Profilaktik choralar:
texnik va texnologik - sanitar texnik
ish sharoitining og‘irligi va zo‘riqishning kamaytirishga qaratilgan choralar.
ish sharoiti ustidan sistematik nazorat
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish (Buyruq O‘zR SSV N° 300 )
ijtimoiy masalalarni yechish
sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish va boshqalar.
Asos bo‘luvchi qonuniy hujjatlar
O‘zR Konstitutsiyasi 1992 yil, O‘zR fuqorolarni sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonun 1996 yil, O‘zR “Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat to‘g‘risida” qonun 1992 yil, O‘zR “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonun, O‘zR “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararkunandalar va kasalliklardan saqlash to‘g‘risidagi” qonun 2000 yil, O‘zR ning mehnat kodeksi 1996 yil, O‘zR vazirlar mahkamasining N°133 sonli qaroriga binoan me’yoriy aktlarni tasdiqlash va mehnat kodeksiga tadbiq qilish.
Mehnat gigiyenasi bo‘yicha umum davlat qonuniy me’yoriy hujjatlar
GM - gigiyenik me’yorlari
SQ - sanitar qoidalar.
Ish joyi
Miloddan avval IV asrda Gippokrat konchilar va metallurglar duch kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni o‘z asarlarida keltirib o‘tgan. 1473-yilda, Ulrich Ellenbog ba’zi metallarning xavfli tutuni va unga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini taklif qildi. 1500-yillarning boshida esa, shifokor va mineralogist Georg Bauer (Georgius Agricola sifatida tanilgan) Karpat tog‘larida konchilar orasida o‘pka kasalligini mineral tuzlar va changlar bilan bog‘ladi. Uning aniqlashicha, ayrim turdagi nafas olish kasaliklariga chalingan konchilar kasallikka dosh bera olmagan va ularning ayollari beva qolgan. 1700-yilda, Bernardino Ramatsini «Kasb kasalliklari haqida to‘liq risola»ni chop etdi. Bu harakat natijasida Ramatsini "Kasbiy tibbiyot otasi" degan unvonga sazovor bo‘ldi. 1880 yil o‘rtalarida Karl Bernhard Lehmann ham kasbiy kasaliklar ustida ishlarni davom ettirdi. Havodagi zaharli moddalarning ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda hayvonlarga gazlar va bug‘lar beradigan toksik ta’sir natijalari o‘rganildi. Shu davrda aynan kasbiy saraton Angliyada kuzatildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida, sog‘liqni saqlash muammolari XX asrga kelib yanada kuchaydi. 1885-yilda Mehnat byurosi tashkil etilgan bo‘lsa, 1913 yilda Mehnat Vazirligi tashkil etildi. Ushbu vazirlikning vazifasi ishchilar salomatligini moddiy, ijtimoiy, intellektual va axloqiy rag‘batlantirish hisoblanadi. Alice Hamilton klassik asari 1943-yilda chop etilgan bo‘lib, hozirda undan keng foydaliniladi.
Bugungi kunda, ushbu kasb ko‘pgina davlatlarda ish joylarida yuzaga keladigan xavf- xatarlarni aniqlash, baholash va nazorat qilish kabi ma’suliyatni o‘z ichiga oladi. Bu Amerika Qo‘shma Shtatlari sanoat gigiyenvsi sifatida qaralsa, ko‘pgina davlatlarda kasbiy gigiyena deb qaraladi. Bu sohaning asosiy xususiyati shundaki, u o‘z ichiga kimyoviy, biologik va jismoniy xavf- xatarlarni qamrab olib, tobora keng tarqalib borayotgan kasbiy muammolarni zamonaviy texnologik vositalar bilan yechishga o‘z e’tiborini qaratadi. Bu muammolarni hal qilish uchun ushbu soha bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kerakli ko‘nikma va bilimni ish bilan birlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak, jismoniy fanlar va muhandislik, shuningdek sog‘liqni saqlash va tibbiyot bilimlari yuqori darajada bo‘lishi kerak. Shuningdek, ular toksikologiyasi va epidemiologiya tegishli bilim va ma’lumotlarni qo‘llash imkoniga ega bo‘lishi kerak. Agar ushbu sa’i-harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, sanoat gigiyenasi mukammal shaklda yaratiladi va sog‘liqni saqlashning yangicha modeli yaratiladi. 1-jadvalda odamlar kasalikka chalinishlari va undan keying davolanish jarayoni keltirilgan.
Kasbiy Sog‘liqni saqlash muammolari aniqlash
Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari 135 milliondan ortiq erkak va ayollar ishlashadi. Qaysidir darajada, bu odamlarning barchasi kasb-hunar xavf ta’sirida qolgan va ish bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash xavfi bor. Afsuski, kichik kompaniyalarda odatda Kasbiy Sog‘liqni saqlash muammolarini aniqlashda bilim va nazorat qilish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‘lar yetishmaydi. Bundan tashqari bir qancha federal davlat korxonalari sog‘liq va xavfsizlik qoidalaridan ozod etilgan.
O‘pka kasalliklari, saraton, eshitish bilan bog‘liq kasbiy kasalliklar, shuningdek psixologik ta’siri faqat hozir e’tirof etilmoqda (jadval). Ish joyidagi xavf havodagi zaharlanish, ionlashtiruvchi radiatsiya, ko‘rinadigan yorug‘lik, elektr va magnit maydonlari, infraqizil nurlanish, issiqlik, sovuq, shovqin, haddan tashqari barometrik bosim va stressni o‘z ichiga oladi. Ularning har biri, shuningdek, boshqa kimyoviy, fizik, biologik holatlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin. Misol uchun, yurak-qon tomir kasalliklari, jismoniy, kimyoviy va psixologik ish stress kombinatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ish joyi ham yuqumli kasalliklarning keng manbai bo‘lishi mumkin. Xususan, shifoxona xodimlari gepatit B, sil, gripp va orttirib olinga immun tanqisligi sindromi (OITS) va qattiq o‘tkir respirator sindromi (SARS), shu jumladan, boshqa virusli infeksiyalarga qarshi himoya qilingan bo‘lishlari lozim.
1998-yilda shifoxonalarda favqulodda idoralar tomonidan olib borilgan hisobotlar asosida 10 million kasb-hunar jarohatlari va kasalliklar aniqlangan. Kasb-hunar jarohatlari va kasalliklar natijasida har yili vafot etayotgan AQSH ishchilar soni qariyb 65000 tani tashkil etadi. Jarohatlar tufayli dunyo bo‘ylab ish bilan bog‘liq kasalliklar va shikastlanishlardan har yili 1 milliondan ortiq odamlarni o‘lishi taxmin qilingan. Ushbu o‘limlar ikkita sabab tufayli, ya’ni surunkali kasalliklar va avtomobil hodisalari, yo‘l harakati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar, qotillik, va elektr urishi kabi ish joyida shikastlanishlar tufayli sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |