“Гидротехника иншоотлари” фанидан


Qoziqlarning turini va hajmini tanlash



Download 0,86 Mb.
bet2/3
Sana25.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#461801
1   2   3
Bog'liq
8 ma\'ruza unikal Qoziqli poydevorlarini hisoblash va loyihalash

Qoziqlarning turini va hajmini tanlash.
  • Qoziq turi ish uslubiga (tuproqda qoqilgan yoki ishlab chiqarilgan), qirqim shakli (kvadratlar, to'rtburchaklar, dumaloq, dumaloq bo'shliqli kvadrat shakligida va boshqalar), armaturalash turiga (zo’riqtirib va zo’riqtirilmasdan armaturalangan) qarab tanlanadi va hokazo.
  • Qoziqlarning o'lchamlari va ularni qoqish chuqurligi loyixalovchi tomonidan belgilanadi va bir qator omillarga bog'liq: geologik sharoit, mavjud yuklar, panjara turi, qoziq ishlab chiqarish uchun mavjud uskunalar.
  • Kvadrat kesimdagi qoqiladigan temir-beton qoziqlar uchun ko'ndalang o'lchamlar 20 x 20 sm dan 45 x 45 sm gacha bo’ladi (2.19- jadval).
    • Bunday qoziqlardan qoziq poydevorini loyihalashda birinchi xisoblash sifatida 30 x 30 sm hajmda foydalanish tavsiya etiladi. Taglikning yer yuzasiga nisbatan holatiga qarab, panjaralar baland (taglik tuproq yuzasidan yuqorida joylashgan), pastlatilgan (taglik tuproq yuzasida joylashgan yoki kam chuqurlikda ko'milgan) va past (to'liq yerda joylashgan) bo’ladi. Panjara holatini odatda bino yoki inshootning yer usti qismi dizaynerlari tayinlaydi. Panjara o'rnini mustaqil ravishda bino yoki inshootning er osti qismi (podval, texnik er osti borligi) ning loyihaviy echimlariga qarab belgilaydi. Poydevor panjarasining chuqurligi tabiiy asosdagi poydevorning chuqurligi bilan bir xil tarzda aniqlanadi.
    • Qoziq va panjara o'rtasidagi boglanish erkin (bo'g'inli) va qattiq bo'lishi mumkin.
    • Monolit panjaralarda panjarani erkin tayanishi qoziqning boshini panjara ichiga 5-10 sm. chuqurlikda o'rnatish orqali amalga oshirilishi kerak. Bu holda armatura chiqish joylarini panjara ichiga joylash shart emas.
    • Jadval 2.19 – kvadrat qirqimli temir beton qoziqlarning asosiy
    • o'lchamlari va massasi
    • Markasi
    • Qirqim tomoni, mm
    • Uzunligi, mm
    • Og'irligi, tn
    • Uchini
    • L
    • Qoziqni1m
    • Uchini
    • 200
    • 3000–6000
    • 150
    • 0,10
    • 0,01
    • 250
    • 4500–6000
    • 250
    • 0,16
    • 0,03
    • С
    • 300
    • 3000–12000
    • 250
    • 0,22
    • 0,05
    • 350
    • 8000–16000
    • 300
    • 0,30
    • 0,06
    • 400
    • 13000–16000
    • 350
    • 0,40
    • 0,08
    • 300
    • 9000–15000
    • 250
    • 0,22
    • 0,04
    • СН
    • 350
    • 10000–20000
    • 300
    • 0,30
    • 0,06
    • 400
    • 13000–20000
    • 350
    • 0,40
    • 0,08
    • 200
    • 3000–6000
    • 150
    • 0,10
    • 0,01
    • 250
    • 4500–6000
    • 250
    • 0,16
    • 0,03
    • СНпр
    • 300
    • 2000–15000
    • 250
    • 0,22
    • 0,05
    • 350
    • 8000–20000
    • 300
    • 0,30
    • 0,06
    • 400
    • 13000–20000
    • 350
    • 0,40
    • 0,08
    • 300
    • 11000–15000
    • 250
    • 0,22
    • 0,04
    • СНп
    • 350
    • 10000–20000
    • 300
    • 0,30
    • 0,06
    • 400
    • 13000–20000
    • 350
    • 0,40
    • 0,08
    • Izohlar:
    • Qoqilgan qoziqlarning uzunligi L qoziq boshidan boshlangich nuqtasigacha o'lchanadi.
    • Kataloglarda 6 metrgacha bo’lgan qoqilgan qoziqlarning uzunligi har 0,5 metrda, 6 metrdan uzun bo’lgan qoziqlar - har 1 metrda o'zgaradi.
    • Qoziqlarning belgilanishi: S4.5-30 - ko'ndalang armaturalangan, zoriqtirilmagan armaturali 4,5 m uzunlikdagi va kesimi 30x30 sm bo’lgan yaxlit qoziq (GOST 19804.1-79 bo'yicha).
    • S - zoriqtirilmagan armaturali qoziq;
    • SN - zoriqtirilgan armaturali qoziq;
    • SNpr - zoriqtirilgan simli armaturali qoziq;
    • SNp - zoriqtirilgan to’qilgan armaturali qoziq.
    • Qattiq bog’lanish, qoziqni panjaraga kamida d chuqurlikka o'rnatish orqali ta'minlanadi (d - kvadrat qoziqning tomoni yoki dumaloqning diametri). Qattiq bog'lanish quyidagi hollarda ta'minlanishi kerak:
    • a) qoziq tanasi yumshoq tuproqlarda joylashgan (bo'shashgan qumlar, suyuq konsistentsiyali loyli tuproqlar, loylar, torflar va boshqalar);
    • b) qoziqqa uzatiladigan siqish yuki uning kesim markazidan tashqariga chiqqan ekssentriklik bilan unga qo'llaniladi;
    • c) gorizontal yuklar qoziqlarga ta'sir qiladi, ularning siljish qiymatlari erkin tayanish bilan (hisoblash yo'li bilan aniqlanadi) rejalashtirilgan bino yoki inshoot uchun ruxsat etilgan maksimaldan yuqori bo'ladi;
    • d) poydevorda moyil yoki yegilgan vertikal qoziqlar mavjud;
    • e) qoziqlar sugirib olish yuklarga ishlaydi.
    • Boshqa holatlarda, qoziqni panjara bilan erkin bog'lash belgilanadi.
    • Shunday qilib, panjara turini (ya'ni uning tuproq yuzasiga nisbatan geometrik holatini) va qoziqning panjara bilan konjugatsiyasini belgilab, qoziqning yuqori qismining (boshining) holati aniqlanadi.
    • Qoziqning uchli qismi kuchli, ka’m siqiladigan tuproqlarda joylashgan bo'lishi kerak. Bunday holda, qoziqlarning pastki uchlarini tuproqqa chuqurlashishi, asos sifatida qabul qilinganligi quyidagidan kam bo’lmasligi kerak:
    • yirik siniqli jinslarda, shag'alli, yirik va o'rta yirikli qumli tuproqlarga, shuningdek, IL ≤ 0.1 oqim korsatkichi 0,5 m dan kam bo'lmagan loyli tuproqlarga;
    • • toshloq bo'lmagan tuproqlarning boshqa turlarida - IL = 1,0 m.
    • Geologik uchastkada qoziqning pastki uchining taxminiy holatini belgilab, qoziq uzunligini (tegishli kataloglar va GOST bo'yicha qoqish uchun) o'rnatiladi va qoziqning pastki uchining holati aniqlanadi.
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish