Gidroekologiya


VI.3. ZOVUR VA KOLLEKTORNING GIDROBIOSENOZLARI



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/84
Sana03.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#736321
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
gidroekologiya

 
VI.3. ZOVUR VA KOLLEKTORNING GIDROBIOSENOZLARI 
 
Yer osti va oqava suvlarni to’plovchi zovur va kollektorlarning gidrobiosenozlari sug’orish kanllarining 
gidrobiosenozlaridan tarkibining boyligi va ekologik guruhlarning har xilligi bilan farqlanadi. Zovur va kollektorni 
o’t bosadi. Ularda suvga yarim botgan va to’la botgangulli o’zimliklar yaxshi rivojlanadi.
Suvga yarim botib o’suvchi o’simliklarga qamish, qo’g’a, suvhilol, ko’lqamish Phragmites communis
Typha angustifolia, Boldoschoenus affinis, Schoenplectus lacustris), suvga botib o’suvchi o’simliklardan g’ichchak 
nayada shohbarg batraxium mirifilium tomirdori utrikulariya (Potomogeton crispa, Pferfoliatus, Najas marina, 
Ceratophyllum demersum, Btrachium divaricatum, myriohyllum spicatum, poygonum amphibium, P aviculare
Utricularia vulgaris) va boshqa turlar ko’p o’sadi. Suvo’tlardan xarani turlari uchraydi.
Suv betide lemna va salviniya (Lemma minor, Salvinia natans) kabi qalqib o’suvchi gulli o’simliklar ham 
ayrim zovur kollektorlarda uchraydi.
Ayniqsa zovur va kollektorlarning boshlanish va qismlarini qalin o’t bosadi. U yerlarda suvga biroz yoki 
yarim botib o’suvchi o’simliklardan yakan salomalik, qamish, ko’lqamish, qo’g’a kabilar yaxshi rivojlanadi. Ularni 
pasti qismiga o’ralib ipsimon yashil suvo’tlardan kladoforo, enteromorfa, spiogira (Cladophora glomerata, Spirogyra 
longata Enterormorpha intestinelis) kabilar qalin o’zib suvning oqishini sekinlashtiradi.
Ipsimon suvo’tlar bilan bir qatorda loylar ustida chim hosil qiluvchi va loydan 5-10 sm ko’tarilib turuvchi 
vosheriya Vaucheria debaryana, V dichotoma, V geminate turlari ko’pdir.
Ipsimon suvo’tlar va vosheriyani chimlari orasida ko’k-yashil yashil va diatom suvo’tlarining juda ko’plab 
turlari uchraydi ularga merismopediya, ossatoriya spirulina ssenedesmus sinedra navikula kabi turkumlarning o’nlab 
turlari kiradi.
Zovur va kollektorlar suvining sho’rligi tufayli ularda sho’r suvlarga xos turlar ko’p miqdorda rivojlanadi. 
Ularga Anabaena bergii, Oscillatoria margaritifera, Omajor, Spirulina major, lingbya aestuarii, Enteromorpha 
intestinalis, navicula specula va boshqalar misol bo’ladi.
Zovur va kollektorlarda o’sayotgan ipsimon yashil suvo’tlar bilan ko’k-yashil, diatom suvo’tlar qo’shilib 
suv yuzasida qalqib yuradigan parcha-parcha to’plamlar hosil qiladilar. Ularning ko’p rivojlanishi plankton 
formalarni o’sishiga tos’qinlik qiladi. Hattoki katta magistral kollektorlarda ham planktonga xos suvo’tlar yo’q 
hisobida yoki juda kamdir. Planktonda uchraydigan suvo’tlar plankton bentosga xos bo’lib, bunday turlar suv 
qatlaiga bentosdan oqim tufayli tushgan bo’ladi. shunday turlarga diatom ko’k-yashil va yashil suvo’tlarning 
vakillari kiradi. Kollektorlarda fitoplanktonni yo’qligiga ularni o’t bosganligi va suv sho’rligining yuqori darajada 
bo’lishi asosiy ekologik sabab bo’ladi. zovur va kollektorlarda qish fasli suv harorati 3-5º gacha pasaygan davrda 
sovuq suvlarga xos ayrim turlarining rivojlanishi kuzatiladi. Aholi qalin yashydigan joylardan o’tadigan zovur va 
kollektorlarga turli iflos suv havzalariga xos “a”, “b” mezosaprap turlar uchraydi.
Biz Mirzacho’l hududida joylahgan zovur kollektorlarda uchraydigan makrofitobentosning biomassasini 
hisobladik. Ayrim suvo’tlarning biomassasi ancha yuqoridir masalan kladforaning biomassasi 2850-33280 kg/ga 
vosheriyaning 12000-500000, xaraniki 5220-22080 engerorfaniki 5290-18770, spirogirani biomassasi 5420-8640 
kg/ga atrofida o’zgarib turgan. Gulli o’simliklardan qamish hosil qilgan fitomassa 8000-58320, qo’g’a 17800-
66800, g’ichchaklar massasi 8800-24320, shoxbarg 13400-35000 kg/ga atrofida bo’lgan.
Zovur va kollektorlar bir tomondan oqava va yer osti sizot suvlarini ma’lum hududan olib ketib ekin 
maydonlarini sho’rlashdan saqlaydi ikkinchi tomondan ularda ko’plab gulli o’simliklar va suvo’tlarning o’sishi 
hamda rivojlanishi tufayli ularni o’t bosadi. Suvning oqishi sekinlashadi. Zovur- kollektorlarda suv sathi ko’tariladi 
va atrof yerlarini sho’rlashi tezlashadi. Bu holatdan qutulish uchun zovur va kollektorlarni loyqa va o’simliklardan 
ularning qoldiqlaridan tozalab turish zarurudir.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish