Romantsementning mayda tuyilishi. Romantsement iioji boricha mayda tuyilishi kerak, chunki qanchalik mayda bo’lsa, shunchalik mustahkam chiqadi. Standartda romantsementning maydalik darajasi quyidagicha belgilangan: 021 raqamli yelakda ko’pi bilan 5% va 009 raqamli yelakda ko’pi bilan 25% (og’irlik hisobida) qoldiq qolishi kerak. Lekin bu dag’al tuyish hisoblanadi. Yanada maydaroq, masalan, 009 raqamli yelakda 10 - 15% qoldiq qoladigan qilib tuyilsa, tsement markasini 1,5 - 2 baravar oshirish mumkin bo’ladi. To’g’ri, bir qator hollarda tsementni yanada maydalash iqtisodiy ihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki maydalash uchun yenergiyaning sarfi juda oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |