Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir.
Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiрi, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yog‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi.
Ko‘llar kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1620 m) va Tanganika (1470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik dengiz (270‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vulqonli, qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi.
Suv omborlari, kanallar yerlarni sug‘orish, elektr energiyasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tartibga solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi.
Muzliklar quruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzliklarning 99 % i qutbiy o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan (Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Тog‘ muzliklari qor chizig‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5-5 km balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandligidan boshlab qor va muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘i dengiz sathiga baravarlashadi.
Yerosti suvlari yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan hosil bo‘ladi. Lekin kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari qatoriga kiradi. Yerosti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil etadi. Ular suvli qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkazmaydigan qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havzalarini hosil qiladi. Deyarli barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud. Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir.
Ko‘p yillik muzloq yerlar tuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo‘ladi. Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1 500 metrgacha boradi.
Gidrosfera yerning suv qobigʻi boʻlib, u yer poʻsti va atmosfera oʻrtasida joylashgan. Gidrosferadagi umumiy suv miqdori 13,859,846 ming km3. M.I.Lpvovich maolumotlariga koʻra bu iqdor 1,454,000,000 km3. Bu qobiqdagi suvlarni dunyo okeani, qurqlik va atmosfera suvlariga boʻlishadi. Dunyo okeanida gidrosferaning 96,5 foiz suvi toʻplangan. Quruqlik suvlari yuza va yer osti suvlariga boʻlinadi. Yuza suvlari gidrosfera suvlarining 1,97 % ni, yer, yer osti suvlari esa 1,70 % ni, atmosferadagi suv esa 0,001 % ni tashkil etadi[3]. Yer yuzasining 70,8 % ni suv qoplaydi. Uning maydoni 361 mln km2. Gidrosferaning tarkibiy qismlaridagi suv miqdori bir-biridan ancha farq qilsada, lekin ularning umumiy suv aylanishidagi faoligi ham bir hil emas. Masalan, daryo suvlarining aylanish davri 12 sutkaga, atm suvlariniki — 10 sutkaga, tuproq suvlariniki — 1 yilga, dunyo okeani suvlari — 2600 yilga, qutb muzliklari — 9700 yilga teng. gidrosfera okenas usvlari juda ko'p hisoblanadi. Gidrosferani dinamik sistema sifatida rivojlanishida troposfera va yer ostidagi suvlarning toʻxtovsiz harakati muhim rol oʻynaydi. Suvning geografik qobiqdagi global aylanishiga quyosh energiyasi, havoning gorizontal harakati va yerning tortish kuchi xizmat qiladi. Quyosh energiyasi tasirida okean va quruqlik yuzasidagi suvlar bugʻlanadi. Okean suvlarini bugʻlanishi quruqlik yuzasiga nisbatan 6,6 marta koʻp suvni bugʻlatadi. Global suv aylanishiga gidrosferaning 525,1 km3 miqdoridagi suvi qatnashadi. Bu suv miqdori har yili 1 km2 yer yuzasidan bugʻlangan suv miqdori — 1030 mm ga teng. Shu miqdordagi teDengiz suvining xususiyati — uning shoʻrligi. Ochiq okeanda suvlaring oʻrtacha shoʻrligi 35 promilga teng. Dengiz suvining tuz tarkibi quyidagicha: natriy xlorid — 77,7 %, magniy xlorid — 10,87 %, magniy sulfat — 4,7 %, kalpciy sulpfat — 3,6 %, kaliy sulpfat — 2,5 %, kalpciy karbonat — 0,3 % ni tashkil etadi. Daryo suvlarining shoʻrligi oʻrtacha 0,146 promillega teng. Dengiz suvida osh tuzi eng koʻp boʻlsa, daryo suvida karbornatlar koʻp miqdorda tashkil etadi. Okean suvlarining shoʻrligi oʻzgaruvchan miqdordadir. U joyning iqlimiga, muzlash yoki muzlarni erishiga, okean oqimlariga, daryo suvlarining miqdoriga va boshqa omillarga bogʻliq. Ochiq okean suvlarida shoʻrlik 32-38 promilga boradi. Oʻrta dengizlarda esa shoʻrlik ancha ortadi[5]. Masalan, Qizil dengizi suvining shoʻrligi 41 promilga teng.ng. Shu miqdordagi suv yana yogʻin tarzida yer yuzasiga qaytib tushadi[4]. Okean suvlari katta issiqlik sigʻimiga ega. Okeanning 10 m lik suv qatlamini issiqlik sigʻimi butun atmosferaning issiqlik sigʻimidan toʻrt marta koʻpdir. Shuning uchun okean suvlari sekin isib, sekin soviydi. U oʻz issiqligi bilan havo massalarini ilitadi. Okean issiqlik balansidagi kirimda — quyosh energiyasi, chiqimida bugʻlanishga sarf boʻlgan issiqlik va atmosfera bilan boʻlgan turbulent issiqlik almashinishi kuzatiladi. Turbulent issiqlik almashinining miqdori unchalik katta boʻlmasada, bu issiqlik atmosfera boʻyicha taqsimlanib butun yer shari boʻyicha tarqaydi. Okean suvlarinng harorati va shoʻrligi taosirida suvlarning gaz rejimi shakllanadi. Harorat va shoʻrlik qancha koʻp boʻlsa, bu suvlarda erigan gazlar miqdori shunchalik kam boʻladi. Okean suvlari doimo harakatda boʻladi. Bu harakat toʻlqinlanish, suv qalqishi, ichki toʻlqinlar, dengiz oqimlari, sinoptik girdoplar koʻrinishida boʻladi. Suvning harakatiga shamol, yer qimirlashlar va vulkanlar otilishlari, Yer-Oy tortilishi, harorat, shoʻrlikni turlicha boʻlishi taʼsir koʻrsatadi. Okean suvlarini vertikal yoʻnalishda toʻrt zonaga ajratiladi. Yuza suvlar — dunyo okeanining suv hajmini 5,1 % ni tashkil etadi. Oraliq suvlar — 31 %, suqurlik suvlar — 50,7 %, suv osti yaqinidagi suvlar — 13,2 ni tashkil etadi. Okean suvlarini harorati shoʻrligi, tiniqligi, organik hayot xususiyatlariga koʻra suv massalari ajratiladi. Yuza suvlarida quyidagi suv massalari ajratiladi:
Ekvatorial-tropik
Tropik
Shimoliy subtropik
Janubiy subtropik
Shimoliy atlantika
Janubiy hind okeani
Subarktika
Subantarkttika
Arktika
Antarktika.
Dunyo okeanidan oqilona foydalanish, chuchuk suv tanqisligi, gidrosferani muhofaza qilish muammolari hozirgi kunda yildan yilga keskinlashib bormoqda. 1982-yil 30-aprelda BMT dengiz huquqi boʻyicha Konvenciya qabul qildi. Bu dunyo okeanidan foydalanishni boshqarib turishda muhim rol oʻynaydi.
Adabiyotlar
1. Gembelp A.V. Obshaya geografiya Mirovogo okeana. M., 1979.
2. Davidov L.K. va boshqalar. Umumiy gidrologiya. L., 1987.
3. Petryanov I.V. Dunyodagi eng g`aroyib modda. T., 1978.
4. Shubaev L.P. Umumiy er bilimi. T., 1975.
5. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |