Gidrat izomeriyasi va ionizatsion izomeriya



Download 22,14 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi22,14 Kb.
#701174
Bog'liq
Boltaboyev Sirojiddin 2


Gidrat izomeriyasi va ionizatsion izomeriya.
Koordinatsiron birikmalarda xuddi organik birikmalardagi kabi izomeriya hodisasi keng tarqalgan. Ularda uchraydigan izomeriyani ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchisi tuzilish izomeriyasi va ikkinchisi stereoizomeriyadir. Birinchi gruppaga a) koordinatsion izomeriya. b) ionlanish izomeriyasi, v) gidrat izomeriya, g) koordinatsiyali polimerlanish, d) bog‘lanish izomeriyasi ,ye) o‘rinbosar izomeriya, j) ligandlar izomeriyasi, z) konformatsion izomeriya, i) holat izomeriyasi, k) elektron izomeriya, l) transformatsion izomeriya va m) formal izomeriyalar kiradi.
Ikkinchi gruppaga: a) geomertik izomeriyaning sis-va trans holatlari, v) optik izomeriya kiradi. Ularni alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.
Koordinatsion izomeriya.Koordinatsion birikmalarni tashkil etgan tarkibiy qismlari uning ichki qavatlaridan turlicha joylashishi mumkin. Bu tardagi izomeriya turli markaziy ionlari va ligandlari bo‘lgan ikkita kompleks ionlardan tuzilgan birikmalarda uchraydi. Masalan, [Cr(NH3)6] [Co(C2O4)3] geksoaminxrom (III) -triaksrlatkobalt (III)-dan tashkil topgan, u och yashil yaproqchalar shakliga ega; uning izomeri [Co(NH3)6] [Cr(C2O4)3] geksaamin kobalt (III)-,trioksalat xrom (III)- esa yashil rangli ignasimon kristallardan iborat,
Ionlanish izomeriyasi, Bir xil tarkibli lekin eritmada boshqa-boshqa ionlarga ajraladigan koordinatsion birikmalar ionlanish izomeriyasi uchun misol bo‘la oladi. Masalan, [Co(NH3)5Br]SO4 va [CO(NH3 5SO4]Br o‘zaro ionlashgan izomerlardir. Birinchi tuzning suvdagi eritmasiga bariy xlorid qo‘shtilganda cho‘kma tushadi, ikkinchi tuz eritmasi bariy ioni bilan cho‘kma bermaydi
Gidrat izomeriya. Bir xil tarkibga ega bo‘lib, o‘z tarkibidagi suv molekularining joylashishi bilan bir-biridan farqlanadigan moddalar gidrat izomerlar deb ataladi. Masalan. xrom (III)xloridning geksagidrati CrCl3 * 6H2O uch modifikatsiyada uchraydi.
Ulardan birinchisining suvdagi eritmasi och binafsha rangli; agar bu eritmaga kumush nitrat qo‘shsak koordinatsion birikma tarkibidagi xlorning hammasi kumush ioni bilan bog‘langan holda cho‘kmaga tushadi: Eritmaning molekulyar elektr o‘tkazuvchanligi 4 ta ionga parchalanadigan elektrolit eritmasining molekulyar elektro o‘tkazuvchanligiga yaqin keladi. Demak, xlor ionlari koordinatsion birikmaning tashqi sferasiga joylashib, suv molekulalari ichki sferani band qiladi; uning formulasi [Cr(H2O)6]Cl3 . Ikkinchi tuzning suvdagi eritmasi yashil rangli , unga kumush nitrat qo‘shsak. barcha xlor ionlarining faqat uchdan bir qismi kumush xlorid xolida cho‘kadi. Demak, uning tashqi sferasida 1 xlor ioni va ikki molekula suv bo‘ladi, ya’ni [Cr(H2O)4Cl2]Cl* 2H2O. uchinchi izomer ham yashil rangli eritma xosil qiladi . Uning eritmasi kumush nitrat qo‘shsak xlorning uchdan ikki qism cho‘kadi, uning formulasi [Cr(H2O)5Cl]Cl2 * H2O bo‘ladi.
Shuni xam aytib o‘tish kerakki, bunday izomerlar tuzlar gidratlarida uchrabgina qolmay balki, suv va piridin bo‘lganida xam uchrashi mumkin.
Koordinatsiyali polimerlanish. Koordinatsion polimer kompleks birikmalar o‘zlaridan o‘zaro bir-biridan farq ligandlarning joylashishi bilan emas, balki o‘zining molekulyar masasi bilan ham farq qiladi. Koordinatsiyali polimerlanish kobalt,xrom,rodiy va boshqa elementlarning kompleks birikmalarida ko‘p uchraydigan xodisadir. Masalan, emprik molekulasi [Pt(NH3)2Cl2] bo‘lgan modda 4 shaklda uchraydi;1) [Pt(NH3)2Cl2], 2)[Pt(NH3)4][PtCl4], 3) [Pt(NH3)4][Pt(NH3)Cl3]2, 4) [Pt(NH3)3Cl]2[PtCl4].
Boglanish iozmeriyasi. Ba’zi ligandlar masalan, CN-, SCN-, NO2- va boshqa shunga o‘xshash ligandar tarkibida 2 ta donor atom bo‘ladi;
-:C = N:, -N = C = S:, -:O - N = O:
shu sababli ular markaziy atom bilan turlicha koordinatsiya xolatida bo‘lishi mumkin. Bu esa izomerlarning xossalarida farq bo‘lishiga olib keladi. Masalan, rodanid ionining -N= C = S va N=C-S- xolatlari xisobiga hosil qilgan izomerlari infraqizilspektrlari bilan bir-biridlan keskin farq qiladi. Shunday izomerlardan yana biri masalan, kobaltning sariq rangli ksanto tuzi [Co(NH3)5NO2]Cl2 va izoksanto tuzi [Co(NH3)5ONO]Cl2 ni olaylik. Ksanto tuzida kobolt (III) ioni ligand bilan nitrogruppa NO2 ning azot atomi orqali, izoksanto tuzida esa kobalt (III) ioni ligand bilan nitro gruppaning kislorol atomi [O = N = O-] orqali birikkan. Bunday zarrachalar ko‘pincha ambidentat ligandlar deb ataladi. Ksanto tuzlar mineral kislotalar ta’sirida parchalanmaydigan sariq tusli moddalardir. Lekin, iozksanto tuzlarga mineral kislota qo‘shilsa, ular parchalanib, nitrit kislota ajratib chiqaradi. Izoksanto tuzlar och jigar rangligi bilan ksanto tuzlaridan farq qiladi. Izoksanto tuzlariga mineral kislota qo‘shilganda HNO2 ning ajralib chiqishi kompleks birikmaning ichki sferasida O = N-O- gruppa borligini bildiradi.
O‘rinbosarlar izomeriyasi (yigindi izomeriya). Bunday birikmalarning koordinatsion qavatlaridagi ligandlarning ba’zi atomlarning umumiy miqdori bir xil bo‘lsa xam ular turli ligandlar tarkibida xar xil miqdorda bo‘lishi mumkin. Masalan, [Co(NH3)4(ClO3)(NO3)]+ va [Co(NH3)4(ClO4)(NO2)]+ yoki [Co(NH3)4(SO3)(SCN)] va [Co(NH3)4(S2O3)(CN)] .
Ligandlar izomeriyasi. Koordinatsion qavatda markaziy atomga birikkan ligandning o‘zi turli izomerlar xolatida bo‘lishi mumkin. Masalan, koordinatsiyada aminobenzoy kislotaning orto-, meta-. va para- izomerlari qatnashganda ligandlarning o‘zi bir-biridan farq qiladigan xossalari natijasida ularning hosil qilgan koordinatsion birikmalari xam bir-biridan farq qiladi. Bunga misol tariqasida propilendiamin bilan trimetildiaminni yoki piridinkarbon kislotaning turli fazoviy izomerlarini keltirish mumkin.
Download 22,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish