Gidrozarbiy mufta ikkitagina ishchi g‘ildirak-nasosli va turbinali g‘ildiraklar (parrakchalar) dan tashkil topgan bo‘lib, oxirgi g‘ildirak nasosli g‘ildirak bilan birikkan g‘ilof bilan o‘ralgan



Download 0,95 Mb.
bet1/2
Sana21.12.2022
Hajmi0,95 Mb.
#892655
  1   2
Bog'liq
2-amaliy Gidrоmuftаlаr vа gidrоtrаsfоrmаtоrlаr


Gidrоmuftаlаr vа gidrоtrаsfоrmаtоrlаr.
Gidrozarbiy mufta ikkitagina ishchi g‘ildirak-nasosli va turbinali g‘ildiraklar (parrakchalar) dan tashkil topgan bo‘lib, oxirgi g‘ildirak nasosli g‘ildirak bilan birikkan g‘ilof bilan o‘ralgan. Bunda nasosli g‘ildirak 3 yetaklovchi valga, turbinali g‘ildirak 2 esa yetakchi valga o‘rnatilgan. G‘ildiraklar bo‘shlig‘iga qo‘yilgan suyuqlik oqib, sizib ketmasligi uchun val bilan g‘ilofning oralig‘iga zichlama o‘tkazilgan
Gidrozarbiy muftaning ishchi g‘ildiraklari ichi bo‘sh yumaloq butun xalqaning ko‘ndalang kesimi yoki simmetriya o‘qi bo‘yicha qoq yarmidan qirqilgan yarim xalqasimon g‘ildiraklardir. Yarim xalqasimon g‘ildiraklarni ichki bo‘shliqlarga yupqa metaldan yasalgan kurakchalar radial yoki egri yo‘nalishda payvandlangan yoki kavsharlangan. Har bir yarim xalqasimon g‘ildirakning ichki marka- ziy bo‘shlig‘i diskli gupchak bilan berkitilgan. Disk ichidagi yoki bo‘shlig‘idagi qo‘shni kurakchalar yon yuzalari va diskning ichki yuzalari bilan chegaralangan ikki qo‘shni yarim g‘ildiraklar diskidagi kanalchalar (kovaklar) yig‘indisini g‘ildiraklarning ishchi bo‘shlig‘i deb atalgan. Qo‘shni kurakchalar orasidagi kanallar ushbu diskda oqayotgan suyuqlik yo‘nalishini yaxshilash uchun xizmat qiladi

Gidromuftaning aylanish mexanizmlaridan o‘tkazilgan tekislik uning ishchi bo‘shlig‘ini kesib o‘tadi. Mana shu ishchi bo‘shliq kesimini, ishchi bo‘shliqning meridian kesimi deb ataladi. Gidromuftadagi nasosli g‘ildirak ichki yonuv dvigateli validan harakat olib aylanganda, u o‘zining ishchi kovaklarida turgan suyuqlik zarrachalariga markazdan qochirma kuch xosil qiladi. Bunda ishchi bo‘shliqda turgan suyuqlik zarrachalari ishchi bo‘shliq markazidan g‘ildirakning ichki ishchi bo‘shlig‘ini ichki chekka yuzalari tomon harakat qilib, o‘zida potentsial energiyani hosil qiladi, va nasos g‘ildiragi ishchi bo‘shliqlari tugagan doirasidan eng katta bosim bilan chiqib turbinali g‘ildirak tomon yo‘naladi. Suyuqlik oqimi turbinali g‘ildirak kurakchalari orasi va shu g‘ildirak bo‘shliqlari ichki tubi bilan chegaralangan ishchi kovakka (bo‘shliqda yoki kanalchaga) kirib, kurakcha va bo‘shliqning boshqa yuzalariga uriladi, va o‘z quvvatini shu g‘ildirakni harakatga keltirish yoki aylantirish uchun sarf qiladi. Bunda suyuqlikdagi potensial va kinetik energiya turbinali g‘ildirakni aylantiruvchi mexanik energiyaga aylanadi. Turbinali g‘ildirakni ishchi bo‘shliqlarida o‘z quvvatini batamom yo‘qotgan yoki bo‘lmasa juda ham ozgina qoldiq quvvatga ega bo‘lgan suyuqlik ushbu g‘ildirak kurakchalari orasidan oqib o‘tib, nasosli g‘ildirak ishchi bo‘shliqlariga kelib tusha boshlaydi. Shunda aylanayotgan nasosli g‘ildirak ishchi bo‘shliqlaridagi kurakchalari suyuqlikni so‘rib olib (chunki kurakchaning pastki doirasida havoning siyraklashishi hodisasi sodir bo‘ladi) yuqorida ta‘riflangandek, suyuqliqga potensial, kinetik energiya uzatadi. Ushbu hodisani ishchi bo‘shliqda joylashgan suyuqlik zarrachalarida xar doim takrorlanaverishi muftaning quvvat yoki burovchi moment uzatishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Nasosli g‘ildirak aylanayotgan vaqtda uning ishchi kovaklarida turgan ishchi suyuqlikning har bir zarrachasi ikki xil harakatda ishtirok etadi. Bulardan biri suyuqlik zarrachasining nisbiy harakati, ya‘ni suyuqlikning kurakchalar yuzasi bo‘ylab harakati bo‘lsa, ikkinchisi ushbu zarrachaning ko‘chirma, ya‘ni suyuqlikning kurakchalar bilan birga harakatidir. Nasosli g‘ildirakdan turbinali g‘ildirakka yo‘nalayotgan suyuqlik oqimining nisbiy tezligi Wn.t va uning yo‘nalishi taxminan nasosli g‘ildirak ishchi bo‘shliqlari va kurakchalar yuzalarining tashqi ko‘rinishiga o‘xshashdir. Suyuqliqning nisbiy tezligi gidrozarbiy muftaning gabarit 64 o‘lchamlariga va uning ishlash tartibiga bog‘liq. Muftaning har qanday shart va sharoitda ishlashidan qat’iy nazar uning kurakchalari oralig‘idan oqib o‘tayotgan suyuqlikning tezligi shu kurakchalar oralig‘i kanalining ko‘ndalang kesimi S (sm3 ) ning miqdoridan va shu kurakchalar oralig‘i kanalidan oqayotgan suyuqlik oqimini uzluksiz harakatidan aniqlanadi Vnt =Q/S, sm/s, bu erda Q – ko‘ndalang kesimi S bo‘lgan kanaldan oqayotgan suyuqlikning sarfi, l/daq. Suyuqlik zarrachalaridagi ko‘chirma tezlik shu zarrachaning val mexanizmlariga nisbatan qanday masofada turishiga bog‘liq bo‘lib, ushbu masofaning, ya‘ni radius “r” ning o‘zgarishi bilan bu tezlik ham o‘zgaradi. Natijada ishchi bo‘shliqni meridian kesimidagi qar bir suyuqlik zarrachasi VM mutlaq tezlikda aylanayotgan girdobli xalqacha bo‘ylab haarakatda bo‘ladi. Nasos g‘ildiragining uzluksiz ishlashi jarayonida uning kurakchalari oralig‘idagi kanaldan oqib chiqayotgan suyuqlikning tezligi va oqimi (bosimi) borgan sari oshib, g‘ildirakning ishchi bo‘shliqlarida suyuqlikning uzluksiz aylanishi uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoit yaratiladi.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish