Moyli bakli uzgichlar
Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni
soʻndirish va tok oʻtkazuvchi qismlarni izolyatsi-
yalash uchun xizmat qiladi.
10 kV gacha boʻlgan kuchlanishlarda (35 kV
gacha boʻlgan ayrim uzgichlarning turlarida)
Uzgich bitta bakka ega boʻlib, unda uchala
fazaning hamma kontaktlari boʻladi, kuchlanish
katta boʻlganda har qaysi faza uchun oʻzining baki
boʻladi.
4.1-rasmda yoyni soʻndirish uchun maxsus
qurilmaga ega boʻlmagan bakli uzgich sxemasi
koʻrsatilgan. uzgichning poʻlat baki 1 boltlar
yordamida
quyma
choʻyan
qopqoq
3
ga
mahkamlab osib qoʻyilgan. Qopqoq orqali oltita
chinni izolyator 4 oʻtgan boʻlib, ularning tok oʻtkazuvchi sterjenlarining uchiga
qoʻzg’almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qoʻzg’aluvchan kontaktlar 8 kontakt
koʻprik yoki traversada turadi. Ularga harakat uzgich qopqog’i ostiga joylashgan
yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda
traversi koʻtarilgan boʻladi va kontakt koʻprik qoʻzg’almas kontaktlar orasidagi
zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan boʻladi. Uzgich ulangan
holatda yuritmaning ilmog’i yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog’langan
boʻladi
Avtomatik ravishda yoki qoʻlda uzganda ilmoq boʻshaydi va prujina
ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga yetadi). Bunda
4.1-rasm.
Moyli-bakli
uzgichning
kesimi: 1-po‘lat bak; 2-moy;
3-qopqoq; 4-o‘tuvchi prujina;
5- uzuvchi prujina; 6-o‘chirgich vali;
7-qo‘zg‘almas kontakt;
8-qo‘zg‘aluvchi kontaktlar (traversa);
9-bak devorlarining izolyasiyasi
74
uzgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil boʻlgan yoylar
moy 2 ni parchalab, uni bug’lantiradi, 70% gacha vodorodi boʻlgan gaz-bug’li
pufak hosil boʻladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga yetadi, bu gazlarning
ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08-0,1 s vaqt oʻtgach soʻnadi. Bakning
devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor.
4.1-rasmda koʻrsatilganidek, uzgichning bakiga moy toʻla quyilmay, balki
qopqoq tagida havo yostig’i qoldiriladi. Bu yoyni soʻndirish jarayonida hosil
boʻladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan uzgich qopqog’iga beriladigan
kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak.
a)
b)
4.2- rasm. Zamonaviy moyli bakli uzgichlarning tashqi kurinishi: a)- uchala faza bitta
bakda joylashgan; b)- fazalar alohida baklarda joylashgan
Agar moy sathi keragidan ancha past boʻlsa, u holda gazlar qopqoq tagiga
kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga
olib keladi.
Koʻrib chiqilgan uzgichda yoyni soʻndirish uchun maxsus qurilma
boʻlmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi
uzgichlar 6-10 kV li (BМБ-10, ВМЕ-6, ВМЕ-10, ВС-10) qurilmalarda
qoʻllaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli uzgichlar tomonidan siqib
75
chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli
moyli uzgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham yetarli
darajada keng qoʻllanilmoqda. Koʻrib chiqilgan oddiy uzgichlarga nisbatan ular
maxsus qurilmalar oʻchirish kameralariga ega.
Ishlash prinsipi boʻyicha yoy soʻndiruvchi qurilmalarni uch guruhga boʻlish
mumkin:
avtopuflagichli
, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi
va yuqori bosim hosil boʻlishiga yoyda ajraladigan energiya sabab boʻladi;
moyni majburiy puflash yoʻli bilan
— bularda ajrash joyiga moy maxsus
gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi;
magnit yordamida moyda soʻndirish
, bularda yoy magnit maydon ta’sirida
tor kanal va tirqishlarga yoʻnaltiriladi.
Avtopuflagichli yoy soʻndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy hisob-
lanadi. Shuni aytib oʻtish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta
boʻlsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi
uncha katta boʻlmasligi mumkin, shu sababli puflash yetarli boʻlmay, yoyni
soʻndirish choʻziladi. Shunga koʻra avtopuflashli ba’zi soʻndiruvchi qurilmalar
kichik toklarning soʻnishini ta’minlaydigan qoʻshimcha moyni majburiy puflash
bilan toʻldirilgan.
Qattiq kameralar koʻrinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori
kuchlanish kirishining tok oʻtkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi.
Ayrim uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga
mahkamlanadi. Kamerada uzgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir
nechta uzilishlar boʻlishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori boʻlsa, uzilish
shuncha koʻp talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil
taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy
uzilishlarda yoy soʻngandan soʻng, shuntlovchi qarshiliklardan oʻtayotgan tok,
odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda soʻndiriladi.
76
4.3-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari:a) – ВМГ-10 tipdagi kam
moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – BMП tipdagi kam moyli osma uzgichninng konst-
ruktiv sxemasi; v) – metal bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; g) – ikkita yoy
sundiruvchi kamerali; d) – korpusi chini konstruksiyali; 1 – qoʻzg’aluvchan kontak; 2 – yoy
sundiruvchi kamera; 3 – qoʻzg’almas kontakt; 4 – ishchi kontaktlar
Yoy soʻndiruvchi qurilmalarda izolyatsiyalovchi plastinkalar va chiqish
teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar
harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar koʻndalang,
boʻylama va qarama-qarshi koʻndalang puflovchi kameralarga boʻlinadi.
Bakli uzgichlarda qizdiruvchi qurilma ham koʻzda tutilgan boʻlib, u havo
haroratlari past boʻlganda (-15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi
ortganda uzgichning qoʻzg’aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik
maqsadida shunday qilinadi.
Bakli uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta boʻlishidir.
Bakli
uzgichlarning
ulash
vaqtini
kamaytirish
uchun
pnevmatik
va
pnevmogidravlik yuritmalar qoʻllaniladi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |