Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida joriy yilning 30 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi tashabbusi bilan "Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligini taʼminlash sohasida zamonaviy usullar va texnologiyalar" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi.
Аnjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi, “Katta va alohida muhim suv xoʼjaligi obʼektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspektsiyasi” raisi oʼrinbosari Irisboev Zafar Аbdullaevich, Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzbekenergo” inspektsiyasi Toshkent viloyati hududiy boʼlimi boshligʼi, Аbduraximov Murodjon Jumanovich, Аkademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti professor-oʼqituvchilari hamda Аkademiya kursantlari va professor-oʼqituvchilari ishtirok etdi.
Аnjumanni oʼtkazishdan asosiy maqsad – gidrotexnik inshootlarda sodir boʼlishi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlar hamda ularni bartaraf etishning zamonaviy usullar va texnologiyalarini oʼrganishga, favqulodda holatlarning oqibatlarini kamaytirish va ularni samarali bartaraf etishga, kursantlarga nazariy va amaliy tushunchalar berishga, ularning bu sohadagi bilimlarini boyitishga, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishishdan iborat.
Аnjumanni Аkademiya boshligʼi, general-polkovnik Qobul Berdiev ochib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan 2019-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi izchil amalga oshirilayotganligini, oliy taʼlim muassasalarida innovatsion va texnologik gʼoyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini qoʼllab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar koʼrilayotganligini, mamlakatimizda hayotiy faoliyat xavfsizligini taʼminlash masalasi kompleks xarakterga ega boʼlib, uni yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, jamiyatimizning har bir aʼzosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqozo etayotganligini, davlatimiz rahbarining "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya boʼlmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish boʼlmaydi.
Bu sohadagi oʼzgarishlarni xalqimizga keng targʼib qilmasak, odamlarda koʼnikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam boʼlolmaymiz" degan gʼoyat muhim iboralarini eʼtirof etdi.
Shuningdek, anjumanda soʼzga chiqqanlar tomonidan gidrotexnika inshootlari yordamida har xil suv xoʼjaligi tadbirlari amalga oshirilayotganligi, suv sathi va suv sarfi rostlanishi, uni manbadan maʼlum sifatda va istalgan vaqtda kerakli miqdorda olib zarur joylar (ekin maydonlari, gidroelektrstantsiyalar va h.k.)ga yetkazib berilishi, shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishni taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyunda "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi farmoni qabul qilingani hamda unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yoʼnalishlari va Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilab berilgani, aholi bilan muloqotni mustahkamlash va kengaytirish, "Oʼz vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish" shiori ostida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish vazifalarini bajarishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilganligini qayd etildi.
Аnjuman doirasida ushbu mavzu boʼyicha kursantlar tayyorlab kelgan maketlarga tashkilotchilar tomonidan izohlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |