Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  SHAMOLNING  TUPROQ  UNUMDORLIGI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.8.2.  SHAMOLNING  TUPROQ  UNUMDORLIGI
VA  SHO‘RLANISHGA  TA’SIRI
Shamol  (eroziyasi)  natijasida  tuproq  ustki  qatlamlarining  sidirilib
ketishi, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizilishi, tuproq unumdor-
ligining  kamayishiga,  o‘simliklar  (ayniqsa  paxta)ning  ko‘plab  nobud
bo‘lishiga, ba’zan tuproqning qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi.
Shamol eroziyasi (deflyatsiya) ayniqsa Farg‘ona vodiysida, Mirza-
cho‘lda, Samarqand oblastining Nurota, Qoratepa, Zirabuloq-Ziyovud-
din tog‘li rayonlarida, Qarshi, Tomdi, Buxoro hamda Qoraqalpog‘is-
tonning  Orol oldi  hududlarida keng  tarqalgan bo‘lib,  Q.Mirzajonov-
ning ma’lumotiga ko‘ra, birgina Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida
changli bo‘ron bo‘lgan kunlar soni 1961-yilda 63 tagacha yetgan. Shu
yilning o‘zida Farg‘ona viloyatida shamol eroziyasidan 196 ming gektarga
yaqin  ekin  maydoni  zararlangan  yoki  1956—1960-yillar  mobaynida
shamol respublikamizning 200 ming gektar yerdagi paxtasining butunlay
nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan (Mavlonov, Islomov, Shermatov, 1970).
Yer osti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan rayonlarda, ayniqsa Mir-
zacho‘l, Farg‘ona, Qarshi cho‘lining ba’zi bir yerlarining sho‘rlanishi-
da (tuzlarning bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chib yurishida) shamolning
roli juda ham kattadir. Ma’lumki, ayniqsa Mirzacho‘l, Amudaryoning
quyi  qismi  yerlari  yer  osti  suvlarining  yer  yuzasiga  yaqinligi,  suvda
eruvchan tuzlarning tuproqda hamda yer osti suvlari tarkibida ko‘pligi
bilan ajralib turadi.
Yer ostidan tuproq g‘ovaklari bo‘ylab ko‘tarilgan suv, yer betiga juda
ko‘p  miqdordagi  turli  xil  tuzlarni  olib  chiqadi.  Haroratning  oshishi
suvning bug‘lanishiga,  tuzlarning esa  tuproqning yuqori qatlamlarida
yig‘ilib qolishiga sababchi bo‘ladi. Keyinchalik katta tezlikka (ba’zan
sekundiga 40 metr) ega bo‘lgan shamol ana shu yig‘ilgan tuz qatlamlarini
boshqa yerlarga olib borib yotqizadi. Natijada ko‘pincha sho‘ri yuvilib,
sho‘rsizlantirilgan yerlar yangi uchirib keltirilgan tuzlar hisobiga qayta
sho‘rlanadi. Agar bu holatni Orol dengizi hududi misolida ko‘riladigan
bo‘lsa,  1960-yilda  uning  suv  sathi  absolut  balandligi  53  m,  maydoni
66,5 ming km
2
, suvining hajmi 1000 km
3
, sho‘rlanish darajsi 10—11%
bo‘lgan. Hozir (2003-y) esa, uning suv sathining absolut balandligi 36
m, maydoni, 42,4 ming km
2
, suvining hajmi 400 km
3
 ga kelib qolgan
(Frank Xyuler, B. Z. Noviskiy, 2003). Natijada suvning sathi 17—18 m
ga kamaygan, 4 mln ga o‘ta sho‘rlangan, qum-chang-tuz zarralaridan
iborat bo‘lgan, shamol harakatiga beriluvchan maydon ochilib qolgan.
Bu maydonlarda yangi qum barxanlari vujudga kelmoqda. Bu esa Orol
atrofi hududlarida birinchidan, katta maydondagi toza yerlarning tuz-
lanishiga, botqoqlanishiga, unumdorligining kamayishiga sababchi bo‘lsa,
ikkinchidan  ekologik  vaziyat  yomonlashishi  oqibatida  insonlarning


1 4 0
salomatligi yomonlashishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun hozirgi
vaqtda  shamol  eroziyasi  hukm  surayotgan  hududlarni  o‘zlashtirishda
shamol  harakatiga  bog‘liq  bo‘lgan  yuqoridagi  hodisaga  katta  e’tibor
berilmog‘i darkor.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish