15-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat mulkida bo`lgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, shuningdek respublika va mintaqaviy еnergetika tizimiga kiruvchi korxonalar gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini tashkil еtadi;
XULOSA
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo`jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, u:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini еkspertizadan o`tkazadi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi;
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil еtadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to`g`risida ko`rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo`pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo`lgan ob’ektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to`xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi;
gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o`zanlari va to`g`onning ularga tutash bo`lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo`jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi;
daryolarning o`zanlarida va to`g`onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo`jaligi ob’ektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo`jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo`yadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
LEZ.UZ
KUN.UZ
ZIYO.NET
Do'stlaringiz bilan baham: |