Farhod ges — Sirdaryoning oo`rta oqimida, Farhod gidrouzelida joylashgan gidroelektr stansiya. "Uzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoo`ʼba korxona. GES qurilish haqida qaror 1942 yil 18 mayda qabul qilingan. GES qurilishi 1943 yil 10 fevralda umumxalq qurilishi sifatida — hashar yoo`li bilan boshlangan. 1948 yil 1gidroagregata ishga tushirilgan, 1949 yil iyun oyidan oo`rnatilgan umumiy quvvati 126 MVt boo`lgan 4 ta gidroagregatli stya too`la quvvat bilan ishlay boshladi, 1951 yilda sanoat foydalanishiga qabul qilindi. Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarini, shuningdek, "Bekobodsement", "Oo`zbekiston metallurgiya kombinati" kabi yirik korxonalarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 110, 35,6 kV kuchlanishda uzatiladi. Oo`rta Osiyo Birlashgan energetika tizimi ("Energiya" birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2003 yilda 562 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |