Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Abu Rayhon Beruniy (Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida
tug‘ilib,  G‘aznada  vafot  etadi)  buyuk  ensiklopedist  olim  (2.4-rasm).
Uning yozib qoldirgan asarlari o‘sha davrda mavjud fanlarning hamma
sohalariga  taalluqli  bo‘lib,  bularning  ichida  tabiiy  fanlar,  ayniqsa,
geologiyaga oid fikr-g‘oyalari, asarlari butun olamga mashhurdir.
2
 Bu
borada uning «Hindiston», «Geodeziya», «Ma’danshunoslik» kabi qator
asarlarini ko‘rsatish mumkin.

Karez — ma’lum qiyalik bo‘ylab (0—50) yerning ostki qismida uzunligi bir necha
kilometrga  cho‘zilgan  yer  osti  suv  oqimi  sistemasi  (tizimi)  —  kanali  bo‘lib,  prof.
A.S.Xasanov  iborasi  bilan  aytadigan  bo‘lsak,  insonlar  tomonidan  bundan  2000-yillar
avval  ixtiro  etilgan  eng  muhim  gidrotexnik  qurilmalardir.  Bu  qurilma  suvni  yer  osti
bo‘ylab uzoq masofalarga ifloslantirmay, bug‘latmay, sof, tabiiy haroratda yetkazilishini
ta’minlagan.

Bu yerda shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu davrgacha ham so‘zsiz geologiyaga oid
yozma ishlar,  fikrlar, g‘oyalar  bo‘lgan, lekin  O‘rta Osiyoga  ketma-ket qilingan  bosqin-
chilik,  talonchilik,  vayrongarchilik  urushlari,  ayniqsa  grek-makedoniya  hamda  arab
istilolari  natijasida  fan  va  madaniyatga  oid  ma’lumotlar  yo‘q  qilib  yuborilgan  yoki  ta-
raqqiy  etishiga  to‘sqinlik  qilgan.  Ma’lumki,  O‘zbekistonning  hamma  yerida  (tog‘  oldi
balandliklarida,  pasttekisliklarida)  uzoq  o‘tmishdan  qolgan,  ya’ni  kishilar  ekin  ekish,
sug‘orish ishlarini boshlagan davrdan qolgan, ariqlar, kanallar, hovuzlar yirik imoratlar-
ning qoldiqlari, izlari mavjud. So‘zsiz ular bu ishlarni boshlash va boshlagandan keyingi
davrlarda u yoki bu hududning tuproq qatlamlariga, ularning qurilishiga yaroqli-yaroqsiz
ekanligi  to‘g‘risida  fikrlar  yuritganlar,  xulosalar  chiqarganlar.
2.3-rasm. Insonlar tomonidan 2000—
3000 yillar avval ixtiro qilingan tabiiy
bo‘lmagan  suv  oqimini  vujudga  keli-
shini  ta’minlaydigan  maxsus  qurilma
sxemasi.
1. Issiq havo oqimiga to‘siq qilib joy-
lashtirilgan  xarsangtoshlar  uyumi;
2.  Issiq  havo  oqimi  yo‘nalishi;
3.  Sovigan  havo  oqimi  yo‘nalishi;
4. Issiq havo oqimining sovishi jarayo-
nida  vujudga  kelgan  suv  tomchilari
harakati;
5. Suv tomchilarni yig‘ilishi natijasida
vujudga  kelgan  suv  oqimi.


2 5
Abu  Rayhon  Be runiy  «Aholi
yashaydigan yerlar orasidagi maso-
falarning oxirgi chegarasini aniqlash»
degan  asarida  deydi:  «...  tosh  va
shag‘allar  hamda  zarrachalar  turli
kuch  ta’siri  bilan  tog‘dan  ajraladi:
keyin ular uzoq vaqt davomida suv
va shamol kuchi tufayli qirrasi sinib
silliqlashadi  hamda  donachalar  —
qum  va  changlar  paydo  bo‘ladi.
Agarda bu shag‘allar daryo o‘zanida
to‘plansa, orasiga gil va qum kirib,
butun bir xamirga aylanadi. Vaqtning
o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv
tagiga ko‘milib ketadi. ...Agar biz ana
shunday dumaloq toshlardan tashkil
topgan  tog‘larni  uchratsak,  ular
albatta yuqorida yozganimizdek pay-
do bo‘lgan, desak bo‘ladi. Ular yer
ustida  yoki  qatlamlar  orasida  uch-
rashi  mumkin.  Bunday  jarayon  uzoq  vaqt  davom  etadi  va  bizning
tasavvurimizdan  tashqaridagi  doimiy  o‘zgaishlar  bilan  bevosita  bog‘-
langan holda yuz beradi».
1
Ko‘rinib turibdiki, Abu Rayhon Beruniy daryo vodiylarida tog‘ jins
qatlamlarini, ularning yotish holatlarini, tarkibi, xossa va xususiyatlarini
tahlil  qilgan  va  to‘g‘ri  xulosa  chiqargan.  Shu  bilan  birga  qum,  gil
zarrachalarining uzoq geologik o‘tmish bilan tabiatdagi boshqa hodisa
va jarayonlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘lishini tushuntirib bergan.
Yana: «...Dengiz o‘rni quruqlik, quruqlik o‘rni dengiz bilan alma-
shadi, ...dengiz izi yotqiziqlarini quduq va hovuzlar qazilgan vaqtdagi-
na qum ostidan topish mumkin. Shunga monand holat, ya’ni dengiz
yotqiziqlariga  tegishli  baliq  suzgichlarini  saqlagan  toshlar  Jurjon  va
Xorazm o‘rtasidagi qumlar ostida ham uchrab turadi. Chunki bu yerda
ham  o‘z  vaqtida  ko‘l  bo‘lgan»
2
  deyishi  bilan  yerning  ichki  va  tashqi
qismida  yuz  beradigan  hodisalar  va  bu  hodisalar  natijasida  vujudga
keladigan ko‘tarilish va pasayish (cho‘kish) jarayonlariga e’tibor bergan.
Uning  quduqlar,  hovuzlar  qaziganda  yer  qatlam  jinslari  tarkibining
o‘zgarishiga bergan e’tibori va fikri keyinchalik yer qatlamlarini burg‘u
quduqlari (skvajina)  qazish yo‘li bilan o‘rganish  mumkinligi haqidagi
nazariyaning  paydo bo‘lishiga  sababchi bo‘lgan  deyish mumkin.  Abu
Rayhon Beruniy yer qatlamlarini o‘rganish bilan shu qatlamlarni tashkil

A. M. Belinskiy,  Abu  Rayhan  Beruniy,  LGU,  1949,  207-b.

Ñ.Ë. Âîëèí.  Ê èñòîðèè  äðåâíåãî  Õîðåçìà,  M., 1941,  191-b.
2.4-rasm

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish