GIMNASTIKA SPORT TURI
Reja:
1.Gimnastika sport turi rivojlanjsh tarixi
2.Gimnastika mashg’ulotlarida xafvsizlik
qoidalari
3.Gimnastik mashqlar
Qadimiy Yunonistonda har bir yosh yigit va qizlar kamolotga erishishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishlari shart bo’lgan. Taajjublanarlisi, yigitlar yalang’och shug’ullanishgan. “Yalang’och” degani yunon tilida “gimnos” bo’lib , gimnastika atamasi shundan kelib chiqqan. Sportning bu turi inson qomatini xushbichim, chiroyli, kelishgan bo’lishiga va jismonan barkamol o’sishiga, muskullari mustahkam rivojlanishiga, harakatlari chaqqon bo’lishiga yordam bergan.
Insonning chaqqon, harakatchan bo’lishida gimnastikaning roli katta.Hech bir sport turi sport mahoratini gimnastikadek puxta ta’minlay olmaydi. Chunki gimnastik va akrobatik tayyorgarlik majburiy tarzda o’tolmaydi.
Gimnastika mashqlarining yana bir qimmatli tomoni shundaki, bu mashqlar insonning ayrim a’zolariga emas, balki barcha a’zolariga birdek ta’sir ko’rsatadi. Gimnastika mashqlari barcha yoshdagi ayol-u, erkaklarga barobar foydali , chunki unda maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan jismoniy mashqlar majmuasi mavjuddir.
Jismoniy tarbiya darslarida siz hayotiy zarur, ya’ni, yugurish, yurish, tepalikka chiqish to’siqlardan oshib o’tish, muvozanatni saqlash, sakrashlarni bajarishga oid ko’nikma va malaka hosil qilamiz.
“Gimnastika” tushunchasi keng ma’noni anglatadi. U quyidagilardan: sport gimnastikas, badiiy, ritmik, akrobatik gimnastikalaridan iborat.
GIMNASTIKA MASHG’ULOTLARIDA XAFVSIZLIK QOIDALARI :
1.Asosiy topshiriqlarni bajarishdan oldin qizdiruvchi mashqlarni bajarish lozim. Buning uchun yurish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajargan ma’qul. Shundan so’ng tinchlantiruvchi mashqlar bajariladi.
2.Gimnastika mashg’ulotlarida intizomli bo’lish, mashqlarni bajarishda tartibni saqlash, va xafvsizlikning eng asosiy qoidalarini bilish muhim.
3.Gimnastik uskunalardan foydalanishdan oldin ularni birma-bir tekshirib chiqish zarur. Gimnastik asbob-uskunalarning puxta o’rnatilmaganidan va tuzatib qo’yilmaganidan foydalanishga yo’l qo’ymaslik kerak.
4.Akrobatik mashqlarni bajarishdan oldin matlarni taxlash va yerga to’shashda yaxshilab tekshirish lozim. Oraliqda bo’shliq bo’lmasligi, sakragan kishi matning o’rtasiga kelib tushihi kerak.
5.Asbob-uskunalarda gimnastik mashq elementlarini bajarishda ehtiyot bo’lish, mashq bajaruvchiga yordam berib turish zarur, chunki snaryaddan yiqilib, mayib bo’lish mumkin. Shuning uchun sakrab tushish joyiga , albatta to’shaklar qo’yiah zarur.
6.Arqonga osilib , tirmashib chiqishda diqqatni buzmaslikkerak.Arqonning tagidan tortish ham mumkin emas.
7.Ehtiyotkorlikni ta’minlash maqsadida, sakrash paytida o’qituvchi yoki birorta o’quvchi “Kon”ning yon tomonida turishi kerak.
8.Turnik va brusda mashq bajarishda ehtiyotkor bo’lish, sheriklar yoki o’qituvchi yordamida sakrashga harakat qilish kerak.
9.Agar siz mashq elementini ishonch bilan bajarmayotgan bo’lsangiz’ uni tezda to’xtatish zarur.
10.Gimnastika mashg’ulotida sportr kiyimingiz toza bo’lishi kerak. Oyoq kiyimi ham bejirim, tagi yumshoq bo’lishi zarur.
Gimnastik mashqlar turli xil bo’ladi: arqonda tortilib chiqish; turnikda bajariladigan mashqlar; brevno ustida mashqlar; akrobatik mashqlar va boshqalar. Turnikda bajariladigan mashqlarga turnikda osilib turish, turnikka bir oyog’I bilan yrrdan itarilib, ikkinchisi bilan siltab tayanch hosil qilish, ikkala oyoq bilan depsinib turnikda oldinga-orqaga aylanib chiqish va dastlabki holatga qaytish.
Qizlar yakka cho’p ustida bir necha mashqlarni bajarishi mumkin. Brevnoda, gimnastik o’rindig’ ustida yurganda oyoq uchlarini tortib, tovonni asta bosib o’tiladi. Brevnoda quyidagi mashqlar qilinadi: qo’llar yonga yozilib muvozanat saqlash. Oyoq uchida aylanish va burulish va boshqalar.
Akrobatik mashqlarga – oldinga umbaloq oshish; orqaga umbaloq oshish; ikki marta, bir tekis oldinga umbaloq oshish; oldinga umbaloq oshisb, kuraklarda turish; oyoqlarni bukib, boshqa qo’llar yordamida tik turish; orqaga umbaloq oshib, yarim shpagatga turish; chalqanchasiga yotgan holatdan “ko’prik”ka turish; tayanch bilan sakrashlar; “Kozyol” ustidan oyoqlarni yozib sakrash; milly raqs elementlari yoki ritmik gimnastika mashqlari va boshqalar kiradi….
Test-book.ucoz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |