Vaqt relesining ishlash prinsipi
5.25-rasmda РВ tipidagi vaqt relesi tuzilishi koʻrsatilgan.
1-chulg’am;
2-yakor;
3-qaytish prujinasi;
4-richag;
5-tishli segment;
6-boshqaruvchi prujina;
7-sabr vaqti hosil qiluvchi soat
mexanizmi; 8-rele kontakti;
9-laxza kontakti
5.25-rasm. РВ tipidagi vaqt relesi
Kuchlanish ostida chulg’amdan tok oʻtganda yakor tishli segment bilan
richagni boʻshatib oʻzakka bir laxzada tortiladi. Boshqaruvchi prujinaning ta’sirida
richag soat mexanizmi yordamida sekinlashib harakatga keladi. Richag
tezlik
bilan
burchakka bog’liq vaqt t=f(
)da harakatga keladi va kontaktlarni qoʻshadi.
Relening ishlash vaqti
R
R
t
7
143
Yakor richaglar sistemasi orqali soat mexanizmlariga burilish beradi va bu
bilan bir vaqtda vaqt boʻyicha sabrsiz ulaydigan laxza kontaktini ulaydi.
Kuchlanish oʻchirilganda richaglar sistemasi oʻzining boshlang’ich holatiga
qaytadi, laxza kontaktlari uziladi, bunda burilgan soat mexanizmi richagga ta’sir
etadi, harakatlanuvchi kontaktni siljitadi va kontaktlar uziladi. Sabr vaqti kontaktni
siljitish bilan oʻrnatiladi.
5.26-rasm. Issiqlikka chidamli vaqt relesi
Elektr mexanik vaqt relelari sifatida sinxron kichik motorli vaqt relelari xam
qoʻllaniladi.
Vaqt relesining gabaritlarini kamaytirish uchun uzoq vaqt kuchlanish ostida
boʻladigan rele chulg’amlari ketma-ket ulangan qoʻshimcha qarshilik r
d
bilan
bog’langan boʻladi. Qarshilik r
d
normal holatda lahzada ishlaydigan relening
uzuluvchi kontakti bilan shuntlangan. Rele ishlagandan keyin bu kontakt uziladi va
qarshilik r
d
relening zanjiriga ulanadi.
Soat mexanizmining prujinasi 11 doim tortilgan holatda boʻladi.
Chulg’amga 1 kuchlanish berilganda yakor 3 qaytaruvchi prujina 4 qarshiligini
yengib, tortiladi va soat mexanizmining richagini 9 qoʻyib yuboradi. Soat
mexanizmi 10 prujina 11 ta’sirida harakatlana boshlaydi va qoʻzg’aluvchan
kontaktni 22 bir tekis harakatlanishini ta’minlaydi, u esa berilgan vaqt oralig’idan
soʻng qoʻzg’almas kontaktni 23 yopadi. 22 va 23 kontaktlarning yopilish vaqti 23
kontaktning holatini oʻzgartirish yoʻli bilan oʻzgartiriladi. Soat mexanizmining bir
tekis harakatlanishi ankerli mexanizm 20 yordamida ta’minlanadi, uning
harakatlanish tezligi yukchalarning 21 holatini oʻzgartirish yoʻli bilan sozlanadi.
Rele ta’minlash manbasidan uzilganda yakor 3 prujina 4 ta’sirida oldingi
holatiga qaytadi, bunda rele kontaktlari ochiladi, prujina 11 koʻtariladi va rele
144
keyingi harakatga tayyor boʻladi. Releni oldingi holatga qaytarish tez amalga
oshiriladi, chunki rele oldingi holatiga qaytayotganda etaklovchi shesternyani 15
shesternya g’ildiragi 13 bilan boʻlinishini ta’minlovchi friksion mahkamlash
moslamasi 14 mavjud.
5.27– rasm. РВ–200 vaqt relesi: a) tashqi koʻrinishi; b) friksion maxkamlash moslamasi
ishlamagan holatda; v) friksion maxkamlash moslamasi ishlagan holatda; 1-chulg’am; 2-magnit
oʻtkazgich; 3-yakor; 4-qaytaruvchi prujina; 5-oʻtkazgich simcha; 6-qoʻzg’aluvchan kontakt;
7 va 8 –qoʻzg’almas kontaktlar; 9-palets (barmoq); 10-tishli sektor; 11-haraktlantiruvchi prujina;
12-prujinani tortish uchun skoba; tishli g’ildirak; 14- friksion ulovchi mexanizm;
15-harakalantiruvchi tishli g’ildirak; 16- soat mexanizmining trubkasi; 17 va 18- tishli uzatma;
19-ankerli tishli g’ildirak; 20-ankerli skoba; 21-yukchalar; 22- qoʻzg’aluvchan kontakt;
23-qoʻzg’almas kontakt; 24-shkala.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |