Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

 
 
 


 
185 
6.7. Transformatorlarning differensial tokli himoyalari. Differensial 
himoyalarning ishlash tokini tanlash 
 
Differensial  himoyaning  ishlash  tamoyili  himoyalanayotgan  parallel 
oʻrnatilgan qurilmalarning fazalaridagi toklarini mos fazalar boʻyicha taqqoslashga 
(koʻndalang  differensial  himoya)  yoki  himoyalanayotgan  qurilmaning  boshi  va 
oxiridagi toklarini taqqoslashga (boʻylama) asoslangan. 
Yuqorida  koʻrilgan  maksimal  tokli  himoyadan  farqli  oʻlaroq  differensial 
himoyalar (tanlovchanlik boʻyicha) mutlaq tanlovchanlikka egadir. 
Differensial  tokli  himoyalar  quvvati  6,3  MVA  va  undan  yuqori  quvvatli 
transformatorlarning  asosiy  tezkor  himoyasi  sifatida  qoʻllaniladi.  Shuningdek 
parallel  ishlayotgan  quvvati  4  MVA  va  undan  yuqori  boʻlgan  transformatorlarda 
hamda  quvvati  1  MVA  va  undan  katta  quvvatli  transformatorlarda  tokli  kesim 
yetarlicha  sezgirlikka  ega  boʻlmagan  va  maksimal  tokli  himoyaning  sabr  vaqti  1 
sekunddan koʻp boʻlgan hollarda oʻrnatiladi.  
Transformatorlarning differensial himoyasi  elektr tarmoqlarning koʻndalang 
differensial himoyasiga nisbatan bir qator oʻziga xos xususiyatlariga egadir. 
Birinchidan  himoyalanayotgan  transformatorning  normal  ish  holatining 
oʻzida  (differensial  himoyaning  ish  zonasida  shikastlanishlar  boʻlmagan  holatda) 
himoyaning  boshi  va  oxiridagi  fazalardagi  toklari  qiymati  boʻyicha  farq  qiladi. 
Ushbu  holatni  himoya  yelkalaridagi  toklarni  tenglashtirish  maqsadida  kerakli 
transformatsiya koeffitsiyentiga ega boʻlgan tok transformatorlarni (yuqori va past 
kuchlanish  tarafdagi  tok  transformatorlar)  tanlash  orqali  yechish  mumkin. 
Shuningdek  differensial  himoyani  loyihalash  uchun  maxsus  РНТ  va  ДЗT  relelari 
ishlab  chiqilgan.  Ushbu  relelarning  tenglashtiruvchi  oʻrami  boʻlib  unda  himoya 
yelkalardagi 
toklarni 
tenglashtirish 
maqsadida 
qoʻllaniluvchi 
rostlovchi 
chulg’amlardan iborat. 
Ikkinchidan  himoyalanyotgan  transformatorning  yuqori  va  past  kuchlanish 
tarafidagi toklar fazalar boʻyicha ham farq qilishi mumkin, qachonki yuqori va past 
chulg’amlarning ulanishi bir – biridan farq qilsagina (yulduz/uchburchak 
 yoki 


 
186 
uchburchak/yulduz 
).  Ushbu  holatda  ikkilamchi  toklarni  tenglashtirish 
maqsadida tok transformatorlarning ikkilamchi chulg’amlarining ulanish usullarini  
oʻzgartirish  orqali  amalga  oshiriladi  ya’ni  transformator  chulg’amlari 
«yulduz/uchburchak» (
)  koʻrinishida  ulangan  boʻlsa,  transformatorning  yulduz 
ulanishli 
tomoniga 
tok 
transformatorlarining 
uchburchak 
koʻrinishida, 
transformatorning  uchburchak  ulanishli  tomoniga  tok  transformatorlarini  yulduz 
koʻrinishida va aksincha ulanadi (6.22 - rasm). 
Uchinchidan  differensial  himoyaning  ishlash 
tokini 
tanlayotganda 
himoyalanayotgan  transformatorni  ishga  tushirish  natijasidagi  magnitlovchi 
tokning sakrashini hisobga olish lozim. 
Toʻrtinchidan,  himoyaning  ishlash  tokini  tokning  nobalansidan  sozlashda 
ushbu tokning ikkita qoʻshimcha tashkil etuvchisini hisobga olmoq lozim. Birinchi 
tashkil  etuvchi  tok  transformatorlarni  tanlashda  ikkilamchi  toklari  toʻliq 
rostlanmaganligi  yoki  tenglashtiruvchi  oʻramlarda  chulg’amlarning  yaxlitlangan 
qiymatlarini  qoʻyishga  majbur  boʻlganligimizdan  kelib  chiqadi.  Ikkinchi  tashkil 
etuvchi  transformatorning  kuchlanishini  yuklama  ostida  rostlash  natijasida  kelib 
chiqadi. 
Transformatorning  differensial  himoyalarining  quyidagi  turlari  keng 
tarqalgan:  differensial  tokli  kesim,  tez  toʻyinuvchi  tok  transformatorli  differensial 
himoya hamda tormozli differensial himoya. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish