Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINI KIMYOVIY



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

21.2. YER OSTI SUVLARINI KIMYOVIY
TAHLIL QILISH
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibini aniqlash dala va statsionar-
laboratoriya sharoitlarida amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus usullar
va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan (A. A. Reznikov, E. P. Mulikova,
1962  va  b.).
Dala sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti suvlarini nitrit (
2
NO

), nitrat
(
3
NO

),  ammoniy  (
4
NH

),  gidrokarbonat  (
3
HCO

),  xlor  (Cl
-
),  sulfat
(
2
4
SO

), kalsiy (Ca
2
+
), magniy (Mg
2
+
), natriy (Na
+
), kaliy (K
+
) ionlari,
temir oksidlari (Fe
2
+
, Fe
3
+
), vodorod sulpfid (H
2
S), vodorod ionlarining
konsentratsiyasi (pH), erkin karbonat kislotasi, qattiqligi, qattiq qoldiq
va boshqalar aniqlanadi.
Qattiq qoldiq deganda, yer osti suvlari namunasini chinni kosacha-
da  olov  ostida  bug‘latilgandan  keyingi  qolgan  mineral  moddalarning
umumiy miqdori tushunilib, mg/l yoki g/l da ifodalanadi. Qolgan qattiq
qoldiqni 
+105—110°C  da  yana  qizdirilsa,  uning  tarkibidagi  ba’zi  bir
organik birikmalar butunlay kuyib yo‘q bo‘lib ketish jarayoni sodir bo‘ladi
va qattiq qoldiq qandaydir milligrammga yoki protsentga kamayadi. Ana
shundan keyingi qolgan qattiq qoldiq qismi quruq qoldiq deb  ataladi.
Ifloslanmagan  va kam  ifloslangan  suvlarda  qattiq  qoldiq  bilan  quruq
qoldiq  miqdori orasidagi  farq 3—5 % dan  oshmaydi. Bu  farq yer  osti
suvlari tahlili natijalari ro‘yxatida «qizdirish natijasidagi yo‘qotish» deb
ko‘rsatiladi.
Tahlil uchun olinadigan suv namunalari buloqlardan chuqur bo‘lma-
gan shurflardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, chuqur burg‘i quduqlaridan maxsus
suv  namunalarini  olish  asboblari  yordamida  (21.1-rasm)  olinib,  yax-
shilab yuvib tozalangan shisha yoki plastmassa idishlarga solinib, sur-
guch yoki parafinlab berkitiladi. Namuna olingan idishga yer osti suvi
tarkibini o‘rganuvchi tashkilot nomi, olingan suv manbayi (buloq, shurf,
burg‘i qudug‘i va b.), olingan joyi, chuqurligi, vaqti, tahlil qilish turi,
namuna oluvchi mutaxassisining ism, familiyasi maxsus tayyorlangan
yorliqqa yozilib, yopishtirilib qo‘yiladi. Namuna miqdori tahlil turlariga
qarab turlicha bo‘lishi mumkin (21.1-jadval).
To‘liq  qisqartirilgan  va  tahlil  qilish  jarayonida yer  osti  suvlarining
fizik xususiyatlari, pH, Cl
-

2
4
SO


3
NO


3
HCO


2
2
CO

,Na
+
, K
+
, Ca
2
+
,
Mg
2
+
,  Fe
2
+
,  Au
3
+

4
NH


3
NO

erkin  CO
2
,  SiO
3
,  oksidlanishi,  quruq
qoldiq  miqdori,  umumiy  qattiqligi  va  boshqa  xususiyatlari  statsionar
laboratoriyalarda aniqlanadi. To‘liq tahlilni qisqartirilgan tahlildan farqi
shundan iboratki, birinchidan to‘liq tahlil jarayonida eng yuqori aniqlik-
dagi usullar qo‘llaniladi, ikkinchidan, ayrim namunalargina o‘rganiladi,
uchinchidan, dala sharoitida olingan tahlil natijalari tekshirib ko‘riladi
va to‘ldiriladi.


2 8 1
Dala sharoitida suvlarni tahlil qilish maxsus dala laboratoriyalarida
sodda usullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda tahlil katta miqdordagi
namunalar ustida olib borilib, aniqlik darajalari bilan statsionar laborato-
riya natijalaridan farq qilishi ham mumkin. Shuningdek, Ca
2
+
 va Mg
2
+
dan  biri,  Na
+ K  umumiy  miqdori  aniqlanishi  mumkin.
21.1-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish