlarining milliy ozodlik kurashiga aloqador tarzda XIX asr o'rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada "lochinlar xarakati" paydo bo'lib.

Lochinlar gimnastika sistemasi tuzila boshlandi. O'z vatanini Avstriya zulmidan ozod qilishiga natilgan. Vatanparvarlik kayfiyatidagi liberal burjuaziya vakili Praga universitetining estetika va sa'nat tarixi professori M. Tirsh ( 1832-1884 yillar) bu tizimni asoschisi bo'lib.

Lochinlar gimnastika tizimi mazmun jixatidan nemis gimnastika tizimiga yaqin edi, ammo uning o'ziga xos xususiyatlari bor edi.

Tirsh barcha xolat va xarakatlar ijrochilarning xam tomoshabinlarning xam ruxini ko'tarish, quvonch va estetik xavq uyg'otadigan shaklda bo'lishiga intilgan edi. Lochinlar bir xildagi mashqlarni bexisob takrorlash o'rniga turt xarakat kombinasiyalarini kiritdilar. 1862 yildan boshlab esa gimnastika musobaqalari maxsus ishlab chiqilgan qoidalarga binoan o'tkaziladigan bo'ldi.


Gimnastikaning taraqqiyoti
Zikir etilgan tizimlarda sinfiy xarakter va milliy an'analar aks etilgan. XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan qo'yidagi dastlabki tizimlar rossiyada P.F. Lesgaft ( 1837-1909 yillar) tizimi Fransiyada J.Demsni ( 1850-1917 yy.) fiziolog va pedagog tizimi paydo bo'la boshladi. J.Demsni jismoniy tarbiyaga oid asar e'lon qildi. U mashqlar statik emas balki dinamik bo'lishi, to'la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo'lishi kerak deb xisoblar edi. Demsni salomatlikni mustaxkamlash gavda tuzilishi va xarakatlarning nafisligiga erishishni, kishining chaqqonligi va

irodaviy xislatlarini rivojlantirishni. Jismoniy tarbiyaning vazifasidir deb xisoblangan.XIX asr oxirlarida va XX asr boshlarida gimnastikaning yangi turlari paydo bo'ldi, jumladan badiiy va ritmik gimnastikaning yangi turlari tashkil topdi, tibbiyotning soxalaridan biri bo'lib qolgan davolash gimnastikasi, ko'proq gigienik yo'nalishida bo'lgan individual gimnastika tizimi ( Myullerning " Mening tizimim", Saidovning "Gantelli gimnastikasi", Porshekning, Anoxining "Individual gimnastika tizimi va xoqazo) keng qo'lanildi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa