9-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Bosimli quvurlar sonini,materialini va optimal diametrini aniqlash.
9.1.Bosimli quvurning eng optimal diametri ya’ni besh xil diametr bo’yicha hisob kitob qilinib keltirilgan xarajatlar eng kichik chiqqan qiymat bosimli quvur optimal diametri qilib olinadi.
Nasos stansiya binosi ichida bosimli quvurlar po‘lat materialdan yasaladi, binodan tashqarida esa- po‘lat yoki temirbetondan bo‘ladi. Po‘lat quvurlar ochiq usulda (Dquv ≥ 1,4 m), anker va oraliq tayanchlarga yotqiziladi yoki 0,8÷1,0 m chuqurlikda (Dquv ≤ 1,4m) er ostiga ko‘miladi. Temirbeton quvurlar 0,8÷1,0 m chuqurlikda er ostiga ko‘miladi.
Po‘lat quvurlar nasos stansiyani barcha naporlari uchun qabul qilinishi mumkin, temirbeton quvurlar esa: napori 100 m.gacha va D=0,5÷1,5 m bo‘lganda- yig‘ma, napori 35÷45 m.gacha va D≥1,5 m bo‘lganda– monolit qabul qilinadi.
Bosimli quvurning uzunligi 300 m.gacha bo‘lganda har bir nasosga alohida-alohida bosimli quvurlar o‘rnatiladi va har bir quvurning sarfi nasosni sarfiga teng bo‘ladi Qquv=Qn.Bosimli quvurning uzunligini ruxsat berilgan nishablik Iquv =1:3 dan kelib chiqib aniqlasa bo‘ladi. Bunda quvurning uzunligi:
Lquv ≈ 10·√Ng teng bo‘ladi.
Bosimli quvurni loyihalashning asosiy masalasi- uni iqtisodiy tejamkor diametrini aniqlashdan iborat.
Quvurlarda harakatlanayotgan suvning ruxsat etilgan tezligi 2,5-3,0 m/s.dan oshmasligi kerak. Chunki, suvning katta tezliklari naporni ko‘p miqdorda yo‘qolishini va quvurlarda gidravlik zarba hosil bo‘lganda bosimni keskin o‘zgarishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa, juda kichik tezliklarda quvurlarni diametrlari oshib ketadi, bu o‘z navbatida o‘ning qiymatini oshishiga olib keladi.
Bosimli quvurni iqtisodiy tejamkor diametrini aniqlash uchun har xil diametrli bir nechta quvurlar variantlarini ko‘rib chiqiladi va ularni ichida eng kichik keltirilgan xarajatlar qiymatiga ega bo‘lganini tanlab olinadi. Keltirilgan xarajatlar kapital xarajatlar va me’yoriy o‘zini qoplash davridagi yillik ekspluatatsion xarajatlar yig‘indilaridan aniqlanadi:
Kk.x = K + C·Tn
bu erda: Kk.x - keltirilgan xarajatlar;
K - kapital xarajatlar, bizning holatda 1 p.m quvurning narhi;
Tn - kapital xarajatlarni me’yoriy qoplanish muddati, 8-10yil deb qabul qilinadi;
C – quvur uchun yillik ekspluatatsion xarajatlar yig‘indisi.
Hisoblar har bir metr quvur uchun shartli bahoda 1-jadvalda olib boriladi.
1-jadval
Dquv,
M
|
V,
m/s
|
K,
u.e.
|
∆h,
u.e.
|
∆E,
kVt·soat
|
A,
u.e.
|
B,
u.e.
|
V,
u.e.
|
C,
u.e.
|
Kk.x
u.e.
|
D1
D2
Dst
D4
D5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
bu erda: Dst = 0,85·√Qquv – dastlabki standart diametr.
Bir nechta variantda D1, D2, D4, D5 (Dst qiymatidan kichik va katta) bosimli quvur diametrlari tanlab olinadi (2-jadval);
- V = 4·Qquv / (π·Di 2) – bosimli quvurdagi suvning tezligi;
- K - 1 pog.m. yotqizilgan quvurning narhi (2-jadval, po‘lat quvurlar uchun);
- ∆h = λ·L·Vi 2 /(2·g· Di) - quvurdagi naporni yo‘qolishi (1 m uzunligi uchun);
- λ ≈ 0,11(ke/ Di)0,25 – qarshilik koeffitsienti;
- ke=0,03÷0,10 mm – po‘lat payvandlangan quvurlarni ekvivalent absolyut g‘adir-budurligi; ke=0,3÷0,8 mm – beton quvurlar uchun;
- ∆E = 9,81·Qquv·∆h·To‘rt/h – qarshiliklarni engib o‘tish uchun bir yilda sarflanayotgan elektr energiya miqdori;
- To‘rt –stansiyaning yillik o‘rtacha ish vaqti, soatda:
To‘rt = (Q1·t1 + Q2·t2 +…+ Qi·ti )·24/ Qmax,
- h - nasos stansiyaning FIKi:
h = hn·hdv·htar,
- hn – nasosning FIKi, hdv – dvigatelning FIKi, htar - elektr tarmoqning FIKi, 0,98 ga teng deb qabul qilamiz;
- A = 0,01· ∆E – yo‘qotilayotgan elektr energiyani narhi;
- B = 0,03·K – quvurni tiklash uchun ajratmalar;
- V = 0,017·K – quvurni ta’mirlash uchun ajratmalar;
- C = A+B+V – yillik ekspluatatsion xarajatlar yig‘indisi;
- Kk.x = K + C·Tn – keltirilgan xarajatlar.
1-jadval ma’lumotlari asosida eng kichik keltirilgan xarajatga Kk.x to‘g‘ri kelgan quvur diametri iqtisodiy tejamkor diametr Dquv deb qabul qilinadi.
2-jadval
D, m
|
K, u.e.
|
D, m
|
K, u.e.
|
D, m
|
K, u.e.
|
Ko‘milgan
0,3
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
0,9
1,0
1,1
1,2
1,3
1,4
|
15,5
21,5
28,0
35,0
42,0
49,5
57,5
66,0
74,5
83,5
93,5
105,5
|
Ochiq
1,4
1,5
1,6
1,7
1,8
1,9
2,0
2,1
2,2
2,3
2,4
2,5
2,6
|
192
215
240
270
302
370
395
410
453
495
537
580
622
|
2,7
2,8
2,9
3,0
3,2
3,4
3,6
3,8
4,0
4,2
4,4
4,6
4,8
50
|
682
706
748
790
870
950
1030
1110
1200
1325
1450
1575
1700
1825
|
Do'stlaringiz bilan baham: |