Yer qobig‘i — litosfera. Asosiy geologik va injener-geologik hodisa
hamda jarayonlar Yerning ustki qobig‘ida — litosferada sodir bo‘lib,
uning o‘rtacha qalinligi 35—40km. Bu qobiq okeanga yaqinlashishi bilan
yupqalashib, 5—8 km ga, tog‘lik oblastlarga borgan sari qalinlashib,
40—80 km ga yetishi mumkin (3.1-jadval).
3.1-jadval
YER LITOSFERASINING QALINLIGI
(L. M. Peshkovskiy, T. M. Pereskokovalardan, 1971)
Hududlar
Qalinligi, km
Hududlar
Qalinligi, km
Tibet
70
Tinch okeani:
Tyan-Shan
80
Shimoliy qismi
8
Kavkaz
50
Markaziy qismi
18
Yevropa (tekislik)
28
Shimoliy Amerika
(tekislik)
30
Atlantika
okeanining
markaziy qismi
16
Yer qobig‘i o‘zining mineral-jins tarkibiga ko‘ra yuqoridan pastga
tomon o‘zgarib boradi. Jumladan, yer qobig‘ining yuqorigi fazoviy
qismi — stratosfera bo‘lib, kontinental va okean tubi
Do'stlaringiz bilan baham: |