1.4.
Sinxron generatorlarni qoʻzg’atish tizimlari
Sinxron
generatorlarning
rotor
chulg’amlari
qoʻzg’atgichlar
deb
yuritiladigan
oʻzgarmas
tokning
maxsus
manbaidan
ta’minlanadi.
Qoʻzg’atgichlarning quvvati generator quvvatining 0,3—1% ni tashkil qiladi,
nominal kuchlanish esa 100 V dan to 600-650 V ga cha boʻladi. Generator qancha
kuchli boʻlsa, qoʻzg’atgichning nominal kuchlanishi ham shuncha katta boʻladi.
Qoʻzg’atgich,
yordamchi
va
boshqaruvchi qurilmalarni birgalikda
qoʻzg’atish tizimi deb atash qabul qilingan.
Qoʻzg’atgichni generator rotorining chulg’ami bilan elektrik ulash koʻpincha
kontakt, halqa va choʻtkalar yordamida amalga oshiriladi. Choʻtkasiz qoʻzg’atish
tizimlari ham yaratilgan va ulardan foydalanilmoqda.
Qoʻzg’atish tizimlari ishonchli va tejamli boʻlishi; qoʻzg’atish tokini kerakli
oʻzgartirish imkoniyatini berishi; yetarli darajada tez ta’sir etuvchi boʻlishi kerak,
shuningdek tarmoqda avariya paydo boʻlganda eng yuqori qoʻzg’atishni ta’minlash
kerak.
Qoʻzg’atish tokini rostlash yoʻli bilan sinxron generatorning kuchlanishi va
uning tarmoqqa beradigan reaktiv quvvati oʻzgartiriladi. Generator qoʻzg’atishini
rostlash generatorlarning parallel ishlashi turg’unligini oshirishga imkoniyat
20
beradi.
Masalan, qisqa tutashuv paytida hosil boʻladigan kuchlanishning keskin
kamayishida
generatorning
uyg’otilishini
jadallashtirish (tez orttirish) qoʻllaniladi, bu oʻz
navbatida generatorlarning elektr tebranishini
toʻxtatishga yordam beradi va parallel ishlash
turg’unligini saqlash imkoniyatini beradi. Bundan
tashqari, rostlash va qoʻzg’atishni jadallashtirish
tez amalga oshirilishi releli himoya ishining
ishonchliligini orttiradi va elektr stansiyalarning oʻz ehtiyoji uchun ishlaydigan
dvigatellarning oʻz-oʻzidan ishga tushish sharoitini yengillashtiradi.
Qoʻzg’atish tizimining eng muhim harakteristikalari quyidagilar boʻladi:
jadallashtirish:
V
=0,632(
U
f,pot
-U
f,nom
)/
U
t,nom
t
1
(1.6-rasmga)
boʻlganda
rotor
chulg’amidagi kuchlanishning oʻsish tezligini aniqlovchi tez ishlashi hamda
maksimal qoʻzg’atish kuchlanishi kattaligining nominal qoʻzg’atish kuchlanishiga
nisbati -
U
f,pot
/U
f,nom
= k
j
jadallilik karraligi.
Turbogeneratorlar uchun standartga muvofiq
k
j
> 2, qoʻzg’atishning oʻsish
tezligi esa sekundiga 2 1/s dan kam boʻlmasligi kerak. Jadallik karraligi kollektorli
qoʻzg’atgich generatorning vali bilan tutashtirilganda gidrogeneratorlar uchun 1,8
dan va boshqa qoʻzg’atish tizimlari uchun 2 dan kam boʻlmasligi kerak.
Qoʻzg’atish kuchlanishining oʻsish tezligi 4 MVA quvvatli gidrogeneratorlar
uchun sekundiga 1,3 1/s dan, katta quvvatdagi gidrogeneratorlar uchun sekundiga
1,5 1/s dan kichik boʻlmasligi kerak.
Uzoq
masofaga
elektr
uzatish
liniyasiga
ulangan
kuchli
gidrogeneratorlarniig qoʻzg’atish tizimiga ancha yuqori talab qoʻyiladi (k<3...4,
qoʻzg’atishning oʻsish tezligi sekundiga 10
U
f,nom
gacha).
Rotorning chulg’ami va bilvosita sovitiluvchi generatorlarning qoʻzg’atish
tizimi nominal tokka nisbatan 2 marta katta tokka 50 sekund davomida chidashi
kerak. Bu vaqt rotorning chulg’ami bevosita sovitiluvchi generatorlar uchun 20
sekundgacha kamayadi.
1.6 - rasm. Jadallashdagi qo`zg‘atish
kuchlanishining o‘zgarishi
21
Generatorlarning qoʻzg’atish tizimini ikkita guruhga:
Do'stlaringiz bilan baham: |