Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Surilish  hodisasi  nima  va  u  qanday  sodir  bo‘ladi?
2. Surilish  hodisasini  vujudga  keltiruvchi  tabiiy  va  texnogen  omillarni  aytib
bering.
3. Surilish  hodisasidan  insonlar  uchun  keladigan  zararlar  to‘g‘risidagi
tushunchangiz.
4. Surilish  hodisalaridan  saqlanish  maqsadida  qanday  chora  va  tadbirlar
ko‘riladi?
8—M.Sh. Shermatov


1 1 4
7.2. QULASH HODISASI
Qulash hodisasi ham surilish hodisasi singari daryo suvlarining tog‘
yonbag‘irlarini yuvib, o‘yib kirib borishi, tektonik harakatlar natijasida,
nurash jarayonida hosil bo‘lgan yoriqlarning asta-sekin kengayib borishi
va bora-bora tog‘ jinslarini o‘z joyida ushlab turuvchi kuchga qaraganda
harakatga keltiruvchi kuchning ortib ketishi natijasida sodir bo‘ladi. Agar
surilish hodisasi ko‘p hollarda sog‘ tuproq, gil tuproq, ohaktosh, slanes
kabi tog‘ jinslarining harakatga kelishi natijasidagina sodir bo‘lsa, qulash
hodisasi tabiatdagi hamma tog‘ jinslari uchun xos hodisadir. Shu bilan
birga,  surilish  hodisasi  biron  tekislik  ustida  sirpanib  harakatga  kelsa,
qulash  hodisasi  jarayonida  harakatga  keluvchi  massa  o‘zining  tabiiy
yotish holatini butunlay o‘zgartirgan holda ag‘darilib tushishi mumkin.
Tabiatda qulash hodisalari ayniqsa bahor faslida yuz beradi. Buning
sababi kuz, qish fasllarida tog‘ jinslaridagi mavjud yoriqlarga yomg‘ir,
qor suvlari kirib to‘ladi va harorat pasayishi bilan ana shu suv yaxlab
muzga aylanadi. Bu bilan, birinchidan, muzga aylangan suvning hajmi
kengayadi va tog‘ jinslarini pona qoqib yorgandek sekin-asta yora bosh-
laydi, ikkinchidan ana shu yaxlab, muzga aylangan suv qatralari yorilgan,
tog‘ jins bo‘laklarini qish bo‘yi mahkam ushlab turadi. Bahorda eriydi,
bu esa o‘z navbatida yorilgan, bo‘lingan, darz ketgan tog‘ jins bo‘laklari-
ning harakatga kelishiga, ya’ni qulash hodisasining sodir bo‘lishiga olib
keladi.
Kishilar qulash hodisalari oqibatlarini uzoq o‘tmishdan boshlaridan
kechirib kelganlar. Bu hodisaning bexosdan yuz berishi, tinch turgan
tog‘ cho‘qqilarining bir zumda harakatga kelishi, yo‘lida uchragan daryo
vodiylarining  to‘silishi  va  katta  hajmdagi  ko‘lga  aylanishi,  shaharlar,
qishloqlar,  yo‘llar,  imorat  va  inshootlarning  buzilib  ketishiga  yoki
butunlay vayron bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. A.K.Larionovning keltirgan
ma’lumotiga ko‘ra VI asrda Italiyaning Rovinasso tog‘i rayonida shiddatli
qulash hodisasi yuz berib, eski Rim shahri hisoblangan Veleyya shahrini
bir  zumda vayron qilgan. Qulash  shunday tezlik  bilan ro‘y  berganki,
hatto shahardagi biror kishi qochib qutula olmagan.
1608-yilda Alp sistemasiga kiruvchi Monte-Konto tog‘ida bir necha
o‘n sekund davomida yuz bergan qulash natijasida Plyur nomli butun
bir qishloq 2400 aholisi bilan tog‘ jinslari ostida qolib ketgan.
1911-yilda Pomir tog‘ining baland qismida sodir bo‘lgan qulash oqi-
batida 7 milliard tonnadan ortiqroq tog‘ jinsi Sarez vodiysiga ag‘darilib
tushgan va tabiiy to‘g‘on hosil qilib, daryoni to‘sib qo‘ygan, natijada
uzunligi 80 km, o‘rtacha chuqurligi 40 metr bo‘lgan Sarez ko‘li hosil
bo‘lgan.
Taniqli  geograf  va  sayohatchi  E.Reklyuning  yozishicha,  1806-yili
Alp sistemasiga kiruvchi Rosberg tog‘i rayonida yuz bergan qulash hodi-
sasi juda xarakterli bo‘lib, bu qulash tog‘ning 4 km uzunlikka, 320 metr


1 1 5
kenglikka, 40 metr balandlikka ega bo‘lgan maydonini, ya’ni 40 million
kub metrdan ko‘proq tog‘ jinsini harakatga keltirgan. Qulash jarayonida
tog‘  jins  bo‘laklarining  bir-birlariga  urilishi  va  ishqalanishi  natijasida
chaqmoq chaqib, dahshatli portlash vujudga kelgan tog‘ jinslari bo‘laklari
ostida to‘rt qishloq 1000 ga yaqin aholisi bilan yo‘q bo‘lib ketgan. O‘sha
joy yaqinida  mavjud bo‘lgan Lovers ko‘liga tog‘ jinsi  bo‘laklari kelib
tushishi natijasida ko‘lda 20 metr balandlikka ega bo‘lgan to‘lqin hosil
bo‘lgan, bu to‘lqin o‘z navbatida bir qancha uylarning buzilishiga, yuvilib
ketishiga sabab bo‘lgan.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish