O’g’it solish me’yori quyidagicha tekshiriladi. Solinadigan o’g’it turiga qarab (9-jadval) o’g’itlagichlardagi shkalalardan foydalanib barcha apparatlar tirqish kengligi taxminan bir xil me’yorga keltiriladi
Keyin o’g’ito’tkazgichlar olib qo’yilib, apparatlar tagiga qopchalar osiladi va agregat 100 m masofani bosib o’tadi yoki turgan joyida g’ildiraklar ko’tarib qo’yilib, 100 metr masofaga teng sonda aylantiriladi.
Qopchalarga tushgan o’g’it miqdori tarozida tortilgach, o’g’itlash me’yori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
kgg’ga
bundaa – barcha apparatlarsolgan (kopchalardagi)o’g’it miqdori, kg;
V – agregatning qamrov kengligi, m;
L– agregatning bosib o’tgan yo’li, m.
9-jadval
KMX-65 miqdorlagichini o’g’it solish ko’rsatgichlari
Guruhlar tartibi
|
Variantlar
|
Bir gektarga belgilan-gan o’g’it miqdori, kg
|
Fiksatorni apparat shkalasidagi o’rni (2 apparat 4 ta o’g’it solgichga)
|
Bir gektarga belgilangan o’g’it miqdori, kg
|
Fiksatorni apparat shkalasidagi o’rni (4 apparat 4 ta o’g’it solgichga)
|
Mochevina
|
I
|
1
2
3
4
5
6
|
60
80
100
120
140
|
2g’4
3g’6
5g’8
6g’10
7g’12
|
100
120
150
200
250
300
|
1g’3
2g’4
3g’5
5g’8
6g’10
8g’13
|
Ammiak selitrasi
|
II
|
1
2
3
4
5
6
|
80
100
120
140
160
|
2g’4
3g’6
4g’7
5g’9
6g’11
|
120
160
200
240
280
320
|
1g’3
2g’4
3g’6
4g’7
5g’9
6g’11
|
Xlorli kaliy
|
III
|
1
2
3
4
|
60
80
100
120
|
2g’4
3g’6
5g’8
7g’10
|
150
200
250
300
|
3g’5
5g’8
7g’11
9g’13
|
Donador ammofos, superfosfat
|
IV
|
1
2
3
4
5
|
60
80
100
120
140
|
2g’3
3g’5
4g’7
5g’9
6g’11
|
100
120
150
200
250
|
1g’2
2g’3
3g’5
4g’7
5g’9
|
Eslatma: suratda – 60 sm va mahrajda-90 sm li qator oralari uchun
Hisoblangan me’yor talab qilinayotgan me’yor bilan taqqoslanadi. Agarda farq 8% dan ortiq bo’lsa, apparatlarning tirqishlari kengligi o’zgartiriladi va tegishli me’yorga erishilguncha o’lchovlar takrorlanadi.
Ishni bajarish tartibi:
1.Talabalar guruhlarga bo’linib, ularga berilgan o’g’it sepish me’yori ning turli miqdorlari uchun alohida variantlar bo’yicha miqdorlagichning ish unumi A ni aniqlash va rostlash ishini bajarish topshiriladi.
2. Laboratoriya ishi qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish uchun tayyorlangan kultivator oldida o’tkaziladi. Uning quyidagi ko’rsatgichlari: rusumi _______, qatorlar oralig’i _________mm , apparatlar soni________dona, o’g’it solgichlar soni _______donao’lchab yozib olinadi.
3. Toshiriqqa asosan m’yorlagich fiksatorini o’rni aniqlanadi.
4. Qabul qilingan ma’lumotlarga asosan 18-rasm ko’rinishida me’yorlagichning o’rnatish sxemasi chiziladi.
5. Amalda bir gektarga solinayotgan o’g’it me’yorlari aniqlanadi va talab etilayotgan me’yor bilan taqqoslanadi.
Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yicha aniqlangan ma’lumotlarga asosan 21-rasmda ko’rsatilgan ko’rinishda o’g’it miqdorlagich ko’rinishi chiziladi hamda bajarilgan hisoblar va olingan natijalarga ko’ra xulosa beriladi.
Nazorat savollari
1.Qanday sabablarga ko’ra o’g’itning xossalarini e’tiborga olgan holda miqdorlagichni sozlash lozim?
2.Miqdorlagich 2 apparat 4 o’g’itsolgichga sxemasida ishlatilganda bir apparatda necha dona o’g’it tushirgich bo’ladi?
3.Miqdorlagich 4 apparat 4 o’g’itsolgichga sxemasida ishlatilganda bir apparatda necha dona o’g’it tushirgich bo’ladi?
4.Kultivatorni agregatlovchi traktor o’zgartirilganida harakat uzatmasining uzatish soni ham o’zgartiriladimi?
3-Laboratoriya ishi
Purkagichmiqdorlagichinidorieritmasime’rigarostlash.
Ishning maqsadi:Kimyoviy ishlov berish mashinalari miqdorlagichining ishini tekshirish va rostlash tartibini o’rganish.
Kerakli jihozlar:OVX-600 ventilyatorli purkagich, uni agregatlaydigan chopiq traktori; nomogrammalar chizilgan plakatlar; sekundomer; 10 litrlik o’lchov idishi; chilangarlik asboblar; purkash uchliklari komplekti.
Ventilyatorli purkagichlardan g’o’za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashishda, g’o’za bargini tushirishda (defoliatsiya o’tkazishda) keng foydalaniladi.
Ma’lumki, ventilyatorli purkagichlar katta ish unumiga ega bo’lganligi sababli, bu turdagi purkagichlar keng tarqalgan.
Paxtachilikda keng qo’llaniladigan OVX-600 rusumli purkagichning asosiy qismlari quyidagilardan: suyuqlik idishi 1(19-rasm), ta’minlash tizimi 2, harakat uzatish mexanizmi 3, ventilyator 4, soplo 5, sozlagich 6, reduktor 7, miqdorlagich 8 va uchliklar 9 dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |