Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


ENG  ASOSIY  MAGMATIK  TOG‘  JINSLARI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

ENG  ASOSIY  MAGMATIK  TOG‘  JINSLARI
(mavjud  manbalar  asosida  tuzilgan)
SiO
2
 va Na
2
O+K
2

miqdoriga qarab 
guruhlanishi 
Intruziv 
Effuziv 



1. Nordon 
65—75 va 6—8 
Granit 
Granodiorit 
Liporit (kvarsli porfir) 
2. O‘rta 
52—65 va 1—4 
Diorit 
Sienit 
Andezit (andezitli porfir) 
Traxit (traxitli porfir) 
3. Asosiy 
45—52 va 1—4 
Gabbro 
Labradorit 
Bazalt (bazaltli porfir) 
Diabaz 
4. Ultra asosiy 
35—45 va 0—1 
Peredotit 
Pirokoanit 
Dunit 
Pikrit 
Kimberlit 
5. Ishqoriy* 
8—20 
Nefelinli 
Sienit 
Oratklazli porfir 
Fonolit 
 * Ishqoriy metall oksidlari — Na
2
O+K
2
O ning miqdori SiO
2
 ning miqdori bo‘yicha
o‘rta,  qisman  nordon  jinslarga  to‘g‘ri  keladi  (Zaridze,  1988).
4.2.1  INTRUZIV  TOG‘  JINSLARINING
ENG  ASOSIY  VAKILLARI
Granitlar  asosan  kvars  (35—45),  dala  shpati  (60—70)  hamda  qis-
man sluda va rogovaya obmanka (3—4%) minerallaridan tashkil top-
gan intruziv tog‘ jinsidir. Granitlarni tashkil qilib turgan minerallar to‘liq
kristallangan yirik, o‘rta, mayda donalardan iborat bo‘lib, unda mineral
donalari tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Ular oq, qizg‘ish, kulrang, ko‘kish
tusda bo‘lib, bu ranglarni hosil qilishda minerallarning turi va miqdori
asosiy  o‘rinni  egallaydi.  Mustahkamlik  darajasi  tog‘  jinslarini  tashkil
qilib turgan minerallarning turiga, nurash jarayoniga, tektonik yoriq-
larning mavjudligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Granodioritlar tarkibida plagioklaz (70—90%), ortaklaz-mikroklin
(10—13%), kvars (15—35%) bo‘lgan intruziv tog‘ jinsidir. Mustahkam-
ligi,  hajm  og‘irligi,  g‘ovakligi  hamda  boshqa  xossa  va  xususiyatlari
jinsning tarqalgan hududlarini fizik, tektonik sharoitiga qarab o‘zgarishi
mumkin.
Dioritlar plagioklaz, dala shpati (50—70%), rogovaya obmanka (30—
50%),  qoramtir  minerallardan  va  sludalardan  tashkil  topgan  bo‘ladi.
Bu  jinsda  kvars  ko‘p  miqdorda  bo‘lsa,  kvarsli  diorit  deb  nomlanadi.
Dioritlar granitli batalitlarni chekka qismlarida yirik bo‘lmagan shtok,
intruziv tomirlar holatida uchraydi.


5 7
Siyenitlar tarkibida kvars mineralining bo‘lmasligi, plagioklaz (0—
20%) bo‘lishi, asosan ortoklaz va mikroklin minerallaridan tuzilganligi
bilan xarakterlidir. Siyenitlar dayka va shtok holatida uchraydi.
Gabbrolar boshqa intruziv jinslaridan asosan qora rangli dala shpat-
laridan (plagioklaz va pirokenlardan) tashkil topganligi, tarkibida kvars,
sluda minerallari bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Bu jinslar o‘z strukturasi
1
va teksturasi
2
 bilan granit, diorit, siyenitga o‘xshash bo‘lsa-da o‘ta mo‘rt-
dir. Tabiatda yirik lakkolit, shtok, dayka holatida uchraydi. Tarkibida
aksessor minerallardan apatit, ilmenit, magnetit, ba’zan xromit uchraydi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish