GILOS EKSPORTI. Giloschilikni rivojlantirish va uning eksportini tashkil etish borasidagi ishlarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Gold fresh fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyihasi alohida ajralib turadi. Ushbu korxona jamoasi Yandama qishlog‘i atrofida 800 gektardan ortiq maydonda intensiv bog‘lar barpo etdi. Dastlabki o‘tqazilgan nihollar o‘tgan yili nishona ko‘rsatdi.
E. Nishonov o‘tgan yili Italiyaga xizmat safari bilan borib, bu boradagi tajribalarni yaqindan o‘rganib qaytdi. Soha bo‘yicha professor Frank Fortening maslahatlarini oldi. Ularda har bir ko‘chatning oralig‘i 15 santimetrdan 3 metrgacha masofani tashkil etar ekan.
Yurtimizda pishiqchilik mavsumi boshlandi. Bog‘larda pishib yetilayotgan sarxil mevalar dasturxonimizni bezamoqda.
Bozor rastalarini to‘ldirayapti. Undan ortgani esa eksportga chiqarilmoqda. Ayniqsa, bolga to‘lgan giloslarning xaridori chaqqon. Tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan bu mevadan joriy yilda ham mo‘l hosil yetishtirildi
Xususan, Namangan giloszorlaridagi pishiqchilik kishining havasini keltiradi. Viloyat mirishkorlari bu mavsumda 26,5 ming tonna hosil yetishtirishni mo‘ljallashgan.
Uning 11 ming tonnadan ko‘prog‘i tashqi bozorga yo‘naltiriladi. Ayni paytda joylarda eksport amaliyotlari jadal davom ettirilmoqda.
Xorijda bizning gilosga talab juda yuqori, — deydi Mingbuloq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor Bahodir Ko‘paysinov. — Hozirgi kunga qadar chet ellik xaridorlarga 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda gilos sotdik. Bu hali mavsumning boshlanishi..
Aytish kerakki, viloyatda bu yil birgina gilos eksportining o‘zidan 45 million AQSh dollariga teng daromad qilish mo‘ljallanayapti. Dastlabki natijalar ushbu ko‘rsatkich yanada ko‘proq bo‘lishidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston gilos yetishtirish va uni eksport qilish bo‘yicha AQSh, Chili, Turkiya va Yevropa ittifoqidan keyin beshinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda mamlakatimizdagi giloszorlardan yiliga 200 ming tonnaga yaqin hosil olinadi. Uning 30 ming tonnadan ortig‘i xorijiy xaridorlarga jo‘natilmoqda. - Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda mamlakatimizdagi giloszorlardan yiliga 200 ming tonnaga yaqin hosil olinadi. Uning 30 ming tonnadan ortig‘i xorijiy xaridorlarga jo‘natilmoqda.
- Xo‘sh, bu ko‘rsatkich ozmi-ko‘pmi? Bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishning iloji bormi? Jahon bozoridagi o‘rnimizni mustahkamlash yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Buning uchun, avvalo, meva yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan har bir korxona tashqi bozorga chiqish huquqini beruvchi “Global GAP” sertifikatiga ega bo‘lishi shart, — deydi “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyatining logistika bo‘limi boshlig‘i Bahodir Rahmatullayev. — Ayni paytda respublikamizda meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi 10 dan ortiq sub’ektlar shunday sertifikatni qo‘lga kiritgan. Tabiiyki, xushta’m, ko‘rinishi e’tiborni tortadigan, yuqori sifatli mevalargina jahon bozorida xaridorga manzur bo‘ladi. - Buning uchun, avvalo, meva yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan har bir korxona tashqi bozorga chiqish huquqini beruvchi “Global GAP” sertifikatiga ega bo‘lishi shart, — deydi “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyatining logistika bo‘limi boshlig‘i Bahodir Rahmatullayev. — Ayni paytda respublikamizda meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanuvchi 10 dan ortiq sub’ektlar shunday sertifikatni qo‘lga kiritgan. Tabiiyki, xushta’m, ko‘rinishi e’tiborni tortadigan, yuqori sifatli mevalargina jahon bozorida xaridorga manzur bo‘ladi.
Jumladan, gilosga ham talab shunday. Ta’mi, donasining yirik va tekisligi alohida ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda barcha jihati bilan xorijliklar didiga mos tushadigan mahsulot yetishtirish va sotuvga tayyorlash uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bunda dunyoning mashhur kompaniyalarida tayyorlangan texnologik uskuna va jihozlar qo‘llanishiga ahamiyat qaratilayapti - Jumladan, gilosga ham talab shunday. Ta’mi, donasining yirik va tekisligi alohida ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda barcha jihati bilan xorijliklar didiga mos tushadigan mahsulot yetishtirish va sotuvga tayyorlash uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bunda dunyoning mashhur kompaniyalarida tayyorlangan texnologik uskuna va jihozlar qo‘llanishiga ahamiyat qaratilayapti
Do'stlaringiz bilan baham: |