. Oraliq nazorat
Savollar
1.ekologik omillar haqida tushuncha.
2.Atmoferaning tabiiy ifloslanishi xaqida tushuncha.
3. Gidrosfera haqida tushuncha.
1.Ekologik omillar atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarta boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qoʻyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi
2.Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigi bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob-havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%,argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko`rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan.Аtmоsfеrа iflоslаnishi tufаyli Mоskvаdа аtmоsfеrаgа nisbаtаn 11 % yog’in ko’p tushаdi. Sаmаrqаnd shаhri аtrоfigа nisbаtаn 1 yildа 6 kun tumаn ko’p tushib, 11 mm yog’in ko’p yoqqаn. Sаnоаti rivоjlаngаn shаhаrlаr аtrоfigа nisbаtаn yillik o’rtаchа hаrоrаt yuqоri bo’lishi kuzаtilgаn. Bungа sаbаb kishilаr fоydаlаnаdigаn bаrchа enеrgiyani issiqlik eеnrgiyasigа аylаntirаdi vа uning bir qismi еr yuzаsining qo’shimchа isituvchi mаnbаsi bo’lib qоlаdi. shu sаbаbli sаnоаti rivоjlаngаn vа аhоlisi 100 mingdаn 500 minggаchа bo’lgаn shаhаrdа o’rtаchа yillik hаrоrаt аtrоfdаgigа nisbаtаn 10 S yuqоri bo’lsа, аhоlisi 0,5-1,0 mln bo’lgаn shаhаrdа 1,1-1,20 C, 1 mln. dаn оrtiq bo’lgаn shаhаrdа 1,3-1,50 S yuqоri bo’lаdi. shu sаbаbli Tоshkеnt shаhаrining mаrkаzidа yillik o’rtаchа hаrоrаt shаhаr аtrоfdаgigа nisbаtаn 1,30 C yuqоri bo’lsа, bu fаrq Sаmаrqаnddа 0,50 S gа, Pаrij vа Stоkgоlmdа 0,70 C gа, Mоskvаdа 20 C gа еtаdi.Tаbiаt kоpоnеntlаri – hаvо, suv, tuprоq, o’simlik, hаyvоnlаr bir-birigа uzviy bоg’liqligidаn, insоnning хo’jаlik fаоliyati nаtijаsidа iflоslаngаn аtmоsfеrа, o’z nаvbаtidа, tаbiаtning bоshqа kоmpоnеntlаrigа hаm tа’sir etаdi. Buning nаtijаsidа suv vа tuprоqning tаbiiy hоlаtidа, kishi оrgаnizmidа, hаyvоn vа o’simliklаr tаnаsidа sаlbiy o’zgаrishlаr vujudgа kеlib, gеоgrаfik qоbiqdа glоbаl o’zаrishlаr sоdir bo’lаdi. Shynday ekan atmosferani ifloslanishining oldini olish maqsadida har bir qarich maydonga ko’chat ekib yashil maydonlarni kengaytirsak hamda ishlab chiqarishni tabiatga ta’sir doirasini ham inobatga olsak o’z oldimizga qo’yilgan maqsadga erishamiz ham tabiatni asrab
3.Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko'l, daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o'z ichiga olgan yerning suv qobig'i tushuniladi. «Gidro»-suv va «sfera»-shar degan rna'noni bildiradi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bolgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo'lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv buglari va tuproq namligining ahamiyati katta. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zaxiralari doim tiklanib turadi. Yer yuzasidagi suv tugamaydigan resurs bo'lishiga qaramasdan inson bevosita ishlatishi mumkin bcf Igan suv zaxiralari juda ham cheklangan. Gidrosferadagi barcha suvlarning 96,5 foizi dunyo okeanining sho'r suvlariga to"g'ri keladi. Mavjud chuchuk suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73%), va er ostidagi suv zaxiralarida (1,70%) joylashgan.Shuni ta'kidlash kerakki,yer ostidagi suv zaxiralarining aniq miqdori belgilangan emas.Yer yuzida hozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bo'lgan chuchuk suvlar miqdori gidrosferadagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil qiladi. Sayyoramizda daryo va ko'l suvlari bir tekis taqsimlanmagan va ayrim hududdarda suv tugaydigan hamda juda sekin tiklanadigan resurs hisoblanadi. Dunyo aholisi tez suratlarda o'sib borayotgan hozirgi vaqtda 800 mln.dan ortiq kishi suv etishmasligi sharoitida yashaydi va 60% dan ortiq, aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlangan emas
Do'stlaringiz bilan baham: |