1-boshlovchi: - Ona. M.Yusuf ijodida ham bu so’z alohida o’ringa ega.
2-boshlovchi: - Darhaqiqat, ona haqidagi she’rlar shoir ijodining asosiy qismida o’rin egallaydi.
1-boshlovchi: - 29-iyul o’tib, 30-iyul kuni tunda M.Yusuf vafot etadi. O’zbek she’riyati otashzabon bulbulidan ayriladi. 31-iyulda Marhamatga olib ketib, dafn etishdi.
2-boshlovchi: - Onasi A.Oripovni quchoqlab shunday yig’ladi, buni ko’rib yig’lamagan odam qolmabdi.
1-boshlovchi: - Azizlar! Endigi navbatni o’g’li qabriga lolaqizg’aldoqlar ko’tarib borgan ona sahna ko’rinishiga beramiz.
Sahna ko’rinishi:
1-boshlovchi: -M.Yusuf barchaning qalbida o’chmas xotira bo’lib o’zidan ulkan va buyuk nom qoldirib ketdi. Uning she’rlari soddaligi va xalqchilligi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur o’rin egalladi.
2-boshlovchi: - Shoir haqida so’z borganda ,, U rostgo’y, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to’la “ deya xotirlashadi.
1-boshlovchi: - Xotira-aziz, qadr-muqaddas. Keling, birgalikda shoir haqida ijod gulshanining bog’bonlari tomonidan xotirlangan xotiralarga bersak. Marhamat!
M.Yusuf zamondoshlari xotirasida
1-boshlovchi: - M.Yusufga berilgan ta’riflar orasida ,, Oltin qalamidan durlar to’kilgan shoir” degan ta’rifni uchratishimiz mumkin.
2-boshlovchi:- Qalbdan qalamga to’kilgan bu durlarni shoir ona tabiatdan terib olgan bo’lsa ne ajab.
1-boshlovchi: - Shoir Marhamatga, ota uyiga borar ekan, maysalar, loloqizg’aldoqlar, teraklar bilan pichirlashib so’zlashib, cho’ntaklarini she’rga to’ldirib kelarkan.
2-boshlovchi: - Balki, navbati yetgan qo’shiq so’zlari ham Marhamatda, lolaqizg’aldoqlar bilan suhbat chog’ida yozilgan.
1-boshlovchi: - Qizg’aldog’im qirdan bo’lak koshonang yo’q,
Kokil yoygan yerdan bo’lak toshoynang yo’q.
O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.
Marhamat, ,,Qizg’aldog’im “ qo’shig’ini tinglang, marhamat.
Raqs: ,, Qizg’aldog’im” qo’shig’I
1-boshlovchi: - M.Yusuf ijodi haqiqatan ham takrorlanmas she’riyat bo’stonini yarata olgan.
2-boshlovchi: - M.Yusuf xalqimiz qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza bilardi. Zero, u o’zbek milliy ruhiyatining chuqur bilimdoni edi.
1-boshlovchi: - U ko’rgan, zavqlangan yoki nafratlangan narsasini darhol ifodalashga intiladi. Qo’liga qalam oladi. Shu sababli shoir ijodining mavzu ko’lami juda ham keng.
2-boshlovchi: - Alp o’glonlar o’lkasi bu ko’hna Turon,
Erkli elning qanotlari ilm istang.
1-boshlovchi: -Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.
2-boshlovchi: - M.Yusuf she’riyatining rango-rang va betakror namunalaridan tinglasak, marhamat!
,, M U H A M M A D Y U S U F “
1-boshlovchi: - M.Yusuf ijodi ulkan bir ummon.
2-boshlovchi: - M.Yusuf – she’riyat bo’stonining chevari.
1-boshlovchi: - M.yusuf – olovqalb, serqirra ijodkor.
2-boshlovchi: - M.Yusuf – adabiyotimizning samimiy parchasi.
1-boshlovchi: - She’rlar bitib, dardi dilin dengiz etdi u,
Necha-necha hofizlarni yulduz etdi u.
Kuylay-kuylay ishqni oxir kuyib ketdi u,
Shuncha sodda buyuk ekan , M.Yusuf.
2-boshlovchi: - Uni o’lgan deyishdan dil bezib turibdi,
Qo’shiqlari yuraklarni ezib turibdi.
Alyor bo’lib Vatan ichra kezib yuribdi,
Demak, mangu tirik ekan , M.Yusuf.
Do'stlaringiz bilan baham: |