Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ва психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти тўғрисида


Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha



Download 143,61 Kb.
bet22/39
Sana20.06.2022
Hajmi143,61 Kb.
#685526
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Oliy sud plenum jinoyat qaror

Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, shuningdek sudlanuvchining shaxsini inobatga olgan holda — ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni bo‘lmasa, qo‘llaniladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo:
Oldingi tahrirga qarang.
bir oydan yigirma yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
voyaga yetmaganlarga nisbatan — olti oydan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — o‘n besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jarima tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
JK 451-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — bir oydan kamroq muddatga tayinlanishi mumkin;
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
JK 46-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — bir oydan kamroq muddatga tayinlanishi mumkin.
(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Uzoq muddatli (yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat ikki turdagi jinoyat — javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda qonun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayollarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanishini istisno etadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. JK 59-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddati Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi maksimal muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanayotgan hollar ham bundan mustasno emas.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
29. Sudlar qisqa muddatga (bir yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda ishning barcha holatlaridan, aybdorning shaxsidan kelib chiqishlari va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo qo‘llanilishi imkoniyati yo‘qligi sabablarini hukmda asoslantirishlari lozim.
30. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda jazo muddati Jinoyat kodeksining har bir moddasi bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash koloniyasining turi jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlangandan so‘ng belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muqaddam ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tamagan shaxsga jazoni o‘tash koloniya turini belgilashda, faqat qaysi jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligini inobatga olish lozim. Masalan, agar shaxs qasddan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun esa ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanayotgan bo‘lsa, unga uzil-kesil tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda o‘tashi belgilanishi lozim.
Biroq, agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga sudlangan, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxsga, sud tomonidan tayinlangan jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirilsa, jazoni o‘tash koloniya turi Jinoyat-ijroiya kodeksining 47 va 116-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 143,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish