Texnologik chizma. Mergel ohaktosh portlash yohli bilan qazib olinadi va maydalanib, saralanadi, keyin kuydiriladi.
Ohak kuydiruvchi agregat sifatida shaxta yoki aylanma pechlardan foydalaniladi. Shaxta pechlarda kamida 20 - 40 mm o’lchamda, aylanma pechlarda esa 15 - 20 mm o’lchamdagi ohaktosh kuydiriladi.
Mergel ohaktoshlarni kuydirayotganda kalg’tsiy oksidi hosil bo’ladi.
U gil aralashmalar tarkibidagi kislota oksidlari bilan o’zaro birikadi. Shunda kalg’tsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari hosil bo’ladi. Aytib o’tilgan o’zaro birikish suyuq fazada yemas, qattiq fazalarda sodir bo’ladi. Shuning uchun ham kuydirilgan material kesaklanib qolmaydi.
Gidravlik ohakni kuydirish harorati amalda 800 - 900°C dan 1000°C gacha bo’ladi. 1100°C dan yuqori haroratda mahsulot so’nish qobiliyatini yohqotadi.
Gidravlik ohak ishlab chiqarishda dolomitlashmagan va dolomit-lashgan ohaktoshlar qo’llaniladi. Dolomitiashgan ohaktoshlardagi MgCO3 miqdori 20% gacha boradi. Bunday ohaktoshlarni kuydirayotganda talaygina magniy oksidi hosil bo’ladi. Magniy oksidi esa kuydirish harorati 800 - 900°C dan ortishi bilan suvga nisbatan faolligini tobora kamaytirib boradi. Bunda magneziya sekin so’nadi va qotib qolgan betonda ham so’nishni davom yettirishi va oqibatda beton yorilib ketishi mumkin. Shuning uchun ham dolomitlashgan mergel ohaktoshlarni yuqorida ko’rsatilgani kabi 800 - 900°C dan oshmaydigan haroratda shaxta pech yoki aylanma pechlarda kuydirish kerak.
Shaxta pech turida ishlatiladigan ohaktoshlar kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadi. Ohaktoshlar dolomitlashmagan bo’lsa, xomashyo bilan yoqilg’i aralash solinadigan pechlar ishlatiladi. Dolomitlashgan ohaktoshlar esa yoqilg’i batamom yongandan keyin o’txonasi tashqariga chiqarilgan pechlarda yoki ancha tejamli nim gaz pechlarda kuydirilgani mahqui. Aks holda, magniy oksidi kuyib ketadi.
Tuyilgan so’ndirilmagan ohak olishda dolomitlashmagan ohaktoshlarni xomashyo bilan yoqilg’i aralash solingan pechlarda kuydirilgani yaxshi. Сhunki mayda tuyilgan holdagi yoqilg’i kuli ohakning gidravlik xossalarini oshiradi.
Aylanma pechlar ishlab chiqarishning bu sohasida kam ishlatiladi. Сhunki yoqilg’i sifatida ko’mir changini ishlatishga, ko’mir chang tayyorlashni tashkil yetish uchun ko’p mablag’ sarflashga, shuningdek, kuydirish uchun ancha ko’p, yahni shaxta pechlarida kuydirilayotgan vaqtdagi 12 - 15% o’rniga ohak og’iriligiga nisbatan 20% gacha shartli yoqilg’i sarflashga to’g’ri keladi. Shunga qaramasdan, boshqa bir qator ko’rsatkichlari, jumladan, sermehnatliligi jihatidan shaxta pechlarga qaraganda ancha tejamli kalta aylanma pechlar ishlatiladi.
Gidravlik ohak kuydirishda shaxta va aylanma pechlarning ish unumi, taxminan, havoda qotadigan ohakni kuydirish pechlarining ish unumidek bo’ladi.
Pechdan olinayotgan kuydirish mahsuloti (so’ndirilmagan gidravlik kesak ohak deb yuritiladi) hali bogiovchi material hisoblanmaydi va qorishma hamda beton ishlashida undan foydalanib bo’lmaydi. Bog’lovchi modda hosil qilish uchun so’ndirilmagan kesak ohak bo’laklari mayda tuyilishi kerak.
Gidravlik kesak ohak ikki usulda, yahni mexanik yo`l bilan, zo’ldirli tegirmonlarda so’ndirish yo`li bilan tuyilishi mumkin. Birinchi usulda tuyganda so’ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak (u qo’llanib keiinayotgan standart bo’yicha tuyilgan so’ndirilmagan ohak deyiladi), ikkinchi usulda tuyganda esa kukun holigacha so’ndirilgan gidravlik ohak olinadi.
10 - 20 mm gacha bir sidra maydalab olingan kuydirilgan kesak ohak shar tegirmonlarining sarflash bunkeriga uzatiladi. Bunkerdan tahminlagich yordamida shar tegirmoniga keragicha solib turiladi. Maydalangan mahsulot yirik donalarini ayirib tashlash uchun separatorga yuboriladi. Yirik donalari qayta tuyishga, mayda donalari esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi.
Tuyilgan so’ndirilmagan gidravlik ohak germetik berk metall konteynerlarda yoki bitumlashtirilgan qog’oz qoplarda tashiladi. Idishsiz jo’natishda esa maxsus jihozlangan tsement tashigich mashinalardan foydalaniladi.
Kukun holigacha so’ndirilgan gidravlik ohak tayyorlash tex-nologiyasidan ko’rinib turibdiki, yuqorida bayon yetilgan texno-logiyadan tubdan farq qiladi.
Gidravlik ohak ham havoda qotadigan ohak singari qimmatli xossaga ega: unga suv tahsir qilganida, nihoyatda mayda kukunga aylanib ketadi. Biroq gidravlik ohak tarkibiga kirgan yerkin kalg’tsiy oksidigina so’nish qobiliyatiga ega bo’ladi. Uning gil oksidlari bilan o’zaro tahsir yetishish mahsulotlari, yahni kalg’tsiy silikatlari, alyu-minatlari va ferritlari so’nish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. So’ndirilayotganda ular nisbatan yirik va amalda suvga nisbatan mo’rt, so’nmagan zarralar holida qoladi. Ayni vaqtda xuddi ana shu birikmalar mayda tuyilganida ohakka gidravlik xossalar beradi. Shuni nazarda tutib, so’nmagan donalari yelanadi, shar tegir-monlarida maydalanadi. So’ngra so’ndirilmagan ohak kukuni bilan aralashtiriladi. Bu usulda ishlab chiqarish jarayoni quyidagi tartibda o’tadi.
Kuydirilgan kesak ohak dastlab 10 - 20 mm gacha o’lchamda maydalanadi. Kesak ohak maydalashdan oldin bir necha kun (3 - 5) omborda ushlab turilgani mahqul. Shunda u havodagi nam tahsiridan qisman so’nadi, natijada navbatdagi texnologik jarayonlarni bajarish osonlashadi.
Maydalangan mahsulot so’ndirgich apparatga yuboriladi. Shu maqsadda odatdagi so’ndirgich shnek qo’llaniladi. So’ndirgich shnekka suv yuborib turiladi. Ohakni kukun holigacha so’ndirish uchun zarur boigan suv miqdori ohakdagi yerkin CaO miqdoriga bog’liq. Kalg’tsiy oksidi ohak og’irligining 15 - 25 foiz miqdorida bo’lishi kerak. Suv minimal nam so’ndirilgan mahsulot hosil bo’ladigan miqdorda quyilishi zarur. Aks holda gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt o’zaro tahsir yetishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi.
So’ndirgich shnekda ohak batamom so’nmaydi. Ohak undan so’ndirgich siloslarga yuboriladi va bu yerda batamom so’ndiriladi. Gidravlik ohak sekin so’nadigan modda boigani uchun ko’pincha 10 - 15 kungacha siloslarda saqlanadi. Issiq suvni ishlatish so’ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi. Shu maqsadda so’ndirgich shnekda ohak bug’ bilan namlanadi. Silosdagi massaning isishiga ohak gidrattatsiyalanayotgan vaqtda ajralib chiqadigan issiq ham yaxshi yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |