AMALIY MASHG‘ULOT-8
GIDROIZOGIPS XARITASINI TUZISH
Gidrogeologik xarita. Gidroizogips xaritalari maxsus gidrogeologik xaritalar
ichida eng katta qiziqish uyg‘otadi va muxandislik maqsadlari uchun amaliy
axamiyatga ega. Bu xaritalar relef, ta’minlash sharoitlari, drenaj va suv joylashgan
qatlamlarning tuzilishlariga bog‘liq bo‘lgan qandaydir vaqt mobaynida
izochiziqlardagi er osti suvlar ko‘zgusining xolatini ko‘rsatadi.
Gidroizogipslar (yunon.: gipsos – balandlik, tepa) - xaritadagi er osti suvlari
ko‘zgularining bir xil absolyut yoki nisbiy satxlari nuqtalarini birlashtiruvchi
chiziklardir. Bu chiziklar maydon relef gorizontallari bilan bir xil bo‘lib va ular
kabi suv ko‘zgusi relefini akslantiradilar. Er osti suvlar yuzasi shakli murakkab va
kqp faktorlarga (omillarga) bog‘liqdir: suv sigdiruvchi jinslar tarkibi, ularning suv
o‘tkazuvchanligi, relef, joylashish va singish sharoitlari, suv to‘sig‘i joylashshishi,
suv ushlab turuvchi katlam qalinligi va xokazolarga.
Gidroizogips xaritasi quydagi masalalarni echish imkonini beradi:
- xar qanday nuktada er osti suvlari okimi yunalshini aniklab;
- er osti suvlar xarakat tezligini aniklash;
-xaritada suv ayirgichlarni (gidroizogipslarni er osti suvlarni eng baland
satxlari bilan tutashgan joylari) va er osti suvlarining er yuzasidagi qismlarini
(nolinchi chuqurlikdan suvgacha zonalarni) kursatib berish;
- foydalanishdagi quduqlar va drenaj ariqlarini to‘g‘ri joylashtirish;
- er osti suvi oqimi gidravlik gradientini (og‘ish) aniqlash;
- er osti suvlari joylashish chukurligini aniklash;
- er osti va er usti suvlari orasidagi bog‘lanishni o‘rnatish.
Gidroizogips xaritasini tuzish uchun setka bo‘yicha joylashgan quduqlardagi
va shurflardagi er osti suvlari satxi o‘lchanadi. Xarita aniqroq bo‘lishi uchun
kuzatilgan setka zichroq bo‘lishi kerak. Satxlar bir payitda yoki yaqin vaqt
oralig‘ida (1-2 kun) o‘lchanishi kerak. Er osti suvlari ko‘zgularining eng baland va
eng past xolatdagi davrlari uchun tuzilgan xaritalar katta axamiyatga ega. Er osti
suvlari chukurligi xar bir nuktada absolyut yoki nisbiy belgiga xisoblab chiqiladi:
N
v
=N
z
-h, bu erda N
v
– er osti suvlari satxining absolyut belgisi; N
z
– er ostining
absolyut belgisi); h – er osti suvlarni joylashish chuqurligi.
2. Gidroizogips xaritasini tuzish. Gidroizogips kesimi (joylashish ketma -
ketligi) shunday tanlanishi kerakki, nadijada er osti suvlari ko‘zgulari xususiyatlari
xaritada aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Gidroizogips kesimini tanlash er osti suvlari
sirtining ogish mikdori, xarita masshtabi va satxlar o‘lchov nuqtalarining
joylashish zichligiga bog‘liqdir.
Xarita masshtabi o‘tkazilayotgan gidrogeologik izlanishlarning umumiy
xarakteriga bog‘lik xolda tanlanadi.
Zarur jixozlar
Kurilish maydonining kidiruv kazilmalari joylashish nuqtalari (parmalangan
quduqlar va shurflar) va er osti suvlari ko‘zgusi joylashish chuqurliging sonli
kursatkichlari (suratda) va ko‘zguning nisbiy belgilari (maxrajda) keltirilgan
sxematik xaritaning tushda bajarilgan plakati, laboratoriya ishlari uchun daftar.
Ish bajarish tartibi
Talabalardan gidroizogips xaritasini tuzish va er osti suvlari oqim
yo‘nalishini aniqlab berish talab qilinadi.
3. Er osti suvlar okimi yunalishi gidroizogips xaritasi bo‘yicha aniqlash.
Plakatdan daftarga er osti suvlari chukurligining sonli kursatkichlari va qidiruv
qazilmalari tushirilgan qurilish maydonining xaritasi chizib olinadi. SHurf va
parmalangan quduqlarning shartli belgilarini minimal o‘lchamda tushirish kerak (5
mm gacha). Joylashish chukurliklari turlicha bo‘lgan maydonlar uchun shartli
belgilar xaritaning tagida ko‘rsatiladi;
2) suratdagi satxlar buyicha gidroizobat xaritasi tuziladi. Gidroizobatlar
interpolyasiya uslubi bo‘yicha o‘tkaziladi (6 laboratoriya ishiga qarang). Lineyka
(chizgich) yordamida shartli belgilar bo‘yicha belgilangan maydonchalar
shtrixlanadi.
3) gidroizogips xaritasi maxrajdagi belgilar bo‘ycha tuziladi. Gidroizogipslar
interpolyasiya uslubi bilan kesimi 1 m ga teng bo‘lgan xolda rangli kalam bilan
o‘tkaziladi. Xaritadan tashqarida gidroizogps chetlarida ularning belgilari
ko‘rsatiladi;
4) er osti suvlari xarakat yunalishini aniqlash uchun berilgan nuktadan
gidroizogipsga perpendikulyar o‘tkaziladi. Grunt okimi past satxlar tomon normal
bo‘yicha xarakatlanadi;
5) xarita gorizont tomonlari bo‘yicha mo‘ljallanadi va sana qo‘yiladi. Xarita
ostida tuzuvchining familiyasi ko‘rsatiladi;
6) tuzilgan xarita taxlil kilinadi va grunt oqimining xarakat yo‘nalishi
aniqlanadi.